2 – ma’ruza
FIZIKA KAFEDRASI
2018
V.S.Xamidov
Fizika I
Ma’ruza rejasi - Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish.
- Aylanma harakat kinematikasi.
- Burilish burchagi, burchakli ko‘chish, burchakli tezlik, burchakli tezlanish, chiziqli tezlik, normal va tangensial tezlanishlar.
- Tekis aylanma harakat.
- Tekis tezlanuvchan aylanma harakat.
Egri chiziqli traektoriya bo‘ylab harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va tezlanishini ko‘rib chiqamiz. AB egri chiziqli traektoriyada harakatlanayotgan moddiy nuqta holatlari radius-vektorning ko‘chishi bilan belgilanadi. t vaqt momentida moddiy nuqta = radius - vektorli M holatda bo’ladi, t vaqt o‘tgandan so‘ng moddiy nuqta radius-vektorli M1 nuqtaga ko‘chadi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, moddiy nuqta AB egri chiziq bo‘ylab harakatlanganda, radius-vektor kattaligi va yo‘nalishi o‘zgaradi. Egri chiziqli harakat O‘rtacha tezlik quyidagicha ifodalanadi: Bu tezlik vektor kattalikdir, uning yo‘nalishi MM1 xorda yoki kesma yo‘nalishi bilan mos tushadi. O‘rtacha tezlikning t vaqtni nolga intilishida olgan chegaraviy qiymati radius – vektor dan vaqt bo‘yicha olingan hosilaga teng bo‘ladi: Bu yerda moddiy nuqtaning egri chiziqli harakatidagi oniy tezligidir. Oniy tezlik yo‘nalishi harakatlanayotgan moddiy nuqta trayektoriyasiga urinma yo‘nalishda bo‘ladi. Oniy tezlik belgilangan t vaqtga tegishli M nuqtada egri chiziqqa urinma bo‘ladi. Tezlanish esa, tezlik vektoridan vaqt bo‘yicha olingan hosilaga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |