Ximoyaga olib chiqilayotgan asosiy xolatlar:
1.O‘smirlar ongida milliy xususiyatlarni shakllantirish yoshga xos xususiyatlardan kelib chiqib
muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
2.Etnik xususiyatlarning shaxs faoliyatiga ta’siri uning o‘z millatiga bo‘lgan munosabatlarini
o‘zgartiradi.
3.Milliy psixologiyaning ta’lim tizimidagi o‘rni o‘quvchilarga milliy urf odatlar, milliy
qadriyatlarni anglash va o‘z millatiga yuksak xurmatini shakllantirish bilan belgilanadi.
Ilmiy tadqiqotning metodi:
Tadqiqot ishini olib borishda quyidagi metodlardan foydalanildi. Shakllantiruvchi,
rivojlantiruvchi metodlar, empirik metodlar, kuzatish metodi, eksperiment metodi, suhbat
metodi, sotsiometriya metodi, modellashtirish metodi. IPS.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
Etnopsixologik xususiyatlar haqidagi nazariy bilimlar boyitiladi. Umummilliy qadryatlar va
milliy urf odatlar haqidagi, falsafiy, ijtimoiy, psixologik qarashlarning nazariy va amaliy
ahamiyati o‘rganiladi va ularning zamonaviy taqini yuzasidan malumotlarga ega bo‘ladilar.
Etnopsixologiya va ijtimoiy psixologiya fani nazariy manbaalar bilan boyitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |