Majoritar saylov tizimida nomzod yoki partiya g‘alaba qozonish uchun saylovchilar ko‘pchiligining ovozini olishi lozim. Kamchilik ovozlarni olsa, nomzod yoki partiya hech qanday mandatga ega bo‘lolmaydi. Majoritar tizim ham o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi: 1) Mutlaq ko‘pchilik tizimi ko‘pincha mamlakat Prezidentini saylash chog‘ida qo‘llaniladi. Unga ko‘ra saylovlarda qatnashganlarning yarmidan ko‘pining kamida yarmini ovozini olgan nomzod g‘alaba qozonadi. 2) Nisbiy ko‘pchilik tizimida esa nomzod g‘olib chiqish uchun boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovozlarni olishi lozim.
Majoritar saylov tizimi AQSH, aksariyat Lotin Amerikasi mamlakatlari, Fransiya, Angliya kabi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda. Olimlarning fikricha, majoratir saylovlar afzalliklaridan yana biri uning parlament ichida ko‘pchilikni yuzaga chiqarishida va ana shu ko‘pchilik aosida barqaror hukumat tuzilishida namoyon bo‘ladi.
Masalan, Fransiyada saylovlarning majoritar turi qo‘llaniladi. Parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi partiyalar koalitsiyasi uchun har doim bir xavf mavjud bo‘lib, koalitsiyadagi partiyalar o‘rtasida ichki kelishmovchiliklar yuzaga kelishi oqibatida Parlament tarqatib yuborilishi mumkin. Shuning uchun deputatlar ilgari o‘zlari saylovchilarga taqdim etgan dasturlari doirasida faoliyat olib borishga majburdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |