O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK2 matematikaga oid multimedia ilovalarini ko`rib tushuna olish va mazmunini so`zlab berish
FK1:sonlarni qo‘shish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi; nomli kattaliklar ( uzunlik, massa, sig`im)ni o`qiy oladi va yoza oladi. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozlanishi:
a) 1-sinf «Matematika» darsligi, tarqatma materiallar;
b) bankalar, stakan, bidon, rangli rasmlar, jadvallar;
Darsning borishi:
O`qituvchi'>Tashkiliy qism: (6 minut)
O`quvchilar bilan salomlashiladi.
O`qituvchi: Assalom, o`quvchim mustaqil yurt bolasi,
Bilim olmasliginga yo`qdir bahonang.
Senga bag`ishlayman har bir sabog`im,
Har bir so`zim ma’nosin kerak bilmog`ing.
O`qituvchi - Hozir darsimiz qanaqa dars?
Hamma: Matematika – fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo`lamiz ogoh.
O`qituvchi: Barakalla! Hamma darsga tayyormi?
Hamma: Sabog`ingiz puxta bilib olganmiz
Besh bahoga tayyor bo`lib kelganmiz
O`qituvchi: Darsni boshlashdan oldin sizlarga a’lo kayfiyat tilab, tonggi tilaklarimni bildirmoqchiman.
Bolajonlar men barchangizni sog`lom bo`lib, a’lo baholarga o`qishingizni istayman
O`quvchi: Uztoz! Biz ham sizni doimo sog`-omon yurushingizni xohlaymiz!
O`qituvchi: Xush kayfiyat, xush sur’at,
Dars boshlaymiz, marhamat.
Misollar ko`p, bir talay,
Bugun davomat qalay?
Do'stlaringiz bilan baham: |