Mavzu: siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasi
Download 69.51 Kb.
|
Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi. Ushbu muammolarning ayrimlari („til va jamiyat“) umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlar aro maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Oʻtgan asrning 70— 80 yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama — oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan.[1] Sotsiolingvistikadagi meʼyoriylik mezoni deyilganda tilning muayyan meʼyorlar asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi.
Til grammatikasiga oid qonun-qoidalarning yaratilishi meʼyorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Meʼyorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan milliy-adabiy tildir. Hududiylik tilning maʼlum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, anʼanalar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qatʼi nazar, aloqamunosabat vositasining bir xil bo‘lishini taʼminlaydi. Masalan, o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar kuzatiladi. Ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin. O‘z ta’sirni o‘tkaza olgan notiqning nutqi ko‘zlangan maqsadiga erishilgan nutq hisoblanadi. Siyosiy nutqda ham ta’sirchanlik darajasi, uning natijaviyligini belgilab beradi. Nutq ta’sirchanligini oshiruvchi unsurlar esa notiqlik uslubiga bog‘liq holda turli xil ko‘rinishlari mavjud. Ushbu ko‘rinishlar tasnifiga to‘xtalishdan oldin notiqlik uslubi haqida izohlar keltirsak: Notiqlik uslubi — bu nutqning shakli va xarakteri, so‘zning talaffuzi, jozibadorligidir. Notiqlikning uch uslubini farqlash mumkin. Birinchisi — o‘zining tashqi ko‘rinishidan bosiq va qat’iy mantiqiylikka aososlangan bo‘ladi. Ushbu uslub berilayotgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi uslubiga emotsional-hissiy uslubni kiritamiz. Unda notiqning subyektiv tomoni yaqqol ko‘rinib, go‘zal so‘zlashning muhim elementini tashkil etadi. Bunda faqat dalillar, hukmlar va isbotlarga suyanib qolmay, balki o‘z tinglovchilarini hissiy-emotsional qabul qilishga ham asoslanadi. Qiziqarli fikrlar bilan xursand qilish va kuldirishga ham intiladi. Notiqlikning uchinchi ko‘rinishi o‘rta yoki ikkala uslubning sintetik birligi asosidagi uslub deb ham yuritish mumkin. Bunda yuqoridagi ikkala uslubning ham ma’lum xarakterli belgilari ishlatiladi. Ma’lumotlar bosiq, qat’iy mantiqiylikka asoslangan va emotsional-hissiy bo‘lishi mumkin.[1:11] Yuqorida sanalgan umumiy uslublar asosida o‘z shaxsiy uslubini shakllantirgan notiq har qanday minbarda ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’sir ko‘rsatish jarayonida esa vositalar birlamchi hodisa hisoblandi. Shu sababli ta’sir ko’rsatishning verbal va noverbal vositalari tahliliga keng to’xtalamiz.2 Download 69.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling