62
To’rtinchidan, rasm-rusumlarimizning zamonaviy hayot talablariga nechog’lik
mos, muvofiqlik darajasiga ko’ra;
Beshinchidan, urf-odatlarimiz yosh avlodning o’z istiqbolini, ijtimoiy
mo’ljallarini to’g’ri belgilay olishdek muhim vazafalarga xizmat qila olishiga ko’ra
yalpi baholash tamoyillarini o’z ichiga oladi.
2. O’zbek mentalitetining bir tomondan jamoaviylik, ikkinchi jihatdan esa ibratga,
namunaga, andozalarga moyillik tabiatidan unumli foydalanish yo’lidan borishlari
ma’lum. Xalqimiz hamisha obru’-e’tiborli odamlar say’-harakatlari, qilgan ishlarini,
yurgan yo’llarini takrorlab, saodatga erishishni orzu qiladilar. Xalqimizda
«Yaxshiga ergashsang el, yomonga ergashsang yer bulasan», «Sizning yo’lingizni
bizga ham bersin» yoxud «Hamisha bizga bosh bo’lib yuring» singari tilak hamda
iboralari millatimizning regulyativlik, ya’ni ijobiy boshqaruvga moyillik tabiatini
ta’kidlaydi. Mahallaning oddiy fuqarosi har kancha boy-badavlat bo’lmasin o’z
mahallasidagi xaqiqiy obru- e’tiborli kishilardan o’zib yoki xodim o’z rahbaridan
o’tkazib tuy - marosim xech vaqt kilmaydi. Shunday ekan xalqimizning ibratga
moyillik fazilatidan foydalanish omilini birinchi galda rahbarlar va obruli
shaxslarning tuy - marosim utkazish ishlarini maxalla orqali kat’iy nazoratga olish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: