Alyumin qotishmali eritmani o'z oqimi bilan metall qoliplar (kokil)ga yoki bosim ostida metalldan yasalgan pressformalar (qolipning bir turi)ga quyib silindrlar bloki tayyorlanadi. Bunday bloklar cho'yandan ishlanganlariga nisbatan yengil, mexanik ishlov qatlami yupqa bo'ladi; ularning ishlov beriladigan joylari ham kamroq — ulanadigan va boshqa detallar bilan birikadigan tekisliklari, xolos. Bosim ostida [(10—12)106 Pa] quyish vertikal holatda maxsus mashinalarda bajariladi. Bunda pressforma 250°C gacha qizdiriladi, alyumin qotishma esa 650°C da eritiladi. Alyumin qotishmalami kokilga quyishda tayoqchalar ishlatiladi. Ular avtomat yoki yarimavtomat tarzda ishlaydigan qum purkaydigan mashinalarda tayyorlanib, pechda quritiladi. Tayoqcha materialiga yopishtiruvchi unsur sifatida formaldegidli qatron aralashtiriladi. Alyumin blokni bosim ostida pressformaga quyishdan oldin, uning ichiga silindrning cho'yan gilzalari, moy o'tkazuvchi naycha (ikkita poiat vtulkalar bilan birga), blokning pastki qismida ikkita po'lat vtulka o'rnatiladi. Moy naychalari taqsimlovchi val yoqalab joylashtiriladi. Pastroqqa o'rnatiladigan ikkita po'lat vtulka juda muhim detal bo'lib, dastlabki ishlovda texnologik baza bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun blok quyilib bo'lgach, mexanika sexida konduktor yordami bilan o'sha vtulkalar o'rnatilgan joyda teshik ochiladi va razvyortka qilinadi. Quyilgan metall qotgandan so'ng kokil ochiladi, zagotovka chiqarib olinadi va 2 soat davomida sovitiladi. Keyin tayoqchalar urib chiqariladi, quyish ariqchasi maxsus stanokda kesib tashlanadi. - Alyumin qotishmali eritmani o'z oqimi bilan metall qoliplar (kokil)ga yoki bosim ostida metalldan yasalgan pressformalar (qolipning bir turi)ga quyib silindrlar bloki tayyorlanadi. Bunday bloklar cho'yandan ishlanganlariga nisbatan yengil, mexanik ishlov qatlami yupqa bo'ladi; ularning ishlov beriladigan joylari ham kamroq — ulanadigan va boshqa detallar bilan birikadigan tekisliklari, xolos. Bosim ostida [(10—12)106 Pa] quyish vertikal holatda maxsus mashinalarda bajariladi. Bunda pressforma 250°C gacha qizdiriladi, alyumin qotishma esa 650°C da eritiladi. Alyumin qotishmalami kokilga quyishda tayoqchalar ishlatiladi. Ular avtomat yoki yarimavtomat tarzda ishlaydigan qum purkaydigan mashinalarda tayyorlanib, pechda quritiladi. Tayoqcha materialiga yopishtiruvchi unsur sifatida formaldegidli qatron aralashtiriladi. Alyumin blokni bosim ostida pressformaga quyishdan oldin, uning ichiga silindrning cho'yan gilzalari, moy o'tkazuvchi naycha (ikkita poiat vtulkalar bilan birga), blokning pastki qismida ikkita po'lat vtulka o'rnatiladi. Moy naychalari taqsimlovchi val yoqalab joylashtiriladi. Pastroqqa o'rnatiladigan ikkita po'lat vtulka juda muhim detal bo'lib, dastlabki ishlovda texnologik baza bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun blok quyilib bo'lgach, mexanika sexida konduktor yordami bilan o'sha vtulkalar o'rnatilgan joyda teshik ochiladi va razvyortka qilinadi. Quyilgan metall qotgandan so'ng kokil ochiladi, zagotovka chiqarib olinadi va 2 soat davomida sovitiladi. Keyin tayoqchalar urib chiqariladi, quyish ariqchasi maxsus stanokda kesib tashlanadi.
- Kesib ishlash uchun texnik shartlar. Silindrlar blokining asosiy yuzalari o'lchamlari, o'zaro joylashuvi yuqori darajada aniqlik bilan g'adir-budurligini iloji boricha kam qilib kesib ishlanadi. Bu ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat: Yuzalar tekisligining og'ishi, mm: blokning yuqorigi va pastki yuzalari (uzunligi 100).........≤ (0,02—0,08) 7 oldingi va orqa ko'ndalang yuzalar (uzunligi 50)............. ≤ 0,05 yon yuzalar........................................................................ ≤ 0,15
Do'stlaringiz bilan baham: |