Mavzu. Simsiz tarmoq infrastrukturasi
IEEE 802.11 standartida kanal satxi
Download 72.21 Kb.
|
Islom
3. IEEE 802.11 standartida kanal satxiSimli Ethernet tarmoqlaridagi singari, simsiz Wi Fi tarmoqlarida kanal satxi ikki quyi satxlardan, ya’ni, mantiqiy ulanish boshqaruvi (Logical Link Control, LLC) va uzatish muxitidan foydalanishga ijozat olish (Media Access Control, MAC) satxlaridan iborat. Ethernet da va 802.11 da LLC bir xil. Shuning uchun xam simli va simsiz tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish ancha oson. Ikkala standartlarda xam MAS ko‘pgina umumiylikka ega, biroq, bir-biri biln taqqoslashni talab qiladigan farqlar xam mavjud. Ethernet da ko‘plikli kirish imkoninini yaratish uchun (bu xolda kabelli tarmoq orqali) CSMA/CD protokolidan foydalaniladi. Bu protokol tarmoqda zaga keladigan kolliziya xodisasini (kompyuter tarmoqlarida bir necha qurilmalarning bir vaqtda ma’lumot uzatishi ana shu atama bilan nomlanadi) aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. IEEE 802.11 tarmoqlarida yarimdupleksli rejimdan foydalaniladi, ya’ni, vaqtning xar bir laxzasida uzatuvchi stansiya ma’lumotni uzatadi, qabul qiluvchi tomon esa uni tinglaydi va aksincha. Bunday jarayonda, uzatish seansida kolliziyani aniqlash imkoni yo‘q. IEEE 802.11 standarti uchun CSMA/CD protokolining modifikasiyalangan varianti ishlab chiqilganki, u CSMA/CA deb nomlanadi. U quyidagicha ishlaydi. Ma’lumot uzatishga shay turgan stansiya avvaliga uzatish kanalini tinglaydi. Agar unda faol stansiya mavjud bo‘lmasa, takroriy tinglash orqali kanalning band emasligiga amin bo‘lgandan keyin efirdan foydalana boshlaydi. Tasodifiy ushlanib qolish liniyaning osilib qolmasligi uchun zarur. Boshqacha qilib aytganda, bir necha stansiyaning efirdan bir vaqtda foydalanishga xarakat qilishining oldi olinadi. Agar ma’lumotlar buzilishsiz qabul qilingan bo‘lsa, stansiya tasdiq xabarini jo‘natadi. Paketning to‘liqligi nazorat summasini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomon tasdiq xabarini olgach, ma’lumotlar muvafaqiyatli qabul qilingan deb xisoblaydi va seansni yakunlaydi. Agar tasdiq xabari qabul qilinmagan bo‘lsa, uzatuvchi stansiya ma’lumotlarni tasodifiy vaqtdan keyin takroran uzatadi. Simsiz tarmoqlar uchun tegishli bo‘lgan yana bir muammo shuki – ikki stansiya bir-biri bilan sifatsiz aloqa bilan bog‘lanishi mumkin, biroq, bunda xar bir stansiya kirish nuqtasi bilan sifatli bog‘langan bo‘ladi. Bunday sharoitda uzatuvchi stansiya kirish nuqtasiga efirni tozalash so‘rovini junatadi va kirish nuqtasining buyrug‘iga binoan boshqa mijozlik stansiyalavri sifatsiz aloqa o‘rnatilgan stansiyalarning aloqa seanslari tugagunga qadar o‘z muloqotlarini to‘xtatib turadilar va shu orqali liniyadagi shovqinlar kamaytiriladi. Efirni majburan tozalash rejimi (RTS/CTS protokollari) IEEE 802.11 standartining xamma modelli qurilmalarida xam o‘rnatilmagan. Agar bu rejim qurilma spesifikasiyasida o‘rnatilgan bo‘lsada, undan kamdan-kam xollarda foydalaniladi. Ethernet da ma’lumotlar oqimi uzatilayotganda aloqa kanaliga kirishni boshqarish usuli qo‘llaniladi va u barcha stansiyalar o‘rtasida taqsimlangan. Download 72.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling