Mavzu Sholichilik sug‘orish tizimlari. Sug’orish tizmlarini loyihalash


Download 0.84 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1332446
Bog'liq
Mavzu Sholichilik


Mavzu Sholichilik sug‘orish tizimlari .Sug’orish tizmlarini loyihalash
Reja

  1. Zamonaviy sholi sug‘orish tizimlari

  2. Sholi kartalari

  3. Turli tipdagi sholi sug‘orish tizimlarining ko‘rsatgichlari

Zamonaviy sholi sug‘orish tizimlari sug‘orish, zax qochirish, tashlama kanallar, marzalar bilan ajratilgan cheklardan iborat sug‘orish kartalari, inshootlar, yo‘llar, aloqa vositalari, himoya daraxtlari, tizimdan foydalanuvchilar uchun xizmat binolaridan tashkil topadi.
Sholi kartasi sholi sug‘orish tizimidagi asosiy element hisoblanib, u asosan, doimiy sug‘orish va zax qochirish tashlama kanallar bilan chegaralanadi.
Hozirda asosan, quyidagi: Krasnodar, Kuban, Uzoq SHarq va Keng qamrovli karta-chek sholi kartalari mavjuddir.






  1. rasm. Sholi sug‘orish tizimlari.

Sholi sug‘orish tizimlarining tiplari. O‘zbekistonda qadimdan va yangi sug‘oriladigan maydonlarda noinjenyerlik, yarim injenyerlik va injenyerlik tipidagi sholi sug‘orish tizimlari mavjud.
Noinjenyerlik tizimlarda yerlar notekis bo‘lganligidan sug‘orish tarmoqlari va kichik-kichik cheklar qing‘ir-qiyshiq shaklga ega bo‘lib, sug‘orish suvi biridan biriga o‘tib boradi, mexanizatsiya ishlarining imkoni yo‘q, EFK 0,65-0,70 dan oshmaydi, mehnat unumdorligi past va mavsumiy sug‘orish me’yorlari 50-60 ming m3/ga ni tashkil etadi. Bu tipdagi tizimlar sholichilikka ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda mavjud bo‘ladi.






  1. rasm. Noinjenyerlik tipidagi sug‘orish tizimlari

Yarim injenyerlik tizimlarda karta va cheklar yiriklashgan, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, maydonlari 0,01-0,10 ga, EFK 0,80 gacha, bo‘ylama marzalar doimiy bo‘lib, sholi ekishni mexanizatsiyalash imkoni mavjud va mavsumiy sug‘orish me’yorlari 30-50 ming m3/ga ni tashkil etadi.






  1. rasm. Yarim injenyerlik tipidagi sug‘orish tizimlari

Injenyerlik tizimlarda sug‘orish va tashlama tarmoqlari hamda sholi kartalariga to‘g‘ri shakl byerilgan, sholi etishtirish to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan, suv cheklarga mustaqil ravishda taqsimlanadi, EFK 0,90-0,95 gacha etadi va mavsumiy sug‘orish me’yorlari 25-30 ming m3/ga ni tashkil etadi.






  1. rasm. Injenyerlik tipidagi sug‘orish tizimlari

Krasnodar, Kuban, Uzoq SHarq va Keng qamrovli karta-chek sholi kartalarining sxematik ko‘rinishlari.






  1. rasm. Krasnodar tipidagi sholi kartasi a- bir tomonlama suv berish b- ikki tomonlama suv berish



30-rasm. Uzoq Sharq tipidagi sholi kartasi





32-rasm. Keng qamrovli karta-chek sholi kartasi


31 -rasm. Kuban tipidagi sholi kartasi







  1. Sug‘orish tizimining tarkibiga nimalar kiradi?

  2. Sug‘orish tizimi va uning elementlarini tushuntiring.

  3. Sug‘orish tizimining doimiy tarmoqlarini vazifalari nimadan iborat?

  4. Sug‘orish tizimining muvaqqat tarmoqlarini vazifalari nimadan iborat?

  5. Ekin dalalari va ularga qanday talablar qo‘yiladi?

  6. Suv yig‘uvchi - tashlama va kollektor-zovur tarmoqlarining vazifalari.

7.Sug‘orish tizimining armaturasi. Akveduk va dyukyerlar vazifalari nima?
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling