Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish mundarija kirish I bob. Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish


Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tavsiya etiladigan kitoblar


Download 73.12 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi73.12 Kb.
#1506346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish k.ishi

1.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tavsiya etiladigan kitoblar
Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o‘qish darslari tashkil etilgan. Sinqdan tashqari o‘qish darslari 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi3. Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qizi-qishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchii o'qib borilsagina, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengay-tirishga
xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag'i, kirish so'zi. mundarijasi va suratlariga qarab asarning tahminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy
kitoblarni o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan kundalik
yurita olishga o'rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning
bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksalti-rish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil
o'qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan ma'lumotlarni o'qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o'qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, „Ertak to'qish”, „Bilimdonlar anju-mani” kabi ko'rik tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar
o'tkazish, „Kitob hafialigi” tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar
yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari o‘qish sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o'qish STO' uchun zarur bo'lgan o'qish malakalarini
shakl-lantiradi, o'quvchilarning o'qigan asarini tushunishga o'rgatadi, lug'atini boyitadi. Sinfdan tashqari o‘qish qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o'qish - hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning o'zidir. Hozirgi paytda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan „Kitobim - oftobim" (l-3-sinflar uchun) nomli qo'llanmalar ham chop etilgan.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi
o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir. Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan ashqari o‘qish darslaridir. Sinfdan tashqari o’qish darslari erkin dars hisoblanadi; bunday
maxsus darslarda bolalarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi; faol kitobxonlar ushun zarur ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga
qaratiladi, shuning ushun ularning qurilishi juda xilma – xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi bilan o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma – xillikka, hayotiylikka erishilsa, o’qituvchi o’z sinfida shunchalik katta muvaffaqiyatga erishadi. Shularga qaramay, sinfdan tashqari o’qish darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish ushun ma’lum talablarga bo’ysunadi.Sinflan tashqari o‘qishning asosiy vazifalari:
1. O‘quvchilarning o‘qish va nutq o‘stirishdan olgan bilim va hosil qilgan
malakalarini mustahkamlash, takomillashtirish va ularni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalash.
2. O‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini kengaytirish.
3. O‘quvchilarni kutubxonadan kerakli kitobni, kitobdan esa kerakli
ma’lumotni topishga o‘rgatish.
4. O‘quvchilarning kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning kitob bilan mustaqil ishlash malakasini
takomillashtirish.4 Sinfdan tashqari o‘qish darslari ma’lum talablarga bo‘ysunadi:
1.Har bir darsda bolalar o’qigan kitoblar hisobga olinadi. Ular o’qigan yoki o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’qigan kitoblari haqida qisqacha gapirib beradi. O’qituvchi darsda o’zaro fikr almashish holati yaratadi, darsdan tashqari vaqtda ham fikr almashish davom etishi mumkin.
2.Har bir darsda yangi kitoblar tavsiya qilinadi. Tavsiya shakllari turlicha
bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatib, to’g’ridan – to’g’ri tavsiya qilish, sinfda kishik tematik yoki muallifga tegishli ko’rgazma tashkil etish, o’quvshilarni qiziqtirish ushun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasm ko’rsatish, diapozitiv yoki parchasini namoyish qilishdan iborat.
3.Har bir darsda o’quvchilar hikoya, ertak, she’r o’qiydilar; hajmi kichik
asarni yaxlit, hajmi katta bo‘lsa, ikki – ush dars davomida o’qiydilar, sinfdagi barcha o’quvchilar o’qigan kitobidan biror parchani o’qib beradilar. Ko’proq ovoz chiqarib o’qiydilar, bundan tashqari, darsda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
4.Har bir darsda o’qilgan asarni suhbat, ya’ni o’qituvshi savoliga javob
berish, erkin hikoyalab tahlil qilish elementi bo’ladi. Erkin hikoya qilish uchun savol umumiy tarzda beriladi: «Senga nimalar juda ham yoqdi?», «Bu kitob haqida sen nimalarni ayta olasan?» kabi tahlil jarayonida bolalarni axloq-odob ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
5.Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qiladi:
mallif haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab nima haqida ekanini bilish, ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi.
6.Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o‘qish darslarida
qo‘llanadigan barcha usullardan foydalaniladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida an’anaviy usullar (qayta hikoyalash,
lug’at ishi, suhbat kabi)dan zarur o’rinlardagina foydalanish tavsiya etiladi, lug’at ishi bunday darslarda yordamshi rol o’ynaydi: ayrim qiyin so’zlar tushuntiriladi, o’quvshilar diqqati esda saqlab qolish lozim bo’lgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi. Barsha qiyin so’zlarni tushuntirish imkoni bo’lgani ushun bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim so’zlar izohini o’qishga o’rgatiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qayta hikoyalashning ijodiy shakllari
bo’lgan o’qilganlarga so’z bilan yoki grafik rasm chizish, aplikatsiya, adabiy – muzikali kompozitsiya, rasmlar, portretlar, diafilmlardan foydalanishga sharoit yaratadi. O’qilganlar asosida insho, gazetaga maqola yozish kabi ijodiy ishlardan ham foydalanish mumkin.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida suhbat o’qilgan kitobni muhokama
qilishda ham, yangi kitob tavsiya qilishda ham qo’llaniladi; suhbat elementlari o’qilgan asardan asosiy mazmunni ajratish ushun, vokealar izshilligini, bo’lgan vaqti va o’rnini, bog’lanishini belgilashga yordam beradi. Suhbat ushun savol tuzishda o’quvchilarning mustaqilligi, hayotdan, o’qilgan boshqa kitoblardan qo’shimcha javob berishi hisobga olinadi. Boshqa darslardagi kabi, bunday darslarda ham kirish suhbati,
umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbatlar bo’ladi. Ko’pgina sinfdan tashqari o’qish darslari umumlashtiruvshi darslar kabi quriladi. Masalan, «Vatan haqidagi kitoblar» mavzusidagi sinfdan tashqari o’qish darsi umumlashtiruvchi dars kabi uyushtiriladi. Odatda, bunday darslarning qurilishida umumlashtirish elementlari bo’ladi. Metodik
vositalarni tanlash, dars qurilishi (asosiy mazmunni ajratish, taqqoslash, xulosalash, qo’shimsha materialni qo’shishni talab qiladigan savollar kabi) umumlashtirishning vazifasini belgilaydi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida qiziqarli mashqlarga alohida o’rin beriladi. Bunday darslarda adabiy musobaqa (bir mavzu ustida savol-javob o’yini), eng yaxshi insholar, rasmlar, topishmoq topish, bellashuvlar o’tkazish, topishmoqlar albomini tuzish, tayyorgarliksiz jamoa bilan yoki yakka ravishda ertak to’qib aytish, o’quvshilar hayoti haqida, yozuvshilarning chuqur ma’noli gap (hikmatli so’z)lari va maqollar, latifalar aytish mumkin. Ba’zan o’qituvchilar
bunday darslarda «Hazil minuti», «5 sekund o’ylash ushun», «Topishmoqlarni top», «Bilimdonlar klubi» kabi qiziqarli mashg’ulotlarni doimo o’tkazib turadilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tqazish rejasini o’quv yilining yarmi
yoki butun o’quv yili ushun tuzib, darslar sistemasini belgilab olish tavsiya etiladi. Bunday planlashtirish darslarni xillashtirishga, ularning izshil va o’zaro bog’liq bo’lishiga, shuningdek darslarda ish turlarini taqsimlashga, bolalarga ta’lim tarbiya berish, bayramlar ulug’ kunlar, fasllarga mos ravishda mavzularni
taqsimlashga imkon beradi.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham bo’lib,
bular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’minlaydi, sinfdan tashqari o’qish darslari uchun sharoit yaratadi. Bular:
1. Kitobni tashviqot qilish. Sinfdan tashqari o’qish uchun tavsiya etilgan
adabiyotlar ro’yxati maktabga va sinfga osib qo’yilib vaqt-vaqti bilan yangilanib, to’ldirilib turiladi. Kutubxona yoki o’qituchi tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar
yoki bayram kunlari, shuningdek ayrim yozuvchilar yubileyiga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinadi va hokazo. Maktab yoki sinf devoriy gazetasida o’quvshilarning o’zi o’qigan kitobi haqidagi taqrizi bosiladi, yozuvshi ijodi haqida va biror mavzudagi kitoblar haqida montaj tayyorlanadi. Kitob o’qishga kutubxonachining sinfdagi suhbati, o’qituvchining o’quvchilar bilan shaxsiy suhbati orqali ham tashviq qilinadi.
2. Individual yordam va kundalik nazorat. O’quvchi bilan u o’qiyotgan
yoki o’qigan kitobi haqida suhbat, fikr almashish, rasmlarini muhokama qilish,
o’qigan kitoblari haqida yozganlarini ko’rib chiqish darajasi, o’qigan kitobi haqidagi
insho-taqrizini tahlil qilish, uy kutubxonasi bilan tanishish, o’qishi haqida ota-onasi bilan suhbat kabilar.
3. Sinfdan tashqari o‘qish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaliklar,
viktorinalar, yozuvchilar, jurnalistlar, adabiyot o’qituvchilari bilan ushrashuv, adabiy ekskursiyalar. Bu ommaviy ishlarni tayyorlashda o’quvchilarning o’zlari qatnashadilar (so’zga tayyorlanadilar, montaj chiqaradilar, ko’rgazma tashkil qiladilar, mehmonlarni kutib oladilar, turli o’yinlar uyushtiradilar). Ommaviy ishlarni tayyorlashga yuqori sinf o’quvchilari ham jalb etiladi, ota-onalar taklif qilinadi.
4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvshilari o’qish malakalarini
egallashlariga qarab o’qituvchining ruxsati bilan kutubxonaga yoziladilar. O’quv yilining ikkinshi yarmidan boshlab barcha o’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’lishlari
mumkin. O’qituvchi har oyda bir-ikki marta o’quvchilar kartotekasini tekshirib, kutubxonachi bilan suhbatlashadi.
5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. Bunda uiarning
kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. l-sinf o'quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib yozadilar. 3-4-sinf!arda o'qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o'z mulohazalarini ham qo'shishlari mumkin. O'quvchilarning o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida,
yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilarSinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinshidan, sinfdan tashqari o’qish sistemasining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari, ya’ni dastur bilan, uchinchidan, o’qituvchining oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinshidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. 1-sinfda o’quv yilining birinshi yarmida – tayyorlov bosqichida yangi matnni o’qituvchi o’qib beradi; ikkinchi – boshlang’ich bosqichdagi sinfdan tashqari o’qish darslarida yangi kichik hajmli kitobni o’quvchilar o’qiydilar, ammo bu vaqtda o’quvshilarda mustaqil o’qish malakasi hali o’smagan bo’ladi. Tayyorlov bosqichida o’tkaziladigan 20 minutlik sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotida 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli bo’lgan, 5-6 minutda o’qishga mo’ljallangan hikoya, ertak, she’rlar tanlanadi; o’qilganlar yuzasidan
suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarni ko’rishga ham vaqt ajratiladi.
1-sinfda o’quv yilining ikkinshi yarmida o’tkaziladigan mustaqil o’qishga rahbarlikning asosiy turi sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslarda o’qituvshi kishik hikoyacha yoki she’rni o’qib beradi, so’ng o’qilganlar va o’quvchilar oldin o’qiganlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi, qisqa umumlashtiriladi, kitob muallifi bilan tanishtiriladi. Keyin o’quvchilar yangi kitob bilan tanishadilar va uni o’zlari mustaqil ichida o’qiydilar; suhbat o’tkaziladi. Boshlang’ish bosqish
davomida sinfdan tashqari o’qish darslarida bir necha marta mavzuga qaratilgan yoki bir muallif yozgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Albom yoki montaj tayyorlanadi, konkurs o’tkaziladi, sinf kutubxonasi tashkil qilinadi, ertalik tayyorlanadi. Yordamshi vosita sifatida 2-3 darsda diafilm yoki kinofilmdan parsha ko’rsatiladi; 3 – 4 dars muzika eshittirish bilan, 4 – 5 dars o’qilganlarga rasmlar chizdirish bilan o’tadi. Bir dars kitobni qanday saqlash, uni yamashni o’rgatish maqsadida kutubxonada o’tkaziladi. Har bir sinfdan tashqari uqish darsida kitobning
muqovasi, nomi rasmlariga qarab, unda taxminan nima haqida yozilganini aytish mashq qilinadi.
“Ur to’qmoq”7 ertagining bola harakterining shakllanishida alohida o’rni
bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga-yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxon”larini zo’rovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
boriladi. o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir
mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos
ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni
tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama kasbga yo’naltiradi, ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilarni ifodali kitob o’qishlari, o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish
uyg’toadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar
tashkil etib turishlari kerak. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish, yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq
e’tibor berib kelishgan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini
abadiylashtirgan.Buning uchun esa o’quvchilar albatta xalq og’zaki ijodni yaqindan o’rganishlari lozim. Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchilar ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur, vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekanlar, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladilar. Shu bilan bir qatorda
sinfdan tashqari o’qish darslarini samaradorligini o’stirishda “Sinfdan tashqari o’qish” burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega. Chunki “Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatilishi mumkin. Bu ishlar o’qituvchilarning ilg’or pedagogik mahoratiga va ijodkorligiga bog’liqdir. “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” qanday bezatilmasin, u yerda topshiriq, rasm va shu kabilarni ishlab ilib
qo’yish uchun taxta yoki kitob javoni bo’lishi shart. 150x100 kattalikdagi stend devorga qistirilib, uning tepa qismiga “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” deb yozub
qo’yiladi. O’quvchilar navbatdagi sinfdan tashqari o’qish darsigacha o’qishlari uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati unga joylashtirilishi mimkin.



Download 73.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling