Mavzu: Siljituvchi Registrlarning Ishlash Tamoyillari. Reja: Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar
Download 347.8 Kb. Pdf ko'rish
|
mbt mustaqil ish
2.Ketma-ket siljituvchi registrlar. Ikkilik ma’lumotni ketma-ket qabul qiluvchi va chiqaruvchi registrlar siljituvchi registrlar deb ataladi (siljish registrlar). siljituvchi regsitrlar ikkilik ma’lumot ustidan turli operasiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan: ketma-ket uzatilayotgan ikkilik ma’lumotni jamlash va so‘ngra uni baravar parallel shaklida chiqarish (ya’ni ketma- ket kodni parallel kodga o‘zgartirish), ma’lumotni parallel kodda (baravar) qabul qilib uni ketma-ket chiqarish (ya’ni parallel kodni ketma-ket kodga o‘zgartirish) va hokazo. Bundan tashqari siljituvchi registrlar raqamli shakldagi signalni ushlab turish elementlari sifatida ham qo‘llaniladi. siljituvchi registrlar odatda ikki pog‘onali yoki taktli impulslarning fronti (oldi tomoni) bilan sinxronlaydigan triggerlar (dinamik boshqaruvli triggerlar) asosida quriladilar. Bunday registr triggerlariga ma’lumot juda qisqa vaqt mobaynida yoziladi va sinxroimpulsning fronti davomiyligi bilan o‘lchanadi. Front davomiyligining vaqti triggerning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish vaqtidan (o‘tkinchi jarayonlari) ancha kam bo‘lib, nolga yaqin. Agar registrda statik boshqaruvli triggerlar qo‘llanilsa, unda Sқ1 bo‘lishida registrdagi triggerlar “zanjiri” kirishdan (birinchi triggerdan) chiqishgacha (oxirgi trigger) ochiq bo‘lib qoladi va shunda kirishdagi birinchi razryad (bit) qiymati barcha triggerlarga yozilib qoladi. SHuni ta’kidlash kerakki, siljituvchi registrning razryadligi uni “zanjirini” tashkil qiluvchi triggerlar soni bilan aniqlanadi. 7.3-rasmda D-triggerlarda amalga oshirilgan siljituvchi registrining sxemasi keltirilgan. Bunday registr 4-razryadli siljituvchi registri bo‘lib, 4 ikkilik razryadli Q1, Q2, Q3, Q4 ma’lumotni saqlash imkoniga ega. Endi 7.3-rasm va 7.1-jadvaldan foydalanib registr ishini ko‘rib chiqamiz. Avvalo registrni “tozalab” chiqamiz, ya’ni Q1, Q2, Q3, Q4 chiqishlarida “0” mantiqiy signallarni o‘rnatib chiqamiz. Buning uchun, SET kirishlar “0” signalligida, triggerlarning tushirish krishlari RESETga mantiqiy “1” berilishi kifoya. SHunda siljituvchi registrining hosil bo‘lgan holatiga jadvaldagi 1 satri to‘g‘ri keladi. Taktli impuls kelishiga qadar registr chiqishlarida 0000 holat kuzatiladi. Ma’lumotni yozish va surish rejimida o‘rnatuvchi SET va RESET triggerlar kirishlariga mantiqiy “1” berilib turiladi. Sinxronizasiya kirishi CLKga birinchi impuls berib ko‘ramiz. Unda indikatorlar yordamida registr chiqishlarida 1000 holatni kuzatamiz (jadvaldagi 3-satr), chunki taktli sinxroimpuls kelishida trigger U1 informasion kirishdagi mantiqiy “1”ni chiqishi Q1ga ko‘chiriladi. Endi, registrning informasion kirishida mantiqiy “1” mavjudligida, bu “1” signali har bir sinxroimpuls uzatilishida Q1razryadga kiritiladi. Ilgariroq kiritilgan mantiqiy “1”lar esa, o‘ng tomon bitta pog‘onaga suriladilar (jadvaldagi 2 va 3 taktli impulslar). Xuddi shu singari, agar informasion kirishga mantiqiy “0” berilsa, bu “0” har bir taktli impulsda Q1 razryadga kiritiladi va ilgariroq kiritilgan “1” va “0” lar o‘ng tomonga siljishadi (7.1-jadvaldagi 4-8 taktli impulslar). 9- chi taktli impuls kelishiga qadar, informasion kirishda mantiqiy “1” o‘rnatiladi. 10chi impuls kelishidan avval esa, ushbu kirishdagi signal “0” qiymatiga ega. Natijada 9:13 takt impulslari yuborilish davrida, registrga 9-chi Rasm 7.3. D-triggerli 4 razryadli ketma-ket registr 7.4. Siljituvchi registr Jadval 7.1 Tact sanasi Tactdan keying holati rakami E Q a Q B Q c Q d = Q 1 1 0 0 0 0 2 0 1 0 0 0 3 0 0 1 0 0 4 0 0 0 1 0 5 0 0 0 0 1 Rasm 7.5 D-trigger asosidagi 4-bitli o’ngga siljituvchi registr impulsda kiritilgan mantiqiy “1” o‘ng tomonga siljishini indikator yordamida kuzatish mumkin. Jadvaldagi 15 satrdan ma’lumki, yuqoridagi mantiqiy “1” 13-chi taktli impulsda registrning o‘ng tomondagi eng chekka razryadidan chiqib yo‘qoladi. Jadval 7.2 Download 347.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling