Mavzu: Sifаt аnаlizining sistеmаlаri. Kаtiоnlаr аnаlizining sul`fidli sistеmаsi uning mоhiyati Reja
Kаtiоnlаr аnаlizining kislоtа – аsоsli sistеmаsi, sistеmаning ijоbiy tоmоnlаri vа kаmchiliklаri
Download 19.45 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kationlarning kislota-asos tasnifi
- Cho‘kma xossalari
Kаtiоnlаr аnаlizining kislоtа – аsоsli sistеmаsi, sistеmаning ijоbiy tоmоnlаri vа kаmchiliklаri
Sulfidli usulda gurux reagenti sifatida zaharli H2S eritmasi qo‘llanishi sababli hozirgi vaqtda sifat tahlil, kationlarni kislota-asos xossalariga ko‘ra tuzilgan tasnif asosida bajariladi. Kationlarning kislota-asos tasnifi
Hozirgi vaqtda kationlarning kislota-asosli va boshqa klassifikatsiyalar ham ma’lum bo’lib, kislota-asosli klassifikatsiyaga ko’ra kationlar sulfat va xlorid kislotalar, o’yuvchi ishqorlar va ammiakka bo’lgan munosabatiga mos ravishda 6 ta guruhga bo’linadi. Birinchi guruh kationlariga mineral kislotalar va ishqorlarda cho’kmaydigan, guruh reagentiga ega bo’lmagan ammoniy, kaliy va natriy kationlari kiradi. Ikkinchi guruh kationlariga xlorid kislota ta’siridan xloridlar holida cho’kadigan kumush, simob (I) va qo’rg’oshin (II) kationlari, uchinchi guruh kationlariga bariy, stron- tsiy, kal`tsiy singari sul`fat kislota ta’siridan cho’kadigan, to’rtinchi guruh kationlariga mo’l ishqor qo’shilganda cho’kmaga tushmaydigan rux, alyuminiy, xrom (III), qalay (II) va qalay (IV), mish`yak (III) va mishьyak (V) kationlari, beshinchi guruh kationlariga esa ishqorlar ta’siridan cho’kadigan temir (II) va temir (III), marganets (II), magniy, vismut (III), surma (III) va surma (V) kationlari kiradi. Oltinchi guruh kationlariga 25 % li ammiak ta’siridan (ayniqsa ammoniy xlorid ishtirokida) cho’kkan gidroksidlari erib, ammiakatlar hosil qiladigan simob (II), mis (II), kadmiy, kobal`t (II) va nikel (II) kationlari kiradi. Bu klassifikatsiyalardan tashqari fosfatli-ammiakli, sulfidli-ishqorli (ikki ko’rinishda), tioatsetamidli va boshqa klassifikatsiyalar ham taklif qilingan. Fosfatli-ammiakli klassifikatsiya fosfatlarning suv, kuchli eruvchanligiga asoslangan. Sul`fidli-ishqorli klassifikatsiya ammoniy sul`fidni ishlatishga asoslangan bo’lib, bu usul vodorod sulfidli va vodorod sulfidsiz usullarning oraliq ko’rinishidir. Tioatsetamidli usul vodorod sul`fid va ammoniy sulfidni tioatsetamid bilan almashtirishga asoslangan bo’lib, tioatsetamid suvli eritmalarda gidroliz tufayli vodorod sul`fid yoki ammoniy sul`fid hosil qiladi: CH3CSNH2+2H2O↔CH3COO-+NH4 ++H2S CH3CSNH2+2H2O+2NH3↔CH3COO-+3NH4++S2-. Bu usulda kationlarni guruhlarga ajratish uchun ketma-ket xloro-vodorod kislota, tioatsetamid (pH ning turli qiymatlari) va ammoniy karbonat ishlatiladi. Yuqorida sanab o’tilgan klassifikatsiyalar ichida eng mukammal va eng izchil klassifikatsiya vodorod klassifikatsiyadir. Shuning uchun ham, ko’pincha, shu klassifikatsiya qo’llaniladi. Keyingi yillarda vodorod sulfidning zaharli ekanligi hisobga olinib, kislota-asosli klassifikatsiya qo’llanilmoqda. Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling