Мавзу: Ўсмирлар онгида этник хусусиятларни шакллантириш
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa.
Umumiy xulosalar va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar.
4
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan olib borilayotgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har bir shaxsninig o‘ziga xos ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan etnopsixologik jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Bu jarayon esa ma’lum qadriyatlar asosida shakllanuvchi shaxs kamolotining ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida eng avvalo shaxsning ijtimoiy taraqqiyoti, o‘zligini anglash va o‘z mentalitetiga xos ezgu orzularni amalga oshirishga intilish masalalari yotadi. Bu masalaning yechimi esa yoshlar ongida milliy qadriyatlarga asoslangan fidoiylik, vatanparvarlik, bunyodkorlik va o‘zbek etnopsixologiyasiga mos bag‘rikenglik tushunchalarini singdirish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o‘rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi. O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Bu jarayon o‘z navbatida dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda ahloqiy imkoniyatlar bilan barqarorlashgan, stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smirlar shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin. Bu davr insonning kamoloti yuqoriroq bosqichiga ko‘tarilishi bilan yakunlanadi. Kamol topish o‘smirdan umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish, mavhumlashtirish, ob’ektlar o‘rtasidagi ichki munosabatlarni o‘rnatish, muhim qonun, qonuniyat, xossa, xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy diqqat, barqaror qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishni talab qiladi. Bularning barchasi fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi, o‘zini o‘zi nazorat qilish, baholash, anglash singari xususiyatlarni tarkib toptiradi. Psixologlarning fikricha, o‘smirlarga real ijtimoiy turmush shart-sharoitlari va shaxs faoliyatining mahsuli deb qarash mumkin emas, chunki o‘sishning biologik va psixologik qonuniyatlarini inkor qilishga ijtimoyi shart sharoitlar va determinizm qonuniyatlari yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, o‘smirlik davrning muayyan hech o‘zgarmas xususiyati va xarakteristikasi mavjud emasligini e’tirof etish zarur. O‘smirlar o‘rtasidagi o‘ziga xos tipologik farqlarni ijtimoiy omillarning ta’siri bo‘lgan ta’lim va tarbiya sharoitlarining xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Shu bilan birga o‘smirning jismoniy o‘sishi xususiyatlari, jinsiy yetilishining iqlim va milliy-etnografik omillari ta’siri ham borligi ma’lum. Shu jihatdan tanlagan tadqiqot ishimiz mavzusi bugungi kun dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan o‘smirlar ongida etnik hususiyatlarni shakllantirishning psixologik omillarini nazariy va amaliy yoritishga bag‘ishlangan.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling