Barakalla, 1 xonali va 2 xonali sonlar, matematik ishora va belgilarni bilib olibsiz.
Aylanma daftarlar yig`ib olinadi. Daftar yig`ilayotganda va tarqatilayotganda quyidagicha savollar berish mumkin.
1. Qo`shishning hadlarini ayting
2. Ayirishning hadlarini ayting
3. 10 liklarni sanang: 10,20,30,40,50,60,70,80,90,100
3) O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida og`zaki test o`tkaziladi. O`quvchilar tegishli javob kartochkalarini ko`tarishadi. Javoblar xulosalanadi.
Test savollari
Uzunlik o`lchov birligini ko`rsating
*A) santimetr B) kilogramm D) litr
2. To`g`ri burchakdan kichik bo`lgan burchak qanday burchak bo`ladi?
A) to`g`ri burchak *B) o`tkir burchak D) o`tmas burchak
3. Massa o`lchov birligini ko`rsating
A) santimetr B) litr D) kilogramm
III. Yangi mavzuni bayoni. (20 minut)
Sana yoziladi. 14-fevral
O`qituvchi: Sanaga qarab nimalar deyishimiz mumkin?
- 1 va 4 dan hosil bo`lgan son, 2 xonali son, juft son, 1 ta o`nlik va 4 ta birlik son
O`qituvchi: Sanamiz bilan bog`liq bayramlar bormi?
Mavzu: Sig`im o`lchov birligi: litr
Suyuqliklar litrda o`lchanishi, buning uchun bankalardan maxsus idishlardan foydalaniladi. 1 litrli, 2 litrli, 3litrli bankalar, stakan orqali amaliy ishlar ko`rsatiladi
1 – masala og`zaki bajariladi, sharti o`qiladi va amaliy ko`rsatiladi
Bir litrli, uch litrli, besh litrli bankaga necha stakan suv sig‘ishini o‘lchab ko‘rsatiladi.
O`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish.
Matematik diktant olinadi. 5ta topshiriq bo`yicha:
1. 50 bilan 2 ning yig`indisi 50+2=52
2. 24 bilan 4 ning ayirmasi 24-4=20
3. 18 kattami 19 18<19
4. Uchburchakning nechta uchi bor? 3 ta
5. 1 santimetr nechta katakka to`g`ri keladi? 2 ta
„Kichik ustoz” o`yini orqali matematik diktant tekshiriladi. Daftarlar almashtirilib hamma o`z sherigining daftarini qora qalam bilan tekshiradi. O`qituvchi matematik diktantning javoblarini doskada ko`rsatadi.
Bugungi darsimizda Qizil qalpoqcha bizdan yordam so`rayapti. U o`z yo`lida uchragan hayvonlarning savollariga javob berishi kerak. Uning o`rmondan o`tib olishiga yordam beramizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |