Mavzu: Signallarni spektr orqali ifodalash,dpf mustaqil ish Bajardi
Download 1.62 Mb.
|
TSQI mus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2022 Mavzu:Signallarni spektr orqali ifodalash,DPF Reja
- Foydalanilgan adabiyotlat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYA VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Tizimlar va signallarni qayta ishlash Mavzu: Signallarni spektr orqali ifodalash,DPF Mustaqil ish Bajardi: 411-20 gruh talabasi Amirov Orifjon Tekshirdi: Jo‘rayev Umidjon Toshkent 2022 Mavzu:Signallarni spektr orqali ifodalash,DPF Reja: Davriy bo‘lgan signallarni spektri va Fure qator Fure trigonometrik qatori Davriy signallarning spektrlarining turlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilm-fan, texnika va kundalik hayotimizda “axborot”, “xabar” va “signal”atamalaridan tez-tez foydalanib turamiz. Umuman axborot deganda biron-birvoqea, hodisa yoki ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi.Axborotni saqlash, unga ishlov berish va uzatishda turli shartli belgilar (harflar,matematik belgilar, rasmlar, so‘zlar, turli shakldagi tebranishlar va boshqalar) dan,ya’ni axborotni boshqa ko‘rinishda ifodalash usullaridan foydalaniladi.Ma’lum bir shaklga keltirilgan axborot xabar deb ataladi. Misol uchun,telegraf xabarlarida axborot harflar va raqamlar orqali ifodalanadi. Ushbu belgilar to‘plami orqali xabar uzatiladi. Telefon aloqasi tizimlarida – bu inson qulog‘i yokiuni o‘zgartiruvchi asbob mikrofon menbranasi oldida bosimning uzluksizo‘zgarishi orqali olinadigan tovushlar, Televideniye tizimida – bu elementlariyorug‘ligi va rangi o‘zgaruvchi tasvir. Ko‘p hollarda axborot ikkilik diskretshaklda, ya’ni uni aks ettirish uchun faqat shartli “1” va “0” simvollaridanfoydalaniladi. Bunda uzatilayotgan xabar chekli miqdordagi ikkilik simvollarketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Xabar almashish nafaqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasidabo‘lishi mumkin. Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yokiaxborot manbai deb, xabarni iste’mol qiluvchi ob’ekt istemolchi deb ataladi.Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizikjarayon signal deb ataladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovushva shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatidafazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotaliradiosignallardan foydalaniladi. Xabarni unga mos signalga aylantirish uchun turli fizik jarayonlardan foydalanishga asoslanib yaratilgan asboblardan foydalaniladi. Misol uchun, tovushshaklidagi xabarni signalga aylantirish uchun mikrofondan, tasvirni signalgaaylantirish uchun maxsus elektron trubkalardan, temperaturani signalga aylantirishuchun termoelementlardan va h.k. foydalaniladi.Axborot uzatish tizimi. Xabarni manbadan xabar iste’molchiga yetkazibberish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar aloqa tizimi deb ataladi (1.1-rasm). Aloqa tizimi: xabar manbai (XM), xabarni elektr signalga aylantirishqurilmasi (XSA), signal uzatish qurilmasi (SUQ), aloqa liniyasi (AL), signalqabullash qurilmasi (SQQ), elektr signalni xabarga aylantirish (SXA) qurilmasi vaxabar iste’molchi (XI) dan iborat. Umumiy ko‘rinishdagi aloqa tiziminingstrukturaviy sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. Har qanday signal 𝑢(𝑡) vaqt funksiyasi hisoblanadi. Signallarni vaqt funksiyasi sifatida quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: – vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signal; – vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha uzluksiz signal; – vaqt bo‘yicha uzluksiz va sath bo‘yicha diskret signal; – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal. Vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar vaqt bo‘yicha chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lib, sathi ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi(1.2a-rasm). Bunday signallarga mikrofon, temperatura o‘lchagich, bosimo‘lchagich va boshqa shunga o‘xshash asboblar chiqishidagi signal misol bo‘ladi.Bu signallar fizik kattaliklarning elektrik modellari bo‘lganligi, unga mos ravishdao‘zgargani uchun bunday signallar “analog” (o‘xshash, mos) signallar deb ataladi.1.2b-rasmda keltirilgan signallar vaqt bo‘yicha diskret 𝑡 = 𝑘∆𝑡 (∆𝑡 – diskret vaqtoralig‘i bir xil qiymatli va turlicha bo‘lishi mumkin) va sath bo‘yicha ma’lum biroraliqdagi har qanday qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin. Bunday signallarni uzluksiz signallarning har bir ∆𝑡 vaqt oralig‘ida qiymatlarini belgilash orqali olishmumkin. Bu jarayon vaqt bo‘yicha diskretlash deb ataladi. Odatda diskretlashoralig‘i ∆𝑡 bir xil qilib, uzluksiz signalni uning vaqt bo‘yicha diskret oniyqiymatlari orqali qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi.1.2d-rasmda keltirilgan uchinchi tur signallar sath bo‘yicha diskretlangan –kvantlangan bo‘lib, u 𝑘∆𝑡 yoki ma’lum bir uzluksiz vaqt 𝑡 da ma’lum bir diskretqiymatga ega bo‘ladi. Kvantlash natijasida signal sathining oniy qiymati unga engyaqin bo‘lgan, ruxsat etilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Natijada, zinasimonsignal hosil bo‘ladi. Kvantlash oralig‘i (qadami) bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki eng yaqin ruxsat etilgan oraliq kvantlash oralig‘i (qadami) deb ataladi va odatda ∆𝑈 bilan belgilanadi. Kvantlash oralig‘i bir xil yoki turlicha qilib tanlanishi mumkin.Kvantlash oralig‘i bir xil bo‘lgan signalni qayta tiklashda yuzaga keladigan absolyut xatolik ∆𝑈/2 ga teng bo‘ladi. Ma’lum bir davomiylikka ega bo‘lgan uzluksiz signalni kvantlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolikning o‘rtacha kvadratik qiymati ∆𝑈/12 ga teng bo‘ladi. Odatda ∆𝑈 – uzluksiz signalni uning kvantlangan qiymatlari asosida qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi. To‘rtinchi tur signallar (1.2e-rasm) ma’lum diskret vaqt 𝑘∆𝑡 larda (𝑘 = 0, 1, 2, ... , 𝑛) ma’lum bir diskret qiymatni qabul qiladi. Bunday signallar uzluksiz signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash natijasida olinadi.Vaqt va sath bo‘yicha diskret signalning qiymati kvantlash oralig‘i ∆𝑈 ga bog‘liqbo‘lib, kvantlash natijasida umumiy holda ruxsat etilgan 𝑁 ta oniy qiymatlardanbirini qabul qiladi. Kvantlangan signal sathini ketma-ket butun sonlar bilanbelgilab, bu sonlarni odatda ikkilik signal 1 va 0 lardan iborat signal bilanalmashtirib, aloqa kanali orqali modulyatsiyalangan radiosignal orqali uzatiladi. Kvantlangan signalning oniy qiymatlarini diskret elementar signallar (odatda 1 va 0) bilan almashtirish natijasida hosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.Vaqt funksiyasi bo‘lgan signal 𝑢(𝑡) haqiqiy yoki kompleks qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun signallarning haqiqiy va kompleks matematik modellari mavjud. Signallar determinant (o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum) va tasodifiy (o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum emas) bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Har qanday 𝑡 yoki 𝑘∆𝑡 vaqtda qiymatlari avvaldan birga teng ehtimollik bilan ma’lummbo‘lgan signallar determinant signallar deb ataladi. Har qanday 𝑡 yoki 𝑘∆𝑡 vaqtda qiymatlarini avvaldan birga teng ehtimollik bilan aniqlab bo‘lmaydigan signallar tasodifiy signallar deb ataladi. Axborot tashuvchi hamma signallar tasodifiy signallar hisoblanadi. O‘zgarish qonuni avvaldan ma’lum bo‘lgan signallar hech qanday axborot tashish (eltish) imkoniyatiga ega emas. U go‘yoki hech bir yozuvi yoki belgisi bo‘lmagan oq qog‘oz kabidir. Determinant signallarni aloqa kanali orqali uzatmasdan qabullash tomonida shakllantirish mumkin.Determinant signallardan turli radiotexnik funksional qism, qurilma va tizimlarni sinovdan o‘tkazishda foydalaniladi. Ulardan turli chiziqli, nochiziqli va parametrik radiotexnik zanjirlarni tahlil etishda, tadqiqot ishlari olib borishda foydalaniladi. Odatda determinant signallar sifatida birlik sakrash impulsi, sinusoidal signallardan, delta funksiya signali 𝛿(𝑡), to‘rtburchaksimon va boshqa ko‘rinishda bo‘lgan signallardan foydalaniladi. Har qanday signal ma’lum bir 𝑇𝑠 vaqt davomiyligida uzatiladi (1.3-rasm). Signal 𝑇𝑠 vaqt oralig‘ida o‘zining eng kichik oniy qiymati 𝑈𝑚𝑖𝑛 bilan eng katta oniy qiymati 𝑈𝑚𝑎𝑥 oralig‘ida o‘zgaradi. Signal eng katta qiymati Umax ning uning eng kichik qiymati 𝑈𝑚𝑖𝑛 ga nisbati, ya’ni 𝑈𝑚𝑎𝑥/𝑈𝑚𝑖𝑛 = 𝐷𝑠 signal dinamik 14 diapazoni deb ataladi. Signal 𝑇𝑠 vaqt davomida o‘zining 𝑈𝑚𝑎𝑥 qiymatidan 𝑈𝑚𝑖𝑛 qiymati oralig‘ida tez va sekin o‘zgaradi. Signalning o‘zgarish tezligi uning spektri kengligi 𝐹𝑠 ga bog‘liq, ya’ni keng spektrli signal tor spektrli signalga nisbatan tez o‘zgaradi va aksincha.Shunday qilib signal asosan uchta ko‘rsatkichi bilan bahol Signallarni spekrlar orqali ifodalash hozirgi axborot va enternet tarmoqlari rivojlangan paytda xabarlarni tezkor uzatish va enternet tezligini oshirish kabi soxalarda katta burilish yasadi.Yani ularni optic tolali kabellar orqali ma’lumotni uzatish tezligini va undagi sarf harajatlarni ancha muncha kamaytirish bu sohadagi ishlarni jadal rivojlantirishga o’ziga yarasha katta islohotlarni yuzaga chiqardi.Bu orqali Elektro texnika soxasidagi ixtirolarva komuniokatsiya sohasini jadal rivojlantirishga o’zining salmoqli hissasini qo’shdi axborotlarni hozirgi zamonda tez va xavsiz yuborish eng global masalalar qatorida turganligi bois signallar borasidagi har qanday yangi loyihalar ni tezroq hayotga tatbiq qilish va bu soxaning eng global muammolariga eng optimal yechim bergan deb o’ylayman Foydalanilgan adabiyotlat: SIGNALLARNI UZATISH NAZARIYASi A.A. Tulyaganov, A.M. Nazarov, A.A. Abduazizov, I.R. Faziljanov, A.A. Yarmuhamedov, Ya.T. Yusupov www.fayillar.org www.ziyo.net Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling