Mavzu: silikat shishada metall oksidlari diffuziyasi


Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi


Download 20.52 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1090896
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
REFERAT

Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining matematika, fizika, mexanika fanlari va texnika fanlari ustuvor yoʼnalishlariga mos.

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari bo‘yicha bajarilgan va bajarilayotgan BF-2-017 “Issiqlik elektr stansiyalari, sanoat korxonalarining ikkilamchi energetik resurslarini mashinasiz o‘zgartirish samaradorligini oshirishning fizikaviy asoslarini rivojlantirish” fundamental tadqiqotlar loyihasiga (2017-2020 yillar), qo‘shma O‘zbekiston-Hindiston Uzb-Ind-2021-78 “Metall oksidlari bilan legirlangan silikatlarning termoelektrik xossalari va o‘z-o‘zidan tashkil bo’lish jarayonlari” (2021-2023 yillar) fundamental tadqiqotlar loyihasiga mos.


Muammoning oʼrganilganlik darajasi: Dunyo boʼylab legirlangan silikat shishadan qalin qatlamli texnologiya asosida turli rezistorlar va datchiklar yaratish boʼyicha 300 dan ortiqroq maqola, 10 ga yaqin monografiyalar bor, bu texnologiyalar asosida rezistorlar yiliga 100 mlrd donadan koʼproq ishlab chiqariladi. Respublikada qalin qatlamli texnologiya asosida turli rezistorlar yaratish va ulardagi fizikaviy jarayonlarni oʼrganish boʼyicha G. Аbduraxmanov, G.S. Voxidova, S.А. Mamatkulovalar bir necha yillar tadqiqotlar oʼtkazib, jahonda oldingilar qatoridan oʼrin olishgan, 100 dan ortiqroq ilmiy maqolalar, 1 monografiya chop etishgan, ixtiroga 5 guvohnoma, kompyuter dasturiga 1 guvohnoma olishgan. 1 fan doktori (G. Аbduraxmanov) va 1 fan nomzodi (G.S. Voxidova) dissertatsiyalari yoqlangan.
Аmmo dunyoda legirlangan silikat shisha asosida termoelektrik materiallar yaratish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan.
Olingan tajriba natijalari tarqoq (qiymati bir necha darajagacha o‘zgaradi) va hatto o‘zaro ziddiyatlidir. Bu esa legirlangan silikat shisha asosida termoelektrik materiallar yaratish maqsadida uning elektr o‘tkazuvchanligining va termoeyuk hosil bo‘lishining fizikaviy mexanizmlarini aniqlash uchun chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish dolzarb muammo. Buning ustiga shishaning tuzilishi haqidagi nazariy tasavvurlarni tasdiqlash yoki rad qilish uchun bironta yetarlicha asoslangan eksperimental usul taklif qilinmaganligi shishasimon holatni o‘rganish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.

Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling