9-rasm(Videoproektor)
Videoproektorlar-ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmadir.Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi.Bu qurilma kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish etish uchun ishlatiladi.
10-rasm(skayner)
Skayner- Skaner-tasvir va matn ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi.
11-rasm(Qattiq disk)
Qattiq disk-(ing.HDD,Hard—qattiq,Disk—disk,Drive—dvigatel) -deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy 17 platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi judatez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o'rnatilayotganda kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog’lab qattiq diskka yozib saqlanadi
12-rasm(Ploter)
Ploter- Plotterlar-ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Printerdan farqli ravishda plotter katta hajmadagi qog’ozlarga , bannerlarga ma’lumotni bosmalaydi
13-rasm(Operativ xotiralar)
Operativ xotiralar- tezkor hotira bo’lib,odatda zamonaviy platalar ikki turdagi DDR hotiralari bilan ishlay oladi.
14-rasm(CD disklar)
CD disklar- bu kompakt disk so’zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo’lib, axborotlarni saqlash uchun optic yuzadan iborat,yumaloq disk ko’rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi.Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo’lib, unga ma’lumot o’quvchi disk qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o’qiladi.
15-rasm(DVD disklar)
DVD disklar- bu dijigal video disk so’zlarining bosh harfidan iborat nomli disklar hisoblanadi.Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo’lib,CD disklarga nisbatan 7 barobar ko’p axborot sig’dirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |