Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak bakteriyalar tahlili Mashg’ulotning maqsadi
bakterium rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola)
Download 380.09 Kb. Pdf ko'rish
|
2-laboratoriya virusologiya (1)
bakterium rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola) degan nom
bergan. Shunga asosan ular tugunak bakteriyalar deb atalgan. Bu bakteriyalarning yo’g’onligi 1 mkm, uzunligi 4-5 mkm keladi. Ba’zilari shoxlanib turadi. Mayda tayoqcha shaklidagi shakllari ham uchraydi, ularning uzunligi 0,9 mkm, yo’g’onligi 0,2 mkm dan oshmaydi. Bakterium rizobium radisikolaning rivojlanish davri juda murakkab bo’lib, bu davr mobaynida uning shakli ham juda o’zgarib turadi. Yosh tugunak bakteriyalar ancha harakatchan bo’lib, ularning yo’g’onligi 0,18 mkm va uzunligi 0,9 mkm, keladi. Vinogradskiy ma’lumotlariga ko’ra, bu bakteriyalar 24 soat mobaynida 2,5 sm masofaga siljir ekan. Harakatchan bakteriyalar rivojlanish davrining birinchi bosqichida oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ikkinchi bosqichida esa xivchinlarini to’kib, harakatdan to’xtaydi va hajmi kattalashadi. Bakteriyaning hujayrasi ichida vakuola vujudga keladi, hujayraning o’zi esa belbog’li bo’lib ko’rinadi. Belbog’li hujayra kokk shaklidagi bir necha harakatchan hujayralarga bo’linadi. SHu paytdan e’tiboran rivojlanish davrining birinchi bosqichi yangidan boshlanadi (1-rasm). Qarib qolgan bakteriyalarning ba’zi birlari shoxlangan shaklda bo’ladi va bakteroid deb ataladi. Ular ham belbog’li bo’lib ko’rinadi (2-rasm). Tugunak bakteriyalar tugunak ichidagina yashamasdan, tuproqda ham bir necha yilgacha nobud bo’lmay saqlanadi. Bu bakteriyalar radisikola degan umumiy nom bilan atalsa ham, har qaysi dukkakli o’simlikning o’ziga xos bakteriyasi bo’ladi (3-rasm). Tugunak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra: no’xat, vika, china va burchoq; lyupin va seradella; beda va qashqarbeda; loviya, soya; nut; sebarga va boshqa dukkakli o’simliklar ildizida rivojlanadigan guruhlarga bo’linadi. Dukkakli o’simliklar tugunak bakteriyalarni tarkibida azot bo’lmagan organik moddalar bilan ta’minlab turadi. Bakteriyalar esa dukkakli o’simliklarga azotli birikmalarni etkazib beradi, ya’ni ular o’zaro simbioz hayot kechiradi. Tuproqda erkin holda yashaydigan tugunak bakteriyalar o’simlikning ildiz to’qimalariga kirishdan oldin, ildiz tukchalari yoniga to’planib ko’payish bilan bir qatorda, ularning po’stini yumshatadi. Hujayra ichiga kirgan bakteriyalar o’zidan shiliq chiqaradi, u ipsimon bo’lib cho’ziladi. Bu infeksion ip deb ataladi (4-rasm). Ildiz tukchalarining hujayralari bakteriyalar tomonidan yumshatilgandan so’ng tez fursatda bo’linadi va cho’zilib tugunakka aylanadi. Tugunak hosil bo’lgandan keyin hujayralarning protoplazmasi tugunak bakteriyalar bilan to’ladi. O’simliklar hujayrasi bo’linganda tugunak bakteriyalar ham deyarli baravar taqsimlanadi (5-rasm). Dukkakli ekinlarni o’ziga xos aktiv tugunak bakteriyalar bilan boyitish maqsadida ular sun’iy yo’l bilan tayyorlangan bakterial o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Bu o’g’itlar nitrogen deb ataladi. Nitrogenni suvda eritib, ekiladigan dukkakli o’simlikning urug’i shu eritmada namlanadi. Nitrogen bilan namlangan urug’larni shu kunning o’zidayoq ekish zarur aks holda bakteriyalarning aktivligi pasayib ketishi mumkin. Urug’i nitrogen bilan namlab ekilgan dukkakli o’simliklarning hosili 14-50% ortadi. Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling