Мавзу: сыз кенгайтирувчилари ва гап кенгайтирувчиларининг мувофиклашуви ва фаркланиши


So'z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining bir-biridan farqi


Download 68.7 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi68.7 Kb.
#1014703
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Komila HO\'AT KI

2.So'z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining bir-biridan farqi.
So‘z kengaytiruvchisi so‘z semantik imkoniyatidagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldiruvchi aktantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so‘z birikmalarini hosil qiladi. Bu birikuvlarda bo‘sh o‘rinlari to‘ldirilayotgan (biriktiruvchi) so‘z hokim so‘z, bush o‘rinni to‘ldirayotgan so‘z tobe so‘z sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so‘zi olma so‘zi zamiridagi ma’noviy mohiyatning «belgi» ma’no bo‘lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo‘lib, olma so‘ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo‘ladi. Demak, biror so‘zga tobelanib kelayotgan so‘z bo‘sh o‘rinni to‘ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Ana shu aktantlar nutqda, an’anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilan nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so‘z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari farqlanishi nuqtai nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so‘z gapning kesimi mavqyeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o‘qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha:


Ye

N

W

Pm

o‘qi
kitobni

-di
-i

Jahongir

tez






Bundagi uchta so‘z bevosita konstruktiv bo‘laklar voqyelantiruvchisidir. Bular: Jahongir, tez, o‘qidi. Faqat kitobni so‘zi bevosita o‘qi so‘zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo‘ladi. Bular Jahongir tez o‘qigan kitobni men olaman tarzida o‘zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo‘laklari ifodalovchilari bo‘lgan Salim, tez so‘zlari endi avvalgi mavqyelaridan mahrum bo‘ladi. Ulardagi konstruktiv bo‘laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchilik so‘z kengaytiruvchilikka aylanadi. Bu gapning struktur sxemasiga diqqat qiling:




Ye

N

W

Pm

ol


-aman

Men




kitobni

o‘qigan



tez

Jahongir




Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi [Pm] ga daxldorlik kasb etib turgan Jahongir va tez so‘zlari kesimdagi atov birligi (W) kengaytiruvchisi bo‘lgan kitobni so‘zshaklining aktanti hisoblangan o‘qigan so‘zining kengaytiruvchilaridir.
Ko‘rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat [Pm] ga bog‘langan hokim uzv o‘rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktantlar nutqiy gap tarkibidagina bo‘ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko‘rinishida bo‘lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo‘ladi. Misolga murojaat qilamiz: Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur sxemasi quyidagicha:

Ye

N

W

Pm


Download 68.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling