Mavzu: Sitoskeletning tahlili Reja: Sitoskelet haqida tushuncha Sitoskeletning tahlili


Download 15.27 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi15.27 Kb.
#1314851
Bog'liq
20-mavzu


Mavzu: Sitoskeletning tahlili
Reja:

  1. Sitoskelet haqida tushuncha

  2. Sitoskeletning tahlili


Sitoskelet barcha hujayralar sitoplazmasida mavjud boʻlgan (bakteriya va arxeydan tashqari) oqsil filamentlarining murakkab toʻri.[1] Sitoskelet murakkab jarayonlarda qatnashuvchi (boshqaruvchi) murakkab tuzilma boʻlib, uch qismdan: mikronaycha (mikrotubula), mikrofilament (aktin filamenti) va oraliq filamentlardan tuzilgan.
Ushbu organellani vazifalaridan foydalanib turli kasalliklarga taʼsir etish mumkin. (masalan: kiprikchalar va xivchinlar harakatimitoz va meyoz jarayonlari, yalligʻlanishda harakatlanadigan qon hujayralari harakati, nerv sistemasidan impluslarning oʻtishi). Mikrotubulalar asosan sitoplazmada topilgan, u yadroga yaqin qismda hosil boʻlib periferiyaga tarqaladi.
Uzunasiga joylashgan dimerlardan hosil boʻlgan 1ta chiziqli struktura protofibrilla deb nomlanadi. Bu protofibrillalar butun uzunligi boʻylab 5nm diametrda boʻladi. Mikrotubula tuzilishini hosil qilishda 100lab gamma tubulin halqalari ham qatnashadi va u MTOC tarkibiga kiradi.
Gamma halqalar assamblning toʻgʻri shakllanishi uchun qolip vazifasini bajaradi. Alfa va betta tubulin dimerlari gamma halqalarga uchma-uch kelib birikadi. Dimerlar polimerlanish jarayoni uchun Mg va GTF (guanozintrifosfat) molekulalari boʻlishini talab qiladi.
Har bir tubulin molekulasi mikrotubulaga kirishdan oldin GTF ni bogʻlaydi. GTF molekulasi dimerlarning polimerda mustahkam birikishini taʼminlaydi. Baʼzan GTF molekulasi gidrolizlanib GDF molekulasini hosil qilishi mumkin. Mikroyubulalar orqali moddalar tashilishi - mikrotubula “temiryoʻlida” joylashgan “poezd”lar yaʼni motor oqsillar orqali kechadi.
Bu oqsillarning Dinein va kinezin deb nomlangan ikki oilasi mavjud. Bu ikkala oqsillar ham harakati uchun ATF talab qiladi. Dinein oqsillar periferiyadan markaz tomon harakatlanish xususiyatiga ega boʻlib markazga organellalarni va parchalanishi kerak boʻlgan mahsulotlarni tashiydi. Kinezinlar boʻlsa markazdan periferiyaga tomon harakatlanadi va organellalarni tashiydi. Mikrotubulaning ikki uchi farqlanadi:

  1. Oʻsmaydigan (–) uchi

  2. Oʻsuvchi (+) uchi.[5]

Minus uchi MTOC yaʼni yadroga qaragan boʻlib bu qism aktin va “qalpoqcha” oqsillar bilan qoplangan boʻladi. Plus uchi esa oʻsuvchi qism boʻlib, periferiyaga talpinadi. Baʼzan mikrotubula mustahkam qismlardan parchalanib sitoplazmadagi tubulin erkin havzasiga quyiladi.
Polimerlanish va depolimerlanish jarayonlari muvozanatda boʻlib, tubulinning ortiqchasi “erkin havzada” yigʻilsa, kerak boʻlganda shu havzadan sarflanadi. Bu muvozanatni past harorat yoki yuqori bosim ostida depolimerlanish tomonga siljitish mumkin. Polimerlanish yoki depolimerlanish jarayonlarining tezligi MAPs (microtubule associated proteins) ga bogʻliq. Bularga: MAP1, MAP2, MAP3, MAP4, MAPp va boshqalar kiradi va bular mikrotubula shakllanishini boshqarishdan tashqari, mikrotubulani maxsus organellalarga ham bogʻlaydi.
Mikrotubulalarning uzunligi dinamik ravishda uzayib yoki kaltalanib turadi. Uning kaltalanishi GTF gidrolizi bilan bogʻliq. Dineinlar va Kinezinlar birgalikda mitoz hamda meyoz jarayonlarida ham qatnashadi. Dinein xramosomalarni mikrotubula orqali harakatini taʻminlasa, kinezin mikrotubulalarni qutblarga harakatini taʼminlaydi.
Download 15.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling