Mavzu: Shok xolati. Ezilish sindromida birinchi yordam ko’rsatish
Download 22.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-Seminar mashg\'ulot (3)
12-Seminar mashg‘uloti Mavzu: Shok xolati. Ezilish sindromida birinchi yordam ko’rsatish. Shok xolati haqida tushuncha. Shok, odatda, keng ko‘lamdagi ichki yoki tashqi qon ketishi natijasida sodir bo‘ladi, chunki bu aylanayotgan qon miqdori kamayishiga olib keladi, natijada hayotiy muhim organlarga kislorod etib borishi kamayadi. Organizmdagi suyuqlikni boshqacha yo‘qotish, masalan, ich ketishi, qayt qilish yoki keng ko‘lamda kuyish ham shokka olib keladi. Shok hayot uchun xavfli holat bo‘lib, o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shokning belgilari va alomatlari. Shokda qattiq, ichki yoki tashqi qon kelishida kuzatiladigan belgi va alomatlar, ya’ni terining rangparligi, sovib ketishi va nam bo‘lib qolishi, behollik, bezovtalik, og‘iz qurishi, tashnalik, nafas olish tezlashishi, miyaning chalg‘ishi, hushsizlik kuzatiladi. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun shokni keltirib chiqargan sababni bilish yoki qon ketishini ko‘rish shart emas. Shokda birinchi yordam ko‘rsatish. Har qanday vaziyatda ham birinchi yordam koo‘rsatishning asosiy qoidalariga rioya qilinadi. Ya’ni: Jabrlanuvchining normal tana haroratini saqlash uchun uning ustiga ko‘rpa yoki palto yopib, undan yotishni iltimos qilinadi (boshi tanasi bilan bir tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak). Hayotiy muhim organlarga qon oqimini yaxshilash uchun oyog‘ini tanadan 30 sm yuqoriga ko‘tariladi. Agar boshi, bo‘yni, umurtqa pog‘onasi, soni yoki boldir shikastlangan bo‘lishi mumkin bo‘lsa, yurak xuruji, insultdan shubha bo‘lsa, u holda bemorning oyog‘ini ko‘tarmaslik kerak. Shokni keltirib chiqargan sababni, masalan, tashqi qon ketishini bartaraf etishga harakat qilinadi. Jabrlanuvchiga tasalli beriladi. Jabrlanuvchiga hech narsa ichirilmaydi (agar jabrlanuvchi tashnalikni his etayotgan bo‘lsa, labini suv bilan qo‘llab turish mumkin). Ezilgan jarohat katta va og‘ir buyum bilan shikast etkazish natijasida yuzaga keladi. Bunda jabrlanuvchining yumshoq va suyak to‘qimalari zararlanishi, shuningdek, oyoq-qo‘l yoki tanani ezilishi natijasida yuzaga keladigan buzilishlar kuzatiladi. Jabrlanuvchi imorat vayronalari ostida qolgan bo‘lsa, uzoq vaqt bosilib yotish ham muskul to‘qimasi zararlanishiga hamda jarohatlangan joydan toksin zaxarlar ajralishiga olib keladi. Bu ezilish sindromi “krashsindrom” ham dcyiladi. Jabrlanuvchi vayrona ostidan qutqarib olingach, bu toksinlar qon aylanishi sistemasiga tushib, keyingi asoratlarni, masalan, buyrak etishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘plab sabablar ezilgan jarohatni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, er qimirlashi, bino qulashi, avariya va boshqa hodisalar. Ezilgan jarohatlar belgisi va alomatlari. Tananing ezilgan qismida yumshoq to‘qimalar zararlanadi: Ko‘karish (momataloq). Shish. Qon to‘la ko‘kargan pufaklar. Shok holati alomatlari. Shikastlangan joydan quyida tomir urishi sezilmasligi mumkin. Qattiq og‘riq turib, odatda, undan keyin sezgi yo‘qoladi. Vaqti kelib jabrlanuvchining miyasi chalg‘ishi hamda mo‘ljalni yo‘qotishi mumkin. Jabrlanuvchini vaqtida chiqarib olib, yordam ko‘rsatilmasa, majaqlangan jarohat o‘limga olib borishi mumkin. Jabrlanuvchi katta yoki og‘ir yuk ostida bosib qolgan bo‘lsa, majaqlangan jarohat yuzaga keladi Ezilgan jarohatlanishni oldini olish uchun zilzila mahali osonlikcha buzilishi mumkin bo‘lgan inshootlar: ko‘prik, balkon, veranda tomi yaqinida bo‘lmaslikkn harakat qilish, avtomobil ostiga kirib remont ishlari olib borayotganda, avtomobil siljib ketishi yoki domkrat tushib ketishining oldini olish uchun uning g‘ildiragi ostiga qo‘shimcha narsa tirab qo‘yish, bir-biriga yaqin joylashgan, yurib ketishi mumkin bo‘lgan ikki ob’ekt, masalan, toxtab turgan ikki avtomobil o‘rtasida turmaslikka harakat qilish va handakda ishlaganda, ularning devori bosib qoimasligi uchun, puxta mustahkamlash zarur. Download 22.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling