Мавзу: Ўсмирларда оилавий қадриятлар ҳАҚидаги тасаввурларни шакллантиришнинг ижтимоий психологик хусусиятлари


Olib boirlgan diagnostik ishlar bo’yicha  xulosalar


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#247701
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
osmirlarda oilaviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.

                        Olib boirlgan diagnostik ishlar bo’yicha  xulosalar 


 

57 


1.  Eksperiment  natijalaridan  kelib  chiqib  xulosa  qilish  mumkinki  ,  ma’naviy 

tarbiya  sohasida  hozirgi  kunda  ustuvorlik  qilayotgan  ma’rifiy  yondashuv 

yuqori samara bera olmaydi. Bu yondashuv ma’naviyat masalalari bo’yicha 

o’smirlarni  ma’lum  darajada  bilimdon  qilishi  mumkin,  lekin,  ularni 

ma’naviy  e’tiqodli,  ishi  bilan  so’zi  bir  shaxslar  qilib  tarbiyalash  uchun 

yetarli  emas.  Bu  yondashuv  o’smirlarning  bilim  doirasini  kengaytirishi 

mumkin,  lekin  shu  bilimlarni  amalda  qo’llashga  tayyorlash  uchun  ojizlik 

qiladi.  Bunday  holat  mamlakatimizning  hozirgi  taraqqiyot  bosqichida 

ma’naviy tarbiya sohasida kun tartibiga qo’yilayotgan vazifalarni hal qilish 

uchun javob bera olmaydi. 

2.  Nazariya  va  amaliyot  sohasida  to’plangan  tajribalarni  umumlashtirish 

o’smirlarning  ma’naviy  rivojlanganlik  darajasini  uch  guruhga,  ya’ni  quyi, 

o’rta va yuqori guruhlarga bo’lib o’rganish samarali ekanini ko’rsatdi. 

3.  Eksperimental va nazorat guruhlarida olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilish 

o’tkazilgan  eksperimentning  samarali  ekanini  isbotladi.  O’smirlarni 

ma’naviy-ahloqiy  rivojlantirish  masalasiga  tizimli  yondashuv,  jumladan 

o’smirlarning ma’naviyat masalalari bo’yicha kognitiv, emosional va xulq-

atvor  komponentlarini  bir-biriga  mutanosib  ravishda  rivojlantirish 

belgilangan maqsadlarga erishishning eng samarali usuli ekani tasdiqlandi. 

4.  O’smirlar  orasida  ma’naviy-ahloqiy  rivojlanishi  quyi  va  o’rta  darajada 

bo’lganlar ulushining kattaligi birnecha sabablar tufayli ekani aniqlandi. Bu 

sabablar  quyidagilar:  a)  o’smirlarda  manaviy-ahloqiy  soha  haqidagi 

tushuncha  va  tasavvurlarning  yetarli  emasligi;  b)  maktab  tomonidan 

o’quvchilar  ongiga  singdirilmoqchi  bo’linayotgan  ijod,  bilim,  atrofdagi 

voqyea-hodislarga  faol  munosabatda  bo’lish  singari  qadriyatlarning  past 

reytingga  egaligi,  jumladan,  tarbiyaviy  ishlarga  ma’rufiy  yondashuv 

ustuvorlik  qilayotgani  bilan  bog’liqligi;  v)hozirgi  o’smirlarda  ma’naviy-

ahloqiy  rivojlanishning  muhim  tarkibiy  qismlari  bo’lgan  iroda  va  empatiya 

tuyg’usining  yetarli  darajada  rivojlanmagani  va  bu  hol  o’smirlarning 

ma’naviy-ahloqiy  soha  haqida  olayotgan  bilimlarining  amaliy  harakatlarga 

aylanishiga to’sqinlik qilayotgani. 

5.  Qo’lga kiritilgan natijalar tadqiqotning asosiy farazi, ya’ni ma’naviy-ahloqiy 

tarbiya    jarayonidan  ko’zlangan  maqsadlarga  faqat  tarbiyani  o’zini-o’zi 

tarbiyalash  jarayoni  bilan  uyg’unlashtirilganda  erishish  mumkinligini, 

o’smir  o’zini-o’zi  tarbiyalashga  kirishishi  uchun  uning  ongida  ma’naviy 

ahloqiy  qadriyatlar  ustuvor  ahamiyatga  ega  bo’lishi  lozimligini  ko’rsatdi. 

Tarbiya  jarayonida  o’smir  irodasini  va  empatiya  tuyg’usini  rivojlantirishga 

qaratilgan  samarali  tadbirlar  amalga  oshirilgandagina  erishish  mumknligini 

tasdiqlandi.   

 

 



 

 

 



 


 

58 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling