Tadqiqotning ilmiy farazi. Taxminimizcha,
- O‘smirlik yoshida ma’lum bir tashqi ta’sirlarning muhimligi va ularning shu
xususiyatga moslashuvining etnopsixologik xususiyatlari ma’lum bir etnos urf-odatlari,
an’analari, qadriyatlari, etnomadaniy xulq-atvor shakllari orqali namoyon bo‘lishi ehtimol;
- O‘smirlik yoshida milliy xususiyatlarni anglash jarayoni har bir oiladagi o‘ziga xos
psixologik muhit, tartib-qoidalar, udumlar bilan bir qatorda o‘smirning individual-tipologik
xususiyatlari, ijtimoiy-psixologik jihatdan yangi ijtimoiy rollarga, o‘zaro ta’sirga kirisha
olish, ta’lim tarbiyaning o‘ziga ta’siri va milliy majburiyatlarga moslashish malakalari ham
ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |