Mavzu: skelet tizimi filogenezi va buzilishlari


Suyak tizimining jismoniy ishga moslanishi


Download 96.5 Kb.
bet6/6
Sana14.04.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1357976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu skelet tizimi filogenezi va buzilishlari4444

Suyak tizimining jismoniy ishga moslanishi.
Ekzogen va endogen faktorlar ta’sirida odam organizmining xamma morfofunksional tizimilarida javob reaksiyalari rivojlanadi Organizmda yuzaga keladigan fiziologik funksiyalarni o’zgarishi turli morfo-funksional tizimlarda morfologik o’zgarishlarga olib keladi. Bunda tayanch - xarakat apparatidagi o’zgarishlar aloxida axamiyatga ega.
Bundan 100 yil avval eksperemental rentgenodiagnostika va sport morfologiyasini asoschisi bo’lgan P.F. Lesgaft, suyaklarni usishi, xajmlami kattalashishi, uni urab turgan muskullar faoliyatiga boglik degan qoidalami ta’riflagan. Xozirgi zamon eksperemental kuzatishlarni va sport morfologiya fani tuplagan dalillari asosida suyaklarni funksional o’sish qoidalari quyidagi xolatlarda ifodalangan:
A) suyak o’sishini tezlashtiruvchi mexanik faktorlarning ta’siri ritmik ravishda takrorlanishi kerak.
В) suyak o’sishini aktivlashtiruvchi jismoniy mashg’ulotlar xajmi optimal darajada bo’lishi kerak. Etarli bo’lmagan yoki xaddan ziyod mashqlar suyak o’sishini tuxtatishi mumkin.
V) o’sayotgan suyaklarning mexanik yuklamalarga nisbatan javobi, shu organizmning individual reaksiya me’yoriga (normasiga) bog’liq.
G) Suyakni uzunasiga va kenligiga o’sish mexanizmi xar xil. Suyak moddasini xosil qiluvchi osteoblastlar ikkita muxit chegarasida joylashgan: suyak va tog’ay orasidagi joylashgan osteoblastlar suyakni uzunasiga o’sishini, suyak va biriktimvchi to’qima orasidagilar esa kengligiga o’sishini ta’minlaydi.
Ikki muxitni bir-biriga nisbatan siljishi suyak moddasini xosil bo’lishiga qo’zg’oluvchi impuls bo’lib xisoblanadi. Muskullarni qisqarishi ularning suyakga o’sib kirgan payli uchlarini suyak usti pardasini uz joydan tortilib turishiga olib keladi. Mexanik yuklamalar ta’sirida suyakda zuriqqish xolati rivojlanadi. Natijada, kontaktda bo’lgan ikkita chegara muxitlami bir-biriga nisbatan siljishi, perixondral (tog’ay xisobiga) va periostal (suyak usti pardasi xisobiga) suyaklanish jarayonini faolligini ta’minlaydi.
D. Mexanik yuklamalar suyaklarni uzunasiga va kengligiga bo’ylab o’sishini xar xil meyorda o’zgartiradi. Suyaklarni uzunasiga o’sishida irsiyatning roli xal qiluvchi bo’ladi. Suyakni kengligiga va yoniga o’sish belgisi esa asosan muxit omillari ta’sirida rivojlanadi. Suyaklarda jismoniy yuklamalar ta’sirida quyidagi o’zgarishlar yuzaga keladi:
Suyaklarning shakli o’zgarishi Suyaklarning kimyoviy tarkibini o’zgarishi Suyaklarning ichki tuzilishidagi o’zgarishlar Suyaklarning o’sishi va suyaklanish muddatlami o’zgarishi.
- Jismoniy yuklamalar ta’sirida suyaklardagi o’zgarishlar skeletni pishiq mexanik konstruksiyasi sifatida shakllantiradi. Mexanika qonuniyatlardan ma’lumki, katta diametrga ega bo’lgan naylar, diametri kichik yoki umuman bushliqsiz bo’lgan naylarga nisbatan katta yuk kutarish qobiliyatga ega. Shu sababli eng tejamli suyak struktura naysimon yoki silindrsimon tuzilishga ega. Masalan kichik xajm va yuqori mexanik pishiqlikni talab qiladigan joylarda zich suyak moddasi uchraydi. Shuning uchun naysimon suyaklarni diafizlari ingichka, muskullarni birikishi uchun sof satxni nay atrofida xosil bo’lishi, devori esa zich moddadan tuzilganligi xos. Epifizlami xajmlari chegeralangan bo’lib, g’ovak moddadan tuzilgan. G’ovak modda uch o’lchovli prinsip asosida tuzilgan bo’lib, turli yo’nalishdagi yuklamalarga bardosh bera oladi. Mexanik yuklamalar ta’sirida suyaklarni xajmi va yuzasi o’zgaradi. Katta yuklamalar ta’sirida suyaklarni massasi ortadi. Suyak yuzalarida turli chuqurchalar, burtiklar, g’adir-budirliklar, o’siqlar, qirralar shakllanadi. Bo’g’imlarda bo’g’im yuzalarini va bo’g’im shakllarini o’zgarishi adaptatsion o’zgarishlarga misol bo’la oladi. Yosh bolalarda va uspirinlarda maksadga muvofik va meyorli jismoniy mashg’ulotlar ta’sirida bo’g’im yuzalari kerakli yo’nalishda shakllanadi, bo’g’im atrofdagi yumshoq to’qimalarda elastiklik va pishiklik xususiyatlari rivojlanadi. Uzluksiz birikishlar - sindesmozlar, sinxondrozlar va sinostozlar yonma-yon joylashgan suyaklarni kam xarakatchanligini yoki to’liq xarakatsizligini ta’minlab, ulaming asosiy o’sish zonalari bo’lib xizmat qiladi. Uzlukli birikishlar - bo’g’imlar suyaklarning turli xarakatlarni bajarilishini ta’minlab, itarilish va turtkilarni yumshatish uchun amortizatsiyasini ta’minlaydi.
Suyaklarning o’sishi suyaklanish jarayoni bilan bog’liq. Suyakni o’sishi epifizar tog’aylarda to’liq suyaklanish jaraeyoni ruy berishi - sinostozga aylanishi bilan tugallanadi. B.I.Kogan, B.A.Nikityuk tomonidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda mexanik faktorlarni epifizar tog’ayining turli zonalariga ta’siri, statik va dinamik yuklamalami suyakni o’sishiga va suyaklanishiga ta’siri o’rganilgan. Ikki xil yuklamalami suyakga ta’siri baxolangan va orasidagi farqli belgilar aniqlangan. Dinamik yuklamalarda berilayotgan nagruzka xarakat orqali keltiriladi, muskullar izotonik sharoitda ishlab, qisqarishlari ketma-ket ravishda takrorlanadi. Dinamik yuklamalami tretbanda chopish yoki basseynda suzish xolida beriladi. Statik yuklamalar bir joyda o’tib, berilayotgan ta’sirot o’zgarmas xolda saqlanib turishi, muskullar uzoq muddat davomida izometrik xilda qisqarishi bilan ta’riflanadi. Statik yuklamalami klassik modeli - bu tajriba o’tkaziladigan sichqonni suv ustida maxsus tayoqda osilib turishi. Ortopediya va travmatologiyada o’ziga xos statik yuklamalami berish modeli yaratilgan. Odam skeletining jaroxatlangan qismini maxsus apparatlar yordamida chuziltiriladi yoki bir-biriga yaqinlashtiriladi. Odatda, statik yuklamalar ta’sirida suyaklar uzunligi bir oz kaltalashadi, ammo buning sababi uzunlika o’usish tezligi xisobiga emas, balki ularni suyaklanishini kechikishi xisobiga bo’ladi. Suyaklarning o’sish zonasi statik yuklamalami xajmini kupayishi yoki ozayishiga xam ta’sirchan emas, ammo ma’lum xajmda berilgan dinamik yuklamalar qo’l-oyoq segmenlarining kattaligini va uzunligini oshiradi.

Xulosa
Morfologik o’zgarishlar ko’proq diafizlarda kuzatiladi. Naysimon suyaklarning metafizi bolalik va o’smirlik davrida metaepifiz tog’aydan tuzilgan bo’lib, suyakning bo’yiga qarab uo’sishiga imkon yaratadi. Metaepifiz tog’ayning suyaklanishi naysimon suyaklarning epifizi bilan diafizini suyaklanib (sinostoz) qo’shilishini ta’minlaydi.
O’rta meyordagi jismoniy yuklamalar ta’sirida yosh va o’spirin bolalarda sinostozlanish jarayonini sekinlashadi, natijada, suyaklami o’sish muddatlari xam chuziladi. Epifizlami balandaligi kamayib, ulaming maydon satxi ortadi.
Etarli xajmda xarakat qilmaslik yoki kam xarakatlik /gipokineziya/ organizmni nafaqat funksional xolatiga, balki uning morfologiyasiga ta’sir qilishi mumkin. Gipokineziya natijasida tananing tashkil etuvchi tarkibiy qismlarida - suyaklar, muskullar va yog’ komponentlarida destruktiv salbiy o’zgarishlar paydo bo’ladi. Aksincha, giperkineziya - kup xarakatlilik xolatida, yuklamalar katta xajmda berilishi, uzoq davom etadigan intensiv jismoniy mashqlar ta’sirida tayanch-xarakat apparatida, pereferik nerv tolalarida, qon-tomiriar tizimida chuqur morfologik o’zgarishlar kelib chiqadi.
Bu ikki o’zaro qarama - qarshi bo’lgan tabiiy faktorlami organizmga ta’siri taxlil qilinsa, ikkala xolatda turli to’qimalarida destruktiv o’zgarishlami yuzaga kelishi kuzatilgan. Lekin giperkineziyada patomorfologik o’zgarishlarni rivojlanish muddati tezroq utishi aniqlangan. Sportchilarning skeletlari ularning mutaxassisliga bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlari tufayli yuzaga kelgan xususiy moslanishlarni o’zida saqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. AxmedovN.K. Atlas. Odam anatomiyasi (IIjild). T.: "Ibn Sino" nashriyoti, 1998y. - 262 bet.


2. Safarova D.D. Odam anatomiyasi (Ijild). Darslik. T.: "0‘zDJTI nashriyot matbaa": 2005y. - 315 b.
3. Safarova D.D. Odam anatomiyasi (IIjild), Darslik. T.: "0‘zDJTI nashriyot matbaa": 2006y. - 302 b.
4. Safarova D.D. Anatomiya fanidan praktikum Toshkent, 2010 - 160 b.
V. Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Ivaniskiy M.F. Anatomiya cheloveka, M.. FIS., 2011
2. Xudoyberdiev R.E., Axmedov N.K., Zohidov X.Z. va boshq. Odam anatomiyasi. T.: 1993y. - 739 b.
3. Lipchenko V.Ya., Samusov R.P. Atlas po anatomii cheloveka M., "Medisina", 1983.
4. Sapin M.R. Anatomiya cheloveka. M., "Medisina", 1985, 544 s.



Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling