Mavzu: Siljituvchi Registrlarning Ishlash Tamoyillari. Reja: Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar
Download 347.8 Kb. Pdf ko'rish
|
mbt mustaqil ish
MAVZU:Siljituvchi Registrlarning Ishlash Tamoyillari. Reja: 1.Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar. 2.Ketma-ket siljituvchi registrlar. 3.Parallel siljituvchi registrlar. 1.Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar Saqlash yoki xotira registrlari ma’lumotni parallel qabul qilib chiqaradi. Xotira registrlari ikkilik ma’lumotni bir yo‘la barcha razryadlari bilan yozadi, saqlaydi va chiqarib beradi, ya’ni ma’lumot parallel shaklda bo‘ladi (shuning uchun bunday registrlarni parallel registrlar deb ham atashadi). Kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma’lumotning ko‘rinishiga ko‘ra parallel registrlar bir fazali va parafazali bo‘lishi mumkin. Bir fazali registrning informasion kirishlariga ikkilik sonning bir fazali kodi yuboriladi (sonning inversiya raqamli razryadlari berilmaydi), parafazali registrlar kirishlariga ikkilik sonning ikki fazali kodi yuboriladi, shu jumladan inversiya raqamli razryadlari ham. Parafazali registrni RS yoki JK sinxron triggerlardan foydalanib qurish mumkin. Registr triggerlarning holatlari ularning kirishlarida mavjud bo‘lgan ikkilik sonni parafazali signali (01 yoki 10) bilan aniqlanadi. Bunda ma’lumotni registrga yozilishi faqat taktli impuls (sinxroimpuls) kelganida amalga oshiriladi. Bir fazali parallel xotira registrini bir pog‘onali D-triggerlar asosida qurish mumkin. Ma’lumot yozilishi boshqaruv kirishiga ega bo‘lgan 8 ta razryadli parallel xotira registr sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b) 7.1-rasmda keltirilgan. Rasm 7.1 Xotira registri Rasm 7.2. Sinxron JK-trigger asosidagi xotira registr T-boshqaruvchi kirish R-takt signalisiz boshlang’ich holatga qaytish kirishi L-boshlang’ich holatga qaytishni taqiqlash Ushbu registrda C (CLK) – sinxronlash kirishga mantiqiy 1 berilganida (yuqori kuchlanishli signal), barcha triggerlar holati ularning D i ma’lumot kirishlariga ta’sir etuvchi ikkilik sonni razryadlar qiymatlari bilan aniqlanadi va shu holda Q_i=D_i, S-kirishdagi mantiqiy 0 (past kuchlanishli signal) yozilgan ma’lumotlarni “qulflab” qo‘yadi va bundan so‘ng registrda yozilgan ma’lumot istalgan vaqt ichida saqlanadi. Ayrim hollarda registrlar ularni chiqishlarini “0” holatga keltiruvchi qo‘shimcha asinxron R (CLR) ega bo‘ladilar. Bu R kirishi registr triggerlarini “tozalash” (“0” holatga keltirish) deb aytiladi. Ko‘rib chiqilgan parallel registrlarda triggerlar holati va shu bilan bir qatorda chiqish ma’lumoti informasion kirishlarida yangi ikkilik sonli kod so‘zi mavjud bo‘lganida hamda taktli impuls S berilgandan so‘ng o‘zgaradi. Download 347.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling