Mavzu: Sitorai Mohi Xossa Reja: Buxorodagi


O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tibor


Download 1.08 Mb.
bet4/5
Sana27.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1068242
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sitorai Mohi Xossa

3. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tibor
Bugungi kunda inshootning ta’mir talab qismlari qayta rekonstruksiya qilingan. Inshootning kirish joyida xalq amaliy san’ati namunalari bo‘lgan buyumlar savdo rastasi mavjud. Hovlida esa tovuslar, Oq zalda amirlik huzurida bo‘lgan chet el elchilarining billur vaza, qimmatbaho gilamlar, guldonlar kabi sovg‘alaridan iborat.
O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Setorai Mohi Xossa saroyi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidi



Buxorodagi obidalar va tarixiy maskanlar ichida Sitorai Mohi-Hosa eng go`zali hisoblanadi desak mubolag`a bo`lmas. Bu inshoat XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida qurib bitqazilgan. Amir Axadxon buyrug`i bilan Buxorodagi eng qo`li gul ustalar Rossiyaga ish o`rganish uchun yuborilgan. Shuning uchun ham inshoat qurilishi va bezaklarida yevropa va sharq arxitekturasining uyg`unligini ko`rish mumkin. Qarorgohning bosh binosida bir nechta qabul xonalari va amirning shaxsiy yotoqxonalari joylashgan, bog` oralab ichkariga kirib borilsa amirning xotinlari uchun go`zal inshoat barpo etilgan, shuningdek u yerda katta hovuz va juda ajoyib ayvon bor. Hozirda ushbu yozgi qarorgoh muzey vazifasini o`tamoqda. 
Buxoroi sharifning eng ko‘p qiziqishga sabab bo‘ladigan obidalaridan biri Sitorayi Mohi Xosa majmuasidir. Mahalliy aholi shunchaki oddiy qilib, uni «Amir Olimxonning dachasi» deb yuritadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor: Buxoroning so‘nggi amiri Sayid Olimxon asosan Eski shahar markazidagi Ark qo‘rg‘onida istiqomat qilgan. Amir xos mehmonlarni kutib olish, ko‘ngilxushlik, hordiq chiqarish uchun esa shaharning eng bahavo nuqtasi, markazdan 4 km shimolda joylashgan Mohi Xosa yozgi saroyini afzal bilgan. 
Sitorayi Mohi Xosa forschada «oyga o‘xshash yulduz» degan ma'noni anglatadi.
Qattiqqo‘lligi bilan Buxoro tarixida iz qoldirgan Nasrulloxon (1826 ─ 1860) bu majmuaning dastlabki binolarini qurdiradi. Chunki asosiy qarorgohdan tashqari yozgi saroyga ham ega bo‘lish o‘z davrida podshohlik uchun qo‘shimcha obro‘ hisoblangan. 6
Amir Abdulahadxon (1885 ─ 1910) hukmronligi davrida majmua hududida saroy va xushmanzara bog‘ barpo etiladi. Peterburgda tahsil olgan Amir Olimxon esa (1910 ─ 1920) yangi saroy qurdiradi va unda ko‘hna Buxoroning boshqa tarixiy obidalaridan farqli ravishda g‘arb andozalari, rus arxitekturasi elementlaridan foydalanadi. Buxorodagi aksar tarixiy obidalarda gulsimon, yozuvni yodga soladigan naqshlar faol qo‘llanilgan bo‘lsa, Mohi Xossa bezaklari Yevropa Renessansining mozaikalarini eslatadi.

Majmuaning eng diqqatga sazovor qismlaridan biri — Oq zal. Unda hashamatli ballar, rasmiy qabullar tashkillashtirilgan.
Shahar sovetlar tomonidan mustamlakaga aylantirilgach, 1927 yilda majmua muzey vazifasini bajara boshlaydi.
Hozir ham bu obida badiiy-amaliy hunarmandchilik muzeyi sifatida mahalliy aholi va xorijiy sayyohlarning diqqat markazida.
Muzeyda XX asr avvaliga taalluqli eksponatlar bor: Xitoy chinnisi, amir va uning harami foydalangan kiyim-kechaklar, o‘z davri uchun o‘ta zamonaviy hisoblangan mebel jihozlari, Yevropa madaniyatini eslatuvchi idish-tovoqlar...
Xonani isitish uchun foydalanilgan pechka va XX asr avvali uchun noyob hisoblangan taqvim eng g‘aroyib eksponatlar sanaladi.
Bu muzey majmuaning yana bir «o‘ziga xosligi» bor. Uni tomosha qilish uchun kelmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz bilan durbin ola keling. Nega deysizmi? Eksponatlar haqidagi ma'lumotnomalarni o‘qiy olish uchun yoki o‘ta o‘tkir ko‘rish qobiliyatiga yoki durbinga ega bo‘lish kerak.7

Ba'zi xonalardagi jihozlarning yaqiniga borib bo‘lmaydi, lenta tortib qo‘yilgan. Eksponatni-ku, mayli, nariroqdan tomosha qilasiz, lekin nomi, yili, izohlarini o‘qiyman desangiz, ahvol chatoq. 


Nega eksponatlar haqidagi ma'lumotnomalar bunday noqulay tartibda joylashtirilgan, degan savolga muzey xodimining javobi ham tayyor: «Agar ma'lumot olmoqchi bo‘lsangiz, gid yollang. U hammasini tushuntiradi» . Nima muzeyga borganda gid yollash majburiymi? Men o‘zim ma'lumotlarni o‘qib olishim mumkin emasmi? Yoki bu zamonaviy marketingmi, a labbay?


Yana bir gap. Bir ahli Buxoroni yig‘ib, Sitorayi Mohi Xosada hashar uyushtirish kerak. Bo‘lmasa, hamma joyni yaxshigina chang bosibdi. Saroy ko‘rinishiga putur yetkazayotgan holatlarni bartaraf etish, yog‘ingarchilik ta'siri yaqqol iz qoldirgan joylar haqida bosh qotirishga ma'muriyatning hech vaqti yo‘q, chamasi...


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling