Mavzu: Siljituvchi Registrlarning Ishlash Tamoyillari. Reja: Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 347.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi347.8 Kb.
#1453674
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mbt mustaqil ish



MAVZU:Siljituvchi Registrlarning Ishlash Tamoyillari. 
Reja: 
1.Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar. 
2.Ketma-ket siljituvchi registrlar. 
3.Parallel siljituvchi registrlar. 
 
1.Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar 
 
Saqlash yoki xotira registrlari ma’lumotni parallel qabul qilib chiqaradi. Xotira 
registrlari ikkilik ma’lumotni bir yo‘la barcha razryadlari bilan yozadi, saqlaydi va 
chiqarib beradi, ya’ni ma’lumot parallel shaklda bo‘ladi (shuning uchun bunday 
registrlarni parallel registrlar deb ham atashadi). Kiritilayotgan va chiqarilayotgan 
ma’lumotning ko‘rinishiga ko‘ra parallel registrlar bir fazali va parafazali bo‘lishi 
mumkin. Bir fazali registrning informasion kirishlariga ikkilik sonning bir fazali 
kodi yuboriladi (sonning inversiya raqamli razryadlari berilmaydi), parafazali 
registrlar kirishlariga ikkilik sonning ikki fazali kodi yuboriladi, shu jumladan 
inversiya raqamli razryadlari ham. Parafazali registrni RS yoki JK sinxron 
triggerlardan foydalanib qurish mumkin. 
Registr triggerlarning holatlari ularning kirishlarida mavjud bo‘lgan ikkilik sonni 
parafazali signali (01 yoki 10) bilan aniqlanadi. Bunda ma’lumotni registrga 
yozilishi faqat taktli impuls (sinxroimpuls) kelganida amalga oshiriladi. 
Bir fazali parallel xotira registrini bir pog‘onali D-triggerlar asosida qurish 
mumkin. Ma’lumot yozilishi boshqaruv kirishiga ega bo‘lgan 8 ta razryadli parallel 
xotira registr sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b) 7.1-rasmda keltirilgan. 
Rasm 7.1 Xotira registri 


 
 
Rasm 7.2. Sinxron JK-trigger asosidagi xotira registr 
 
 
T-boshqaruvchi kirish 
R-takt signalisiz boshlang’ich holatga qaytish kirishi 
L-boshlang’ich holatga qaytishni taqiqlash 
Ushbu registrda C (CLK) – sinxronlash kirishga mantiqiy 1 berilganida (yuqori 
kuchlanishli signal), barcha triggerlar holati ularning D

ma’lumot kirishlariga ta’sir 
etuvchi ikkilik sonni razryadlar qiymatlari bilan aniqlanadi va shu holda Q_i=D_i, 
S-kirishdagi mantiqiy 0 (past kuchlanishli signal) yozilgan ma’lumotlarni “qulflab” 
qo‘yadi va bundan so‘ng registrda yozilgan ma’lumot istalgan vaqt ichida saqlanadi. 
Ayrim hollarda registrlar ularni chiqishlarini “0” holatga keltiruvchi qo‘shimcha 
asinxron R (CLR) ega bo‘ladilar. Bu R kirishi registr triggerlarini “tozalash” (“0” 
holatga keltirish) deb aytiladi. Ko‘rib chiqilgan parallel registrlarda triggerlar holati 


va shu bilan bir qatorda chiqish ma’lumoti informasion kirishlarida yangi ikkilik 
sonli kod so‘zi mavjud bo‘lganida hamda taktli impuls S berilgandan so‘ng 
o‘zgaradi.

Download 347.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling