Mavzu: Skanerlar turlari va ishlash prinsiplari
Guruh ishi natijalarining bahosi
Download 108.5 Kb.
|
raqamli 19.09.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ballarning maksimal xajmi
- 2-ilova Mavzu bo’yicha asosiy holatlar Mavzu: Skanerlar turlari va ishlash prinsiplari. REJA
- Kompyuterlarni mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra tasniflash.
2-ilova Mavzu bo’yicha asosiy holatlar Mavzu: Skanerlar turlari va ishlash prinsiplari. REJA: Skanerlar haqida. Skaner turlari. Skanerlar ishlash prinsipi. Hozirgi zamon hisoblash texnikasi vositalarini tasniflashning juda ko‘p tizimlari mavjud. Biz ulardan faqat ayrimlarinigina ko‘rib chiqamiz. Kompyuterlarni mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra tasniflash. Bajarishi mo‘ljallangan ishlarga qarab tasniflash - tasniflashning eng dastlabki usullaridan biri. U kompyuter qanday ishlarda qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Bu tamoyil bo‘yicha katta EHM (elektron hisoblash mashinalari), mini EHM, mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarga bo‘linadi. Ular esa o‘z navbatida ommaviy, ishchi, portativ, ko‘ngilochar va ishchi stansiyalariga bo‘linadi. Shaxsiy komp`yuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, komp`yuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy komp`yuterlar uchun kuchlanishning o‘zgarishi, ayniqsa keskin o‘zgarishlar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stalibizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o‘zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbaai o‘chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida komp`yuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt komp`yuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Skaner - Komp`yuterga matnli yoki tasvirli ma’lumtolarni tasviriy ravishda kirituvchi qurilma. Skanerlar 2 xil bo‘ladi; avtomatik va avtomatik bo‘lmagan. Birinchisi ma’lumotni varaqlab o‘qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo‘l bilan surib turish kerak. skanerlar (ukuvchi avtomatlar) � mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qog�ozdagi tashuvchilardan avtomatik o�qish va SHK ga kiritish uchun; Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni nutqli kiritish va chiqarish qurilmalari; kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli mikrofonlar va videokameralar, akustik va videotasvirga oluvchi tizimlar; tasvirni videomagnitofondan yoki videokameradan oluvchi va uni SHK ga kirituvchi tovushli va videoplatalar, video ushlab oluvchi platalar; hozirdayoq keng tarqolgan skanerlar (chunki ular kompyuterga yozilgan matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); va nixoyat, ko’pincha tovushli va videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan, optik diskdagi katta sig’imli tashqi еslab qolish qurilmalari. SHK ning tizimli shinasiga va MP ga tipik tashqi qurilmalar bilan bir qatorda ba’zi bir qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprocessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprocessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-chiqarish soprocessori, uzilishlar nazoratchisi va b. Kompyuterning bitta vazifasi-xujjatni pechatlangan ko‘inishini ham boshqacha qilib aytganda qattiq nusxasini yaratishdir.Shuning uchun printer kompyuterni zarur bo‘lgan jihozdan biri hisoblanadi. Bundan har bir kompyuterga bittadan printer bo‘lishi kerak degan xulosa kelib chiqmaydi. Hozirgi kunda bozorlarda printerlarning turli hillari mavjud.Ularni bosmaga chiqarish texnologiyasining asoslari, printer turlari va ularning funksiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda bosmaga chiqarishning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Har joyda lokal tarmoqlari joylashgani uchun printerlar bir nechta foydalanuvchini ta’minlash mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi. Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin. Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi. Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. SHtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi. Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun ishlatilishi mumkin. Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi. Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin. Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi. Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi. Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi. Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling