Mavzu: Skalet (tayanch-harakatlanish) sistemasining tuzilishi


Download 1.67 Mb.
bet1/14
Sana07.02.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1172374
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi реф



Mavzu: Skalet (tayanch-harakatlanish) sistemasining tuzilishi






Reja:

  • Skalet haqida tushuncha.

  • Suyak sistemasi. Odam skeleti

  • Suyaklarning birikishi 

  • Suyaklarning tuzilishi va tarkibi

  • Tayanch-harakatlanish sistemasining

rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli


Suyak sistemasi. Odam skeleti

Bu sistema uch qismdan: suyak, muskul va nerv sistemasidan iborat. 
Skelet (lot. skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki skalet rivojlangan. Tashqi kutikula skalet chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xoskalet Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy skalet — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki skalet gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak skalet mezodermada hosil boʻladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki togʻay skalet mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan. Umurtkalilarning ichki Si juda murakkab tuzilgan boʻlib, bosh, tana, oʻq SKALET (xorda yoki umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar) va oyoklar Sidan iborat. Toʻgarak ogʻizlilar va togʻayli baliklarning togay Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar Si voyaga yetgan davrida, asosan, suyaklardan tashkil topadi. Togʻayli baliklarda ichki togay skalet bilan birga plakoid tangachalardan iborat tashqi skalet ham boʻladi. Suyakli baliklar va quruk^likda yashovchi umurtqalilar Tanasining oddingi kismi va boshidagi tangachalar bosh qutisi (kalla suyagi) va yelka kamari suyaklari bilan birikib ketadi. Tangachalar qoldigʻi oyoqsiz amfibiyalar tanasida va qorin qovurgʻalar shaklida gatteriyalar va timsohlarda saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda suyak tangachalar, yaʼni plastinkalar ikkilamchi holda timsohlar va ayrim kaltakesaklarda paydo boʻladi; toshbakalar va sovutlilarda esa tashqi suyak sovut hosil boʻlgan. Toshbaqalar sovuti (kosasi) umurtqa pogʻonasi va qovurgʻalar bilan qoʻshilib ketadi. skalet suyaklari va togʻaylar oʻzaro harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz birikishi mumkin.
Barcha umurtqalilar Si umumiy tartibda tuzilgan. Pekin yashash muhiti sharoiti skalet tuzilishining oʻzgarishiga olib keladi. Muhit sharoiti, ayniqsa, harakat organlari Sning tuzilishiga koʻproq taʼsir qiladi. Chunki yurish, yugurish, sakrash, oʻrmalash, suzish, uchish kabi harakatlar Sning har xil tuzilishi bilan bogʻliq. Turli xil harakatlanishga moslanish taʼsirida harakatlanish organlari Skaletdagi ayrim suyaklar kuchli, boshqalari esa kucheiz rivojlanishi, ayrim suyaklar boshqalari bilan qoʻshilib ketishi, baʼzan aksincha, suyaklar soni koʻpayib ketishi (mas, tovonkaft suyaklari) mumkin.
Ayrim hollarda harakat organlari butunlay yoʻqolib ketadi (oyoqsiz suvda va quruqlikda yashovchilar, ilonlar, ayrim kaltakesaklar).
Odam Si 200 dan ortiq suyakdan iborat boʻlib, tuzilishi odamsimon maymunlarnikiga oʻxshaydi. Odam Si odamsimon maymunlar Sidan kalla suyagi hajmining katta boʻlishi, oyoq va qoʻllar, umurtqa pogʻonasi, chanoq suyagining boshqacha tuzilganligi bilan farq qiladi. Bunday farqtik yurish va miya hajmining katta boʻlishi bilan bogʻliq. Erkaklar Skaleti oyoq va qoʻl suyaklarining nisbatan yirikligi, chanoq suyaklari orasidagi teshik kichikligi, koʻkrak qafasining kengroq boʻlishi bilan xotin-qizlar Skaletidan farq qiladi (q. Odam, Kalla suyagi, Umurtqa pogʻonasi). Sohib Rustamov.
Biologiyada skelet atamasi ostida tananing qattiq tayanch tizimi tushuniladi. Baʼzi umurtqasizlar (masalan, hasharotlar) skeleti tanani ustidan qoplagani uchun ekzoskelet (tashqi skelet), koʻpchilik umurtqalilar (masalan, sut emizuvchilar) skeleti esa tana ichida boʻlgani tufayli endoskelet (ichki skelet) deb ataladi. Odam skeleti (endoskelet) 206 suyakdaniboratdir.






Skeletning rivojlanishi. Odam skeleti embrionning dastlabki davrlarida yosh biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, u asta-sekin suyakka aylana boradi. Embrion 2 oyligida suyakning diafizida suyak­ka aylanish nuqtalari hosil bo’la boshlaydi. Bola tug’ilgandan keyin ikkilamchi suyakka aylanish nuqta­lari hosil bo’la boshlaydi. SHundan keyin suyakka aylanish prosessi tezlashadi. Bolalar suyagi o’lchami, proporsiyasi va tarkibi bilan kattalar suyagidan farq qiladi. Suyaklar 2 xil rivojlanadi. Agar suyakka ay­lanish nuqtalari mezenxima to’qimasidan hosil bo’lib, bundan to’g’ri suyak rivojlansa, birlamchi suyakka aylanish deyiladi. Masalan, miya qutisining ba’zi bir suyaklari ana shunday rivojlanadi. Ba’zi suyak­lar tog’ay hujayralaridan rivojlanadi, bunga ikkilamchi suyakka aylanish deyiladi. Masalan, uzun naysimon suyaklar diafizi tog’ay ustligi tagidagi tog’ay hujayralaridan rivojlana boshlaydi. Bunda suyak osteoblast hujayralari hisobiga o’sib boradi. Bunday tipdagi suyakka aylanish perexondral suyakka aylanish deb ataladi.


Suyaklar turli mexanikaviy ta’sir natijasida sinadi. Ular yopiq va ochiq sinishi mumkin. Suyak singan yoki chiqqan vaqtda vrach kelguncha bemorni qo’zg’atmasdan, chiqqan yoki singan joyni harakatsiz qilib, shina taxtacha yordamida bog’lab qo’yish kerak.
Suyaklarning birikishi. Skelet suyaklari o’zaro hap xil usulda birikadi. Bu birikishni, asosan, 2 gruppaga: oraliqsiz — uzluksiz birikish, ya’ni sinartroz va oraliqli birikish, ya’ni diartrozga bo’lish mumkin. Sinartroz birikish qo’proq umurtqali hayvonlarda, diartroz birikish odamda, yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda uchraydi. harakatchan bo’g’imlar bilan suyaklar­ning birikishi tarixiy taraqqiyot natijasida kelib chiqqan. Suyaklar­ning bir-biri bilan suyak modda yordamida birikishi sinastoz, tog’ay yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to’qima yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo’lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg’aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba’zi suyaklari, masalan, umurtqa pog’onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg’alar to’sh suyagiga uzluksiz tog’ay yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o’zaro biriktiruvchi parda yordamida birikadi. Kurak suyagi ko’krak qafasi suyaklariga muskul yordamida birikadi.
Odam skeletidagi ko’p suyaklar oraliq bo’g’imlar hosil qilib birikadi. Bo’g’imda asosiy hisoblangan bo’g’im xaltachasi, birikish yuzasi va bo’shliq bo’ladi. Bo’g’im yuzasi gialin tog’ay bilan qoplangan bo’lib, bu tog’ay nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan. Bo’g’im xaltacha­si suyak usti pardasining bo’g’im atrofida kengayishidan hosil bo’ladi. U 2 qavatdan: tashqi pishiq fibroz va ichki yumshoq sinoviy qavatdan tuzilgan bo’ladi. Sinoviy qavatda oqsil, yog’ tomchilari va turli tuzlarni o’zida saqlagan sinoviy bo’g’im moyi ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik harakat vaqtida bo’g’imlar yuzasini moylab, sirg’anishni engillashtiradi.
Bo’g’imlarning ichi bo’sh bo’lib, unda manfiy bosim saqlanadi, ya’ni havo bo’lmaydi. Bu bosim bo’g’imlarning pishiqligini ta’minlovchi faktorlardan biridir. Ba’zi bo’g’imlar bo’shlig’ida pay (bog’lag’ich)lar, yaltiroq tog’aylar va muskul paylari bo’ladi. Bo’g’imlarning tashqi yuzasida ko’p miqdorda pishiq bog’lag’ich, muskul va paylar bo’lib, ular bo’g’imning mustahkamligini ta’minlaydi
Bo’g’imning turlari va ulardagi harakatlar. Bo’g’im yuzasining tuzilishiga qarab, bo’g’imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g’altaksimon bo’ladi. Bo’g’imlar shakliga va funksiyasiga ko’ra, 1, 2, 3 o’qli bo’lishi mumkin.
Bir o’qli bo’g’imlarga silindrsimon, g’altaksimon bo’g’imlar kiradi. Silindrsimon bo’g’im bilak - tirsak suyaklarining ikki uchida bo’lib, unda ichkariga va tashqariga burish harakati bo’ladi. g’altaksimon bo’g’im falangalar orasida, el­ka - tirsak suyaklari orasida bo’lib, bu bug’imlarda bukish-yozish harakatlari bo’ladi.
Ikki o’qli bo’g’imlarga ellipssimon (atlant - ensa, bilak, qo’l panjasi bo’g’imlari), egarsimon (qo’l panjasidagi bosh barmoqning kaft suyagi orasidagi) bo’g’imlar misol bo’la oladi. Atlant - ensa bo’g’imida frontal o’q, atrofida bu­kish-yozish, sagital o’q atrofida chapga yoki ungga og’ish harakatlari bo’­ladi. Bilak - qo’l panjasi bo’g’imida bukish-yozish va uzoqlashtirish – yaqinlashtirish, qo’l panjasidagi bosh barmoqni kaft suyagi orasida­gi bo’g’imdan uzoqlashtirish-yaqinlashtirish va qarama-qarshi qo’yish harakatlari bo’ladi.
Uch o’qli bo’g’imlarga sharsimon, elka bo’g’imi, yong’oqsimon, tos-son bo’g’imi kiradi. Bu bo’g’imlarda frontal o’q atrofida bukish-yozish, sagital o’q atrofida uzoqlashtirish, vertikal o’q atro­fida ichkariga va tashqariga burish harakatlari bo’ladi. Bularning yig’indisidan aylanma harakat, masalan, elka bug’imidagi harakatlar hosil bo’ladi.
Tekis bo’g’imlarda siljish harakatlari juda kam, bularga tovon suyaklaridagi ba’zi birikishlar misol bo’ladi (4-rasm). Bo’g’imlarning yuqorida aytilgandek, xilma-xil bo’lib, turli harakatlar bajarishi bir necha ming yillar davomida odam mehnat qurollari bilan ishlashi tufayli kelib chiqqan. Bo’g’imning pishiqligi bo’g’im bo’shlig’idagi manfiy bosim, bo’g’im atrofidagi bo’g’im xaltachasi, bog’lag’ichlar va muskullarga bog’liq bo’ladi. Bo’g’imlarning chiqishi shu bo’g’imning tuzilishi va mustahkamligiga bog’liq. Noto’g’ri harakatlar vaqtida tazyiq ostida shikastlanishda bo’g’im yuzalari bir-biridan uzoqlashadi, ya’ni bo’g’im chiqadi. Bo’g’im chiqqanda qattiq og’riq seziladi. harakatlar qiyinlashadi. Bunday vaqtda chiqqan joyni harakatsiz qilib bog’lab, tezlik bilan vrachga murojaat etish kerak.
Odam skeleti asosan 3 gruppaga: gavda skeleti, qo’l-oyoq, skeleti va kalla skeletiga bo’lib o’rganiladi.



S uyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayaneh funksiyasi tufayli odam o'z qomatini to'g'ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o'taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog'i iehida, orqa miya umurtqa pog'onasi¬ning kanalida; o'pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan. Suyaklarning ko'mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab ehiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to'planadigan joyi) bo'lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (1-rasm). Suyaklar 4 xii shaklda bo'ladi. Naysimon suyaklar - bular o'z navbatida ikki xiI bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G'ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g'ovaksimon (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovaksimon (umurtqa, qo'l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo'ladi. Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshona, bosh suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar.






Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling