Мавзу: сифатларнинг ясалиш усулларини ўтиш


Download 59.39 Kb.
bet11/21
Sana08.06.2023
Hajmi59.39 Kb.
#1464804
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
.mehnatkashlar sinfiyai kurashga chaqiradi (Oyb ek). Qaeqdandir quvnoq kulgi eshitildi (A. M u x t o r). ...Qizning sofdilligi.. menda yashirinib yotgan eng pok tuyg’ularni yuzaga chiqargan edi (P. Qodirov). Ya x sh i gap bilan ilon inidan chiqadi deganlari rost ekan («Mushtum»).
Qo’li ochiq odam, ochiq ko’ngil kishi, tili shirin ayol, ko’ngli to’g’ri odam, qo’li egri, tili achchiq, nafsi buzuq kabilar ham xuddi shunday.
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashqari boshqa turkumdagi (holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalanadi. Bunday sifatlovchilar orqali ham kishilarga xos turli xarakter- xususiyatlar ochiladi:
Bir qaradi, ko’zi yomon o’tkir ekan., jonim chiqib ketayoedi («O’zbek xalq dostonlari»). U sarbast, ziyrak, harakatlari dadil, so’zlari o’tkir, o’rtoqlari orasida onaboshi kiz (Oybek);
v) kishi xarakter-xususiyatiga oid yana shunday sifatlar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo’rtib turmaydi. Nutq momentiga qarab ular har ikkala chegara-siga ham o’tib olishi mumkin. Masalan: dovdir, loqayd, sho’x, mahmadona, sinchkov, mag’rur, indamas, o’jar, shaddod, to’pori, o’tkir va b.: Gulchehra sal engiltak va sho’x bo’lsada o’zi j uda ... m e h r- oqibatl i qiz (O. Yoqubov).

      1. Predmet (narsa, hayvon, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning xarakter- xususiyatini ifodalash uchun qo’llanuvchi sifatlar: xonaki, dolzarb, dabdabali, tashvishli, asov, chopong’ich, sun’iy, tabiiy, tekin, qimmat, arzon kabi.

      2. Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo’llanaveradigan sifatlar:

ajoyib, yaxshi, yomon, zo’r, chidamli va b.
Ba’zi sifatlar esa, yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko’chganma’noda qo’llanishi mumkin: engil, og’ir, dag’al, dardisar, bachkana, rasvo, qaysar, xira, uchar va b.
Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, hodisaga, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanishi mumkin:

  1. tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda: go’zal, ko’hlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor va b.; b) nuqsoniy belgilar: cho’loq, mayib, maymoq, bukir, cho’tir, soqov, xunuk, g’ilay, kar, pes, ko’r, qiyshiq va b.

Qayd etilgan sifatlarning ayrimlari hayvon va predmetlarning belgisi uchun ham qo’llanaverishi mumkin: O’sha mayib turna cholning qo’lida shifo topib yana o’z karvoniga qo’shilganini bilarmikin (Said Ahmad). Juda xunuk ish bo’pti («Mushtum»).

  1. Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh, keksa, qari, ojiz, zaif va b. Bunday sifatlar predmet belgilari uchun ham qo’llana oladi: Oqsoqol hovliga, keksa tut shoxlari engashib turgan tunuka tomga suqlanib birma-bir qarab chiqdi. (Said Ahmad). Nayda chalingan ojiz navo esa, .. bir cho’pon boladay chinqirib nola qilar edi !(A.uxtor).

  2. Ruxi holatni ifodalovchi sifatlar: xursand, xafa,jinni, sog’, sergak, xushyor, g’azabnok,darg’azab tajang, kindor, ma’yus, g’amgin, alamdiyda, alamzada va b.

  3. Kishining hayotiy holatini, axvolini ifodalovchi sifatlar: boy, badavlat, kambag’al, kashshoq, yo’qsil, gado, etim. mushfiq, bechora, musofir va b.

  4. Predmetning xarorat belgisini ifodalovchi sifatlar: issiq. so Buq, iliq, salqin, ilmiliq, (iliq-miliq) kabi.

b) Tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar: toza, ozoda, sof, musaffo, saxtiyon, kir, isqird, irkit va b.

  1. Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi sifatlar: yangi, eski, churuk, uvada, juldur va b.

  2. Predmetning pishgan yoki xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar: xom, g’o’r, dumbo’l, pishgan, pishiq kabi.

  3. Predmetning ho’l-quruklik holatini ifodalovchi sifatlar: ho’l, nam, namxush, namtob, quruq, qoq, qoquruq, shilta, shalabbo va b.

  4. Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: tinch, jim, jim-jit, sokin, osuda, osoyishta, notinch, betinch, bezovta va b.

Shuningdek, silliq, g’adir-budir, g’ijim, tekis, siyrak, zich, qalin, yupqa, omonat, puxta, g’uj, sho Bul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi sifatlar ham turli holatlarni ifodalab keladi.
Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning deyarlihammasi darajalanadi, forma o’zgartuvchi affikslarni qabul qiladi va ko’pchiligi ko’chgan ma’nolarda qo’llanadi.
Qaysi guruh tez bajarsa o‘sha guruh a’zolari rag‘batlantiriladi.

Download 59.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling