Mavzu: Sitorai Mohi Xossa Reja: Buxorodagi
Download 1.08 Mb.
|
Sitorai Mohi Xossa
1. Buxorodagi mangʻitlar sulolasi
Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroy — bogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrullaxon (1826—60) va Muzaffarxon (1860 — 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885—1910)da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910—20)da yangi saroy qurilgan. S.M.X. maydoni 6,7 ga boʻlib, eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Yogʻochdan qilingan 2ikki tabaqali darvozaga milliy naqshlar oʻyilgan va mis gul mixlar bilan mustahkamlanib, nafis guldor zulfin oʻrnatilgan. Darvozaxonadan tashqi hovliga oʻtiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Darvozadan kirishda oʻng qoʻlda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shim. tomonida, gʻarb tomonida oqsaroy, jan. tomonida esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Binoga kiraverishda Gʻozgʻon marmaridan usta Abdurahim yoʻnib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi daxlizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjimador, nafis naqshlari jozibador gullari bilan uygʻunlashgan. Devorning koʻzgulardan iborat boʻlishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning koʻzni qamashtiradigan darajada oqligi xonani kurkam qilib koʻrsatadi. Oqsaroy 2 yil mobaynida Us t a Shirin rahbarligida (25 — 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardozlangan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Yevropa uslubida biridan ikkinchisiga oʻtiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bogning shimoliy qismida haram joylashgan. Uning gʻarbida haram xizmatkorlari uchun xonalari boʻlgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Koʻshkning janubida toʻgʻri burchakli devori tokchali katta xona boʻlgan. Qolgan boshqa xonalar yotokxona va xizmatkorlar uchun moʻljallangan. Bogʻning janubida ikki qavatli masjid, katta hovuz qurilgan (1917—18). Hovuz kulrang Gʻozgʻon marmari bilan qoplangan. Binoning ichida uzun yoʻlak boʻlib, xonalari faqat bir tomondan shamollatilgan. Hoz S.M.X.da Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi, dam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan. Afsuski, amirning taqdiri Rossiya qo‘shinlarining Buxoroga bostirib kelishi bilan o‘zgardi. Amir o‘zining hashamatli saroyini tashlab Afg‘oniston Qirolligiga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Xuddi shu joyda, ko‘z nuridan ajralgan Amir vafot etdi. O‘z davrida Amir hamma narsaga: sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan oltinlar, shohona hayot, ko‘plab mukofotlar, rafiqalar va o‘nlab joriyalar va, albatta, ajoyib qarorgohlarga ega edi. Sitorai Mohi Xosa qarorgohi ikki qismga bo‘linadi: eski (sharqona uslubda) va yangi (Yevropa uslubida). Qadimgi saroy XVIII asrda qurilgan. Yangi kompleks XX asrning boshlarida Amir Said Olimxon tomonidan qurilgan. Saroy qurilishiga nafaqat Buxoroning eng yaxshi me’morlari, balki rus me’morlari ham jalb qilingan. Shuning uchun saroyning tashqi va ichki ko‘rinishi Rossiya va Yevropaning mamlakatlari qarorgohlariga o‘xshaydi. Saroy erkaklar va ayollar uchun mahsus ikki qismga bo‘lingan Amir saroyiga olib boruvchi yo‘lda sizni ko‘zingizga birinchi bo‘lib hashamatli tarzda bezatilgan darvoza tashlanadi. O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos bo‘lmagan tarzda yasalgan ushbu darvoza qizil, to‘q qizil rangli bezaklari bilan sizni hayratga soladi.3 Qarorgoh nomiga mos ravishda oy shaklida qurilgan bo‘lib, qarorgoh nomini tarjima qilsangiz “Oyga o‘xshash Yulduz” degan ma’noni anglatadi. Qarorgoh o‘rtasida hovuz joylashgan. Buxoroning issiq ob-havosidan farqli o‘laroq Qarorgoh iqlimi shaffofdek tuyuladi. Saroyning tashqi ko‘rinishi naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan; tomning chetida dekorativ vazalar bilan to‘siqlar joylashtirilgan. Binoning bir tomoni ayvon arkli ko‘rinish bilan bezatilgan. Ayvon ustunlar bilan bezatilgan va uning bezaklari nafis feruza ranglarida yaratilgan. Saroyning marosim kirish eshiglaridan biriga ikki sher haykali himoya qilish ma’nisida joylashtirilgan. Maqbaraning ichki ko‘rinishi o‘zining hashamati, go‘zalligi va bezaklari sizni jalb qiladi. Devoriy suratlar, ranglar ulardan taralayotgan ranglar jilosi diqqatni tortadi va bunday go‘zallikdan ko‘zni uzib bo‘lmaydi. Saroyning ichki xonalari orasida o‘zining rang barang oynalari bilan yozgi xonasi ajralib turadi, keng devorli oshxonasi, Vazirlar qabulxonasi va devorlari oynali bo‘lgan katta oq zal mavjud. Zalning devorlari ganchda badiiy ishlov berilgan bo‘lib bu juda hashamatli ko‘rinadi. Xonalarning ajoyib go‘zalligi, Buxoro ustalari va bezakchilari usta Shirin Murodov va Hasanjon tomonidan amalga oshirilgan. Har bir naqsh rassomning shahsiy mahoratidir. Saroyning bezatishda o‘sha davrdagi yevropa va sharqona uslubda amalga oshirilgan. Xonalarda Venetsiya va Yapon uslubida bezatilgan ko‘zgularning betakror go‘zalligini ko‘rish mumkin; rangli bezaklar va mozaikalar, ko‘plab san’at buyumlari, ko‘zalar va haykallar, Buxoro gilamlari, muhtasham osma chiroqlar va qadimiy mebellar bir-birini to‘ldiruvchi bezaklar sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ko‘plab hashamatli interyer bezaklar eksponatga aylanib, Amirning shahardan tashqaridagi qarorgohi amaliy san’at muzeyiga aylandi. Otasi Xoja Mir Abdulloh boʻlib, u ashtarxoniy Abdulazizxon (1645-1681) va Subhonqulixon (1681-1702) davrida yashagan. 1711-yil Ubaydullaxon oʻlimidan keyin Buxoro xonligi taxtiga 10 yoshlar atrofidagi Abulfayzxon oʻtirgan. Ashtarxoniylar sulolasining amaldagi soʻnggi hukmdori boʻlgan mana shu shahzoda Sitorai Mohi Xossa xonimning oʻgʻli edi. «Zamon Bilqisi» Sitorai Mohi Xossa xonim Subhonqulixonning xotini boʻlib, ulardan ashtarxoniylarning soʻnggi hukmdorlari – Ubaydullaxon hamda Abulfayzxonlar dunyoga kelgan. Sadri Ziyo(1865-1932)ning Boloyi hovuz majmuasining qurilishi xususida bergan quyidagi maʼlumoti eʼtiborga molik: «Boloyi hovuz xonaqohi, atrofida tahoratxona va hujralari bor. Uni Mir Abdullaxoʻjaning qizi, Subhonqulixonning xotini, xon shahid (Abulfayzxon – A.Z.)ning onasi Bibi Oyposhsha (Sitorai Mohi Xossa – A.Z.) qurdirgan» (Tarixi asori atiqa). Endi asosiy masala Amir Olimxonning yozgi saroyi (Sitorai Mohi Xossa) va Boloyi hovuz madrasasi nega bitta nom bilan atalib qolishidadir. Avvalo, Sitorai Mohi Xossa saroyining sohiblari Amir Abdulahad ushbu maʼrifat olami malikasining yettinchi, Amir Olimxon esa sakkizinchi avlodi hisoblanadi. U nasl-nasabda Amir Olimxon (1910-1920) ibn Amir Abdulahad (1885-1910) ibn Amir Muzaffar (1860-1885) ibn Amir Nasrullo (1827-1860) ibn Amir Haydar (1800-1826) ibn Shamsiyabonu binti Abdumoʻminxon ibn Abulfayzxon ibn Oyposhsho bibi (Sitorai Mohi) koʻrinishida Sitorai Mohi Xossa xonimga borib ulanadi. Demak, Amir Olimxon oʻz yozgi saroyi nomini oʻtmishdagi maʼrifatpar momokaloni nomi bilan atagan. Shuningdek, XIX asrdagi mangʻit hukmdorlari hayoti bilan bogʻliq baʼzi marosimlarning Boloyi hovuzda oʻtkazilishi ham, balki shundan dalolatdir. Qurilishi qadimiyroq boʻlgan Sitorai Mohi Xossa madrasasi nomi unutilishining bitta sababi mavjud. Bu joy oʻsha davrlardayoq Boloyi hovuz deb atalgan ikkinchi nomi bilan ham koʻproq mashhur edi. Bu nom keyinchalik Sitorai Mohi Xossa nomini oʻz soyasida qoldirgan. Buxoroda Sitorai Mohi Xossa xonim kabi xalq ravnaqi, mamlakat obodligi, taraqqiyoti gʻamida oʻrnak boʻlarli ishlarni amalga oshirgan ayollar kam emas. Ularning har biri millat qalbining betakror ifori, shu yurt oʻtmishining bezagidir.4 Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling