Mavzu: Siljituvchi Registrlarning Ishlash Tamoyillari. Reja: Registrlar haqida umumiy ma’lumotlar
Parallel doiraviy siljituvchi registrlar
Download 347.8 Kb. Pdf ko'rish
|
mbt mustaqil ish
3.Parallel doiraviy siljituvchi registrlar.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ketma-ket siljituvchi registri ayrim kachiliklardan xoli emas. Masalan, har bir taktli impulsda u ikkilik kodda ifodalayotgan ma’lumotning faqat bitta razryadini qabul qilishi mumkin va undan tashqari har gal ma’lumot registrda o‘ng tomonga siljituvchiida, o‘ng tomondagi eng chekkasidagi informasion razryadi registrdan chiqib ketib yo‘qoladi (7.1-jadvalda keltirilgan misolga qarang). Ushbu kamchiliklar parallel doiraviy siljituvchi registrida bartaraf etilgan. 7.3-rasmda 4-razryadli parallel doiraviy siljituvchi registrining sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda D1, D2, D3, D4 kirishlari informasion kirishlar vazifasini bajaradilar. Bu siljituvchi registr to‘rtta JK trigger asosida qurilgan bo‘lib, 4-razryadli kombinasiyani parallel shaklda baravar kiritishga imkon beradi. Registr sxemasida U4 triggerning Q va IQ chiqishlari U1 triggerning J va K kirishlari bilan teskari bog‘langanligi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu teskari bog‘lanish zanjiri kiritilgan ma’lumotni, U4 triggerni chiqishlarida yo‘qolmasdan, registrning ichida aylanib yurishga sharoit yaratadi. Registrni tozalash (chiqishlarini 0000 holatga keltirish) uchun “Sbros” kirishiga mantiqiy “1” signal berilishi lozim. Ma’lumotni parallel shaklda kiritish uchun mo‘ljallangan D1, D2, D3, D4 kirishlari triggerlarni dastlabki holatga o‘rnatish SET kirishlari bilan bog‘langan bo‘lib, istalgan registr chiqishlari Q1, Q2, Q3, Q4ida mantiqiy “1” o‘rnatishga imkon beradi. Buning uchun SET kirishga qisqa muddatli mantiqiy “1” ignal berilsa kifoya. Registrdagi barcha JK triggerlari CLK kirishlariga taktli impulslar yuborilishi registrdagi ma’lumotni o‘ng tomonga siljituvchiga olib keladi. Trigger U4dan ma’lumot U1 triggerga uzatiladi va shu bilan registrda ma’lumot aylanib (doira bo‘yicha) yo‘qolmay yurishi kuzatiladi. Parallel siljituvchi registrining ishlashi 7.2-jadvalda keltirilgan. Ta’minot manbasi ulanganda registr va uni chiqishlari har qanday holatni qabul qilishi mumkin, masalan deylik jadvaldagi 1-satrdagidek. Triggerlar RESET kirishlariga mantiqiy berilish registrni tozalanishiga (“0” holatiga) olib keladi (7.2-jadvaldagi 2- satr). So‘ngra registrga 0100 ikkilik kombinasiyasi kiritiladi (3-satr). Rasm 7.6. 4-razryadli parallel doiraviy siljituvchi registri Buning uchun “Sbros” kirishida mantiqiy “0” ligida, D2 kirishga qisqa muddatli mantiqiy “1” yuboriladi (triggerlarning CLK sinxronlash kirishlaridagi signalning qiymati ahamiyatga ega emas). Keyinchalik berilayotgan taktli impulslar kiritilgan ma’lumotni o‘ng tomonga siljituvchiiga olib keladi (4-8 satrlar). Jadvaldagi 5 va 6 satrlardan ko‘rinib turibdiki, o‘ng tomoni chekkasidagi U4 triggerdan yuqorida kiritilgan “1” chap tomoni chekkasidagi U1 triggerga o‘tib keladi va uni doira bo‘yicha registrda aylanishi qaytadan boshlanadi. Download 347.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling