Mavzu: Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar №7 Seminar Savollar
Proporsional (partiyaviy ro‘yxatlar) tizim
Download 21.47 Kb.
|
Asqarov Asadbek 7-seminar
Proporsional (partiyaviy ro‘yxatlar) tizim G‘arbiy Evropadagi aksariyat mamlakatlarda, shuningdek, Isroilda keng qo‘llaniladi. Uning asosiy mohiyati shundaki, dastlab partiyalar nomzodlarning umummilliy yoki hududiy ro‘yhatini tuzadilar, saylovchilarning har biri esa o‘z partiyalari foydasiga ovoz beradi. So‘ngra esa nomzodlar mazkur partiyalarga berilgan ovozlarning umumiy soniga proporsional ravishda saylanadilar. Parlamentda vakillikka sazovor bo‘lish uchun partiyalar har safar ko‘pchilik ovozlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Proporsional tizimning asosiy kamchiligi shundaki, elektorat nomzodlarni tanlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi, saylangan vakillar esa, o‘zlarini saylovchilar oldida emas, ko‘proq o‘z partiyalari oldida mas’ul, deb biladilar. Biroq proporsional tizim siyosiy partiyalarni faollikka undaydi; saylovchilar e’tiboriga nomzodlarning mutanosiblashgan va saralangan ro‘yxatini taqdim etishga da’vat etadi. Bu esa partiyalararo raqobatni nihoyatda kuchayishiga olib keladi. Masalan, Germaniyada aralash tizim – majoritar va proporsional saylov kombinatsiyalari qo‘llaniladi. Nemis saylovchisi ikki ovozga ega: birinchi ovozni u o‘z saylov okrugidan nomzodlarning biriga bersa, ikkinchi ovozni partiyaviy ro‘yxat asosida o‘ziga ma’qul bo‘lgan partiyaga beradi. Birinchi ovoz muayyan nomzodga berilsa, ikkinchi ovoz siyosiy partiyaga beriladi. Shu tariqa Parlament deputatlarining yarmi yakka tartibda, qolgan yarmi esa paryativiy ro‘yxat asosida saylanadi. Hozirgi davrda majoritar va proporsional tizimdan tashqari yana bir qator saylov turlari qo‘laniladiki, ularda yuqoridagi ikki tizimning u yoki bu unsurlari namoyon bo‘ladi. Masalan, so‘nggi yillarda bir qator xalqaro tashkilotlarda konsensus saylov turi qo‘laniladi. Uning asosiy mohiyati shundaki, saylovchi biror-bir alohida nomzod uchun emas, balki nomzodlarning barchasiga 5 ballik tizim aosida baho qo‘yib chiqadi. Chunonchi, prezidentlik lavozimiga 4 nafar nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, saylovchi nomzodlarning 1-siga 5 ball, 2-siga 4 ball, 3-siga 3 ball, va 4-siga 2 ball baho qo‘yadi. Ovoz berish tugagandan so‘ng ovozlar hisoblab chiqiladi va g‘olib aniqlanadi. 4. O‘zbekistonda bugungi kunda ko‘p partiyaviy tizim shakllangan jarayondir. Ammo bu jarayon xali tugallangani yo’q. Shuning uchun ham, Iqtisodiy islohotlar, mulkchilikning turli shakllari rivojlanib borishi bilan aholining ijtimoiy mobilligi ortib boradi va, demak, bugungi partiyalar va xarakatlar tarkibi va mazmunida o‘zgarishlar ro‘y berishi aniq bo’lib qoladi. Oliy Majlis tuzilishida belgilangan o‘zgarishlar ham partiyalar va elektorat faollashishi, partiya dasturlarining konkretlashishi, partiya tayanuvchi ijtimoiy qatlamlarning saralanishiga olib keladi, deb ehtimol kilishga imkon beradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda mavjud partiyalar faoliyati, sustligini fuqarolar ham, mutaxassislar ham ta’kidlayotgani bejiz emas. Buning bir qator obyektiv sabablari bor. Ma’ruzadan bilib olganimizdek, partiyalar fuqarolik jamiyati negizida fuqarolar, guruhlar, qatlamlar manfaatini davlatga bayon etuvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ammo, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati endi shakllanyotgani sababli, xususiy mulkchilik negizida yangi qatlamlar vujvdga kelishi va manfaatlarning saralanishi hali uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham partiyalarimiz dasturlari va tayanch bazalari o‘xshab ketadi, dasturlarda bayon etilgan maqsadlar bilan amaliy faoliyat o‘rtasida farq mavjud. Pratiyalar kasaba uyushmalari yoki davlat tashkilotlariga o‘xshash vazifalarni bajarib kelyapti. Bu vaziyatda partiyalar apparatida ishlash uchun ko‘proq politolog, sotsiolog, psixologlar jalb qilinib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bu boradagi yuzaga kelayotgan manfaat va talablarni bayon etib, saralab, davlat hokimiyati organlariga yetkazish, aholi siyosiy madaniyatini oshirishga e’tiborini kuchaytirishlari maqsadga muvofiq, bo‘lib ko‘rinadi. Partiyalarning bugungi O‘zbekiston siyosiy tizimidagi o‘rni demokratik jamiyat qurishda davlatga yaqindan yordam berishdan iborat. Download 21.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling