Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neo-anarxizm
Siyosiy mafkura - u yoki bu ijtimoiy guruhning manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi hamda ko‘proq miqdordagi kishilarning individual o‘y-fikrlari va hatti-harakatlarini hokimiyatdan foydalanishning muayyan maqsad va vazifalariga bo‘ysundirishni talab qiluvchi tizimlashgan g‘oyalar, qarashlarning yig‘indisidir. Qisqacha qilib aytganda, siyosiy mafkura - muayyan ijtimoiy guruhning hokimiyatga intilishini, yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy harakatning u yoki bu strategiyasini ko‘zda tutuvchi g‘oyaviy tizimdir.
Mafkura siyosatning dunyoqarash asosini tashkil etadi va partiyalar, milliy birlashmalarning manfaatlarini nazariy asoslashga, ularning faoliyat dasturlarini ifodalashga, asoslovchi va xohish-irodani shakllantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishga xizmat qiladi. «Mafkura» yoki ideologiya- g‘oyalar haqidagi fan bo‘lib, XIII asrdan boshlab keng yoyildi. Qachonlardir mafkuralar hokimiyatga da’vo qiluvchi yoki o‘zlarining hukmronlik imtiyozlarini yoqlovchi ijtimoiy guruhlar va sinflarning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun yaratilgan. Hukmron sinflar ommaviy ongni chalg‘itish maqsadida mafkuradan foydalanganlar. Bugungi kunda aholining axborot olish darajasi ancha o‘sdi va guyo endi mafkuraga ehtiyoj qolmagandek tuyuladi. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, aynan umummilliy, birlashtiruvchi maqsadlar va ideallarni oqilona asoslab beruvchi siyosiy mafkuraning mavjud emasligi jamiyat barcha umumiy qatlamlarining atrofida mustahkam jipslashuviga to‘sqinlik qiladi. “Ideologiya” so‘zining etimologiyasi qadimgi yunon tili ildizlariga borib taqaladi. “Ideos” va “logos” so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan bu atama g‘oyalar haqidagi ta’limot degan ma’noni beradi. Evropa tillarida “ideologiya” deb nomlanmish bu atama ilk bor 1789 yildagi Buyuk Fransuz Inqilobi yillari davrida A.Destyut de Trasi tomonidan muomalaga kiritilgan. Mana shu davrdan boshlab murakkab ruhiy hodisa haqida xilma-xil qarashlar qaror topa boshladi. Xususan, iqtisodiy determinizm ta’limoti mafkuraviy oqimlar ijtimoiy guruhlarning moddiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. U bu oqimlarni umuman jamoa manfaatlarini himoya qiluvchi nazariy tasavvurlar sifatida tavsiflaydi. Ijtimoiy guruhning jamiyatda tutgan o‘rniga ko‘ra (agar sinf ijtimoiy taraqqiyotning lider tendensiyalarga mos keladigan manfaatlarga ega bo‘lsa) iqtisodiy determinizm mafkuraning bir tomonlamaligini e’tiborga olgan holda uning nazariy bilim vazifasini bajarishi mumkinligini ilgari suradi. Bugungi kunda ham G‘arb davlatlari siyosiy bilimlar sohasida mafkuraviy oqimlarning manbalari va maqomi haqidagi munozaralar tamom bo‘lganicha yo‘q. Neo-anarxizm tarafdorlari uchun mafkura ommaviy ongning mahsuli bo‘lib ko‘rinadi. Liberal-pozitivistik an’analarga ko‘ra, mafkura ijtimoiy va siyosiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan, tarixdan yuqori turuvchi hodisa sifatida ta’riflanadi. Neo-makiavellizm (R.Moska, R.Mixels, V.Pareto) ongning estetik yoki diniy shaklllarini ham siyosiy mafkuraning o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakllari sifatida talqin etadi. G‘arbda mafkurani siyosatda biron-bir muhim mavqe va ahamiyatga ega bo‘lmagan “hokimiyatning xizmatkori” sifatida tavsiflovchi qarashlar ham keng tarqalgan. Shu bilan birga G‘arb siyosatshunosligida mafkuraga nisbatan bir qator barqaror bo‘lgan munosabatlar ham qaror topdi. Jumladan, mafkura bilan fanni bir-biridan murosasiz ayirib qo‘yish, mafkuraning bilish vazifalariga shubha bilan qarash, ularni inkor qilishdan iboratdir. XX-asr boshlaridayoq M.Veber mafkurani va boshqa g‘oyaviy, diniy tuzilmalarni ko‘r-ko‘rona ishonish sohasiga kiritgan edi. Bu bilan u mafkuraning ilmiyligi masalasini qo‘yishni ham inkor etadi. Shu sohaning taniqli mutaxassisi K.Mayngem har qanday mafkurani voqelikning noadekvat (noto‘g‘ri), bir tomonlama aks etish sifatida, voqealarning haqiqiy ahvolini ongli ravishda yashiradigan g‘oyalar yig‘indisi sifatida olib qaraydi. Mafkuraning ijtimoiy-tarixiy manbalarini chetga surib qo‘yib, uni jamoani birlashtiruvchi qurol sifatida (O.Lemberg, T.Parsons) ya’ni haddan tashqari funksional talqin qilishlar ham keng tarqalgandir. Mafkurani ayrim guruhlar va individlarning psixologiyasidan (R.Pays, D.Braun) iborat qilib ko‘rsatish hollari ham kam emas. Shu bilan birga ilmiy adabiyotda mafkurani xalqning, millatning dunyodagi o‘rnini, manfaatlarini, orzu-intilishlarini g‘oya, o‘tmish va kelajakni bog‘laydigan ko‘prik sifatida ta’riflashlar (I.Karimov) ham mavjuddir. Mafkura o‘zining siyosiy funksiyalarini bajarishi bilan jamiyatni yo qandaydir ijtimoiy, milliy guruh manfaatlari asosida, yoki aholining muayyan ijtimoiy-iqtisodiy guruhlariga tayanmaydigan ongli ravishda ishlab chiqilgan maqsadlari negizida jipslashtirish, birlashtirishga intiladi. Aholini real birlashtirish qobiliyati mafkuraning g‘oyasi va qoidalariga kishilarning yaxshi turmush tarzi haqidagi kundalik qarashlari va tasavvurlariga qanchalik mos kelishiga bog‘liqdir. Har qanday mafkura oqilona, nazariy asoslangan qoidalardan tashqari aholiga faqat ishonish uchun taklif qilinadigan maqsad va ideallarni qamrab oladi. Siyosiy mafkuraning amal qilish darajalari bir xil emas. U nazariy-konseptual, dasturiy-direktivalik va xulq-atvorlik darajalarida amal qiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling