Mavzu: Sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish


Sinfdan tashqari to’garaklarni tashkil etish mexanizmi


Download 300.5 Kb.
bet4/5
Sana27.06.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1657168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish

3. Sinfdan tashqari to’garaklarni tashkil etish mexanizmi
To’garagi mashg’ulot ishlanmalari

  1. Mashg’ulot, «Nol»ning ma'nosi nima?

Arifmetika, matematika, nol, natural, million, milliard, billion, trillion terminlarining lug aviy ma'nolari
Arifmetika — grekcha «arithmos» so’zidan olingan bo’lib, son san'ati, degan ma'noni bildiradi.

  1. «Nol» atamasi lotincha «nullus» so’zidan kelib chiqqan va o’zbekcha hech qanday, bo’sh, degan ma'nolarni bildiradi.

  2. «Natural» atamasi lotincha «naturalic» so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida haqiqiy yoki tabiiy, degan

ma'noni bildiradi.

  1. «Matematika» atamasi grekcha «mathema» so’zidan olingan va o’zbekcha fan, bilim ma'nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan.

5 «Million» atamasi fransuzcha «million» so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida ming marta ming, degan ma'noni bildiradi.

  1. «Milliard» atamasi fransuz tilidagi “milluard” so’zidan kelib chiqqan va o’zbekcha ming million, degan ma'noni bildiradi.

  2. «Billion» atamasi XV asrda kiritilgan.

  3. «Trillion» atamasi XV asrda kiritilgan. [12]

  1. Mashg’ulot. Bolalarga yordam bering!

  1. 20 ta yong’oqni besh nafar bolaga toq donadan bo’lib bersa bo’ladimi?

  2. Uchta 5 raqami yordamida 2, 5 sonlarini hosil qiling.

  3. 123456789 raqamlarini tartibini o’zgartirmasdan qo’shish va ayrish amallarini shunday joylashtirinki natijada 100 hosil bo’lsin.

Zarur holatda ikki yoki uch xonali son sifatida foydalanish mumkin.

  1. Mashg’ulot. Tanishing: Buyuk matematik Al-Xorazmiy Al-Xorazmiy hayoti va ijodi

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783-yilda Xorazmda tug’ilgan. Al-Xorazmiy «Al- jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob» asari bilan algebra faniga asos soldi.
Shu asar tufayli olim nomining lotincha shaklidan «algoritm» termini paydo bolgan. Al-Xorazmiy
Bag’doddagi «Bayt ul-hikma» (Donishmandlar uyi)da rasadxona, kutubxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Xorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan. «Hind hisobi haqida» (Fi hisab al-hind).
Bu asarni XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. Risolada natural sonlarni «hind raqamlari» hisoblangan

  1. 1,2,3,4,5,6,7,8,9 lar yordamida yozish, sonlarni qo’shish va ayrish, ikkiga bo’lish va ikkiga ko’paytirish qoidalari, ko’paytirish amali va uni 9 raqami yordamida tekshirish, bolish, kasrlar hisobi, kasrlami ko’paytirish, musbat sonlardan kvadrat ildiz chiqarish kabi masalalar ilk bor tadqiq qilingan.

Al-Xorazmiy matematika, fizika, geometriya, algebra, astronomiya, geografiya fanlari rivoji uchun poydevor bo’lib xizmat qilgan juda ko’plab asarlar yozgan, Bu asarlar turli tillarga tarjima qilingan va hozir ham dunyoning yetakchi universitetlarida o’qitiladi. Al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan 10 ta risolasidan quydagi 3 ta katta kashfiyot haqida aytish mumkin:

  1. «Hind hisobi haqida»gi risolasida o’nlik pozitsion sanoq tizimining oltmishlikdan ustun ekanligini ko’rsatgan va bu asar lotin tiliga tarjima qilingan, o’nli pozitsion sanoq tizimi butun dunyoga tarqalgan.

  2. «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob»ida aljabmi astronomiyaning yordamchi qismidan mustaqil fan darajasiga ko’tardi, 6 ta chiziqli va kvadrat tenglamalarni tasniflagan.

  3. Al-Xorazmiy o’z shogirdlari bilan orasidagi masofasi 35 km. bo’lgan. Tadmor va ar-Rakka shaharlaridan ertuvchi Yer sharining 10 li meridiani uzunligini hisobladi va u 6,72 km.ga teng ekanligini topgan.

Al-Xorazmiy 850-yiIda Bag’dodda vafot etgan. [12]

Xulosa
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim - tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekan, bu vazifani hal etishda Uchinchi sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir. Uchinchi sinflarda matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan ekan. Uchinchi sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi hisoblanar ekan.
Uchinchi sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga zamonaviy holda yondashish kerak deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadini Uchinchi sinfda matematikadan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish deb olib quyidagi vazifalarni hal etdik:

  • Uchinchi sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni turlarini o’rgandik;

  • Uchinchi sinfda matematikadan qiziqarli matematika, ajib hisob, sonlar olami to’garagini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etdik va yaxshi natijalarga erishdik.

Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktablarining Uchinchi sinflarida matematikadan to’garaklarni muntazam ravishda olib boorish zarur deb hisoblaymiz va bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo’lajak Uchinchi sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling