Mavzu: skelet tizimi filogenezi va buzilishlari


Oyoq suyaklarining birikishi


Download 96.5 Kb.
bet5/6
Sana14.04.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1357976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu skelet tizimi filogenezi va buzilishlari4444

Oyoq suyaklarining birikishi.
Oyoq kamari suyaklari bir-biri bilan dumg’aza - yonbosh bo’g’imi va qov simfizi yordamida birikadi.tos va dumg’aza suyaklarining quloqsimon yuzalaridan xosil bo’lagn. Bu bo’g’im oddiy, yassi shaklda, xarakatlari chegaralangan (atigi 3-5 e atrofida) bo’ladi. Bo’g’im bir qancha paylar bilan mustaxkamlangan.
Paylar bo’g’im yuzasida va ichida joylashgan. Bularga dumg’aza-yonbosh payi, suyaklararo paylari, yonbosh-bel payi, dumg’aza-burtiq va dumg’aza o’siq paylari kiradi.chap va o’ng qov suyaklarini qarama - qarshi yuzalari orasida xosil bo’ladi. Qov suyaklari yuzalarining orasida tog’ayli plastinka joylashadi. Qov simfizi yarim bo’g’imlar turiga kirib, xarakatsiz xisoblanadi.
- son suyagining sharsimon boshchasi tos suyagining quymich kosasiga birikishidan xosil bo’ladi. Bu bo’g’im shakli jixatdan yong’oqsimon, oddiy va uch o’qli xisoblanadi. Bu bo’g’imda kundalang, sagittal va tik ketgan o’qlar atrofida xarakatlar bajariladi. Kundalang o’q atrofida sonni bukish va yozish, sagittal o’q atrofida - uni gavdaga yaqin keltirish va undan uzoqlatish, tik o’q atrofida - oyoqni tashqariga burash va oyoqni ichkariga burash (pronatsiya, supinatsiya) xarakatlari bajariladi. Bu bo’g’im xarakatlari chegaralangan bo’ladi, chunki birikayotgan suyaklarni bo’g’im satxlari bir-biriga nisbatan moslangan, ikkinchidan bo’g’im atrofida mustaxkam paylar va baqquvat muskullar joylashgan. Tos-son bo’g’imining eng mustaxkam paylaridan yonbosh-son payidir. U 300 kg. og’irlikni kutarish qobiliyatiga ega. Kuymich va kov suyaklari tanalaridan boshlangan kuymichson va kov- son paylari son suyagining kichik va katta dunglariga birikadi. Bu paylar birgalikda sonni yozish xarakatini chegaralishda ishtirok etadilar. Yonbosh-son payi esa sagittal o’q atrofida vujudga keladigan xarakatlarni chegaralaydi. Bundan tashqari, tos-son bo’g’imining ichki kapsulasidan aylanma payi boshlanadi, bo’g’im ichida esa son suyagining boshchasini payi joylashgan. Bu pay quymich kosachasi tagidan boshlanib, son suyagining boshchasiga birikadi. Son suyagining boshchasining payi faqat tos-son bo’g’imi mustaxkamlashida ishtirok etmay, boshqa funksiyalarni bajaradi. Pay ichida qon tomirlari va nervlar joylashgan, bundan tashqari, turli xarakat bajarish vaqtida zarbni kamaytirish vazifasini bajaradi.
Boldir -panja oldi bo’g’imlari panja oldi suyaklarining ponasimon va qubsimon suyaklaridan xamma panja suyaklarining asoslaridan xosil bo’ladi.
Panja suyaklarining bosh qismlari bilan barmoqlar falangalar asoslari orasida sharsimon bo’g’imlar xosil bo’ladi.
Oyoq panjasining barmoq falangalari orasida falangalararo bo’g’imlar xosil bo’ladi. Falangaaro bo’g’imlar oddiy, shakli jixatdan g’altaksimon va bir o’qli bo’ladi. Kundalang o’q atrofida faqat bukish va yozish xarakatlari bajariladi.
Jismoniy ish va sport faoliyati tasirida oyoq skeletida moslashuv o’zgarishlar ruy beradi. Turli mutaxasisli sportchilarda oyoq skeletida xosil bo’lgan o’zgarishlar beraladigan jismoniy ish xajmiga va muddatiga bog’liq. Suyaklarda faqat morfologik o’zgarishlar vujudga kelmay, balki ulami bir- biri bilan birikishlarida., bir-biriga nisbatan joylashuvida xam o’zgarishlar paydo bo’ladi. Futbolchilarda va shtangachilarda son suyagining kundalang qattaliqlari, ayniqsa distal epifizdagi lateral va medial buo’g’im usti dunglar orasidagi kattaliklar ancha oshadi. Velosipedchilarda son va boldir suyaklari ayniqsa yaxshi rivojlanadi va katta o’lchovlarga ega. Birinchi panja suyagini kompakt qatlami qalinlashadi. Sportchilarda muayyan o’zgarishlar tovon oldi suyaklarda, ayniqsa, tovon suyagi da vujudga keladi.



Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling