Gazni dastlabki tayyorlash jarayoni
Gaz quduqlardan chiqib batareya va yoquv punktlaridan ǿ 273 mm li quvurlar orqali gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari 1-2-navbatlariga kiradi.
Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari-1,2 “Sho’rtan-16” majmuasiga kiradi.
Qurilma yig’ish punktlaridan tabiiy gazni, yig’ish,gazni mexanik aralashmalardan qisman tozalash,seraratsiyalash yo’li bilan qatlam suvlari va gazli kondensatni ajratish, shuning dek, gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga gazni uzatish uchun mo’ljallangan.
Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi-2 da kirish qatorlarining ikkita maydonchasi joylashtirilgan. Birinchisiga 8 tadan ishchi va 5 tadan o’lchov kollektorlari, ikkinchisiga 8 tadan ishchi va 8 tadan o’lchov kollektorlari ulanadi va har biri 5 million metr kub unumdorlikdagi 3 tadan ishchi gazseparatori, shu jumladan 1ta o’lchov separatori o’rnatilgan.
Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi- 1 va gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi – 2 dan gaz ishchi kollektorlar bo’yicha siquv kompressor stansiyasi orqali bosh inshootga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |