mavzu soat juftlik Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi Reja


Download 69.05 Kb.
bet2/8
Sana21.03.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1285311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy ps 4-mavzu

Asosiy tushunchalar:

1. Shaxs tushunchasi

5. O’zini anglash

2. Xususiyat

6. Shaxs faoliyati

3. Faoliyat

7. Ijtimoiy ustanovkalar

4. Muloqot

8. Ekstrovert va introvert

1. Shaxs haqida xorij va rus psixologiyasidagi qarashlar.
Psixologiyada shaxs deb konkret bir kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat aʼzosi boʻlib, tarixan tarkib topgan muayyan ijtimoiy munosabatlar sharoitida yashaydi va ishlaydi.
Odamning inson jinsiga mansublilik fakti individ tushunchisi bilan ifodalanadi. Biz katta yoshdagi normal odamlarni ham, chaqaloqlarni ham va oddiy malakalarni oʻzlashtira olmaydigan telbalarni ham individ deb atay olamiz. Biroq bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi, Iijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi.
Shaxs tushunchasiga taʼrif berishimizdan avval biz, insonning shaxs bo’lib yetishmaganlidan avvalgi jarayonni kuzatib undagi hali toʻliq yoki boʻlmasa mutlaqo hali shakllanmagan tomonlarini, yaʼni sifat va xususiyatlarini nazarda tutishimiz mumkin. Yaʼni hali shakllanmagan shaxs psixologiyada individ nomi bilan yuritiladi. “Individ” tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tugʻilggan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga taʼsir oʻtkazish darajasi va sifatini belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
XX asrning birinchi o’n yilligida shaxsni o’rganish bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o’rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo’ldi. Mazkur yondashuv inson psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo’lishni talab qilardi. Unga ko’ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo’lib, ulardan shaxsni yig`ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo’ladi.
Inson tabiatini o’rganishdagi eng dolzarb muammolardan biri ijtimoiy-biologik muammodir. Odam haqida gapirilganda bu so’zning uch xil mazmunini nazarda tutish mumkin: odam biologik tur sifatida- Homo sapiens, odam individ sifatida, va odam ijtimoiy uyushgan insoniyat sifatida. Bizning muhokamamiz uchun predmeti shaxs tushunchasi ekan, ijtimoiy-biologik munosabatlar nuqtai nazaridan insonni individ sifatidagi jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Shaxs va individning munosabatlari bilan bog`liq muammo shaxs psixologiyasining eng muhim va qiziqarli masalalaridan biridir. Individ nima? “Shaxs” va “individ” tushunchalari bir-biri bilan qanday munosabatda bo’ladi? Mazkur savollarga javob berishga harakat qilamiz. Odam tushunchasi inson individi uchun xos bo’lgan turga tegishli xususiyatlarni aks ettiradi va uning odam turiga mansub ekanligini ifodalaydi. “Odam” tushunchasida ong, til, mehnat bilan bog`liq biologik tuzilishga ega umumiy va turga xos belgilar qayd etiladi. SHuning uchun ham u individningsh eng umumiy va mavhum tavsifidan iborat hamda boshqa yuqorida keltirib o’tilgan tushunchalar bilan beriladigan qo’shimcha izohlarga zarurat paydo bo’ladi. Individ tushunchasi insoniyat turiga mansub alohida odamni aks ettiradi, u ayni paytda ham tabiat, ham jamiyatga tegishli bo’lganligi sababli ham, “organizm”, “shaxs” degan tushunchalar bilan qayd etiladi. Agar ulardan birinchisi odamning biologik xususiyatlarini ifodalasa, ikkinchisi uning ijtimoiy qiyofasini aks ettiradi.
Individ tushunchasi insoniyat turining alohida vakilini ifodalaydi va u tabiatga tegishli bo’ladi. Alohidalik darajasida biz individ tushunchasiga murojaat qilamiz. Individ –ba`zi jamiyatlarning “birligidir”. Ushbu ma`noda individ tushunchasi ko’plab fanlarda qo’llaniladi. “Sotsial individ”, “biologik individ” degan tushunchalarni turli fanlarda tez-tez uchratish mumkin. Mazkur tushuncha mavhum bo’lib, u konkret individlar qanday mavjud ekanligini to’liq ko’rsatib bera olmaydi. Shaxssizlik- individning xarakteristikasi bo’lib, u boshqa shaxslar uchun befarq, uning mavjudligi ham, yo’qligi ham ularning hayotida hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. Biroq inson dunyoga jamiyatning to’la huquqli a`zosi sifatida keladi va shu daqiqadan boshlab hayvonot olamidan farqli o’laroq, individ nomini oladi va Homo sapiens( aqlli odam) turining vakili, uzoq taraqqiyotning mahsuli, individual o’ziga xos sifatlar tashuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. Aniq inson haqida individ deyish etarli emas. “Individ”-aniq sub`ektning bo’linmasligi, yaxlitligi va o’ziga xosligini ifodalaydi. Individning shakllanishi filogenezdan boshlanadi. Yaxlit bir butun tuzilma sifatida individ turning biologik evolyutsiyasi mahsuli bo’lib, bu jarayonda organlar va funktsiyalarning differentsiatsiyasi (ixtisoslashuvi) va integratsiyalashuvi (birlashishi) vujudga keladi.
Individ – avvalo genotipik (nasliy) tuzilma bo’lib, u filogenez mahsulidir. Biroq individ genotipik tuzilma bo’lib qolmasdan, balki uning rivojlanishi ontogenezda ham davom etadi. Shuning uchun ham individning xarakteristikasiga ontogenezda shakllangan va integratsiyalashgan xususiyatlari ham kiradi.
Ontogenez – individual organizmning rivojlanish jarayoni, insonning tug`ilgandan to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish davri. Ontogenez individ psixikasining asosiy tuzilmalarining individual rivojlanish davridagi shakllanishidir.
Filogenez – 1) inson va hayvon psixikasi va xulq-atvorining paydo bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayoni; 2) insoniyat tarixi davomida inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Biroq biologik mavjudot bo’lish bilan birga individ ayni paytda ijtimoiy hamdir.
Ijtimoiy mavjudot sifatida individ, bir tomondan turli-tuman ijtimoiy komponentlarning o’zaro kesishuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan insoniyat tuzilmasining noyob, o’ziga xos borlig`idir. Shunday qilib, «individ» tushunchasi uning bo’linmasligi, yaxlitligi, alohida sub`ektga xosligi, alohida tabiiy mavjudotligi, uzoq davom etgan taraqqiyot mahsuli, individual sifatlarning tashuvchisi ekanligini ifodalaydi. Individ o’zida odamning ham biologik, ham ijtimoiy xususiyatlarini namoyon etadi. O’z taraqqiyotida u filogenetik, ontogenetik va ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini bosib o’tadi. Individ rivojlanishining ijtimoiy dasturi uning ijtimoiy mavjudot ekanligini ifodalaydi va individ rivojlanishining shaxsiyatli komponentini tashkil etadi.
Shaxs eng ko’p mazmunli tushunchalardan bo’lib, uning bunday ko’p mazmunliligi tushuncha bilan emas, balki uni izohlash bilan bog`liq nazariyalarga aloqadordir. Hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasi sohasida shaxsni oʻrganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar masalasi, ayniqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yoʻnalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha gʻarb davlatlarida shaxsni oʻrganishga nisbatan ikki xil ijtimoiy psixologiya-“psixologik ijtimoiy psixologiya” va “sotsiologik ijtimoiy psixologiya” mavjud. Bu yoʻnalishlar bir-biriga oʻxshasada, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Yaʻni psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan boʻlsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa koʻpincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urgʻu beriladi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsni oʻrganishning oʻziga xosligini tushuntirish va koʻrsatish maqsadida bu sohada ish olib borayotgan barcha olimlar oʻz qarashlarini oʻziga xos tarzda ifodalay olgan. Shulardan biri D.Mayers ijtimoiy psixologiyada shaxsni oʻrganishning oʻziga xosligini tahlil qilish uchun barchaga maʻlum boʻlgan bir ertakdan foydalanadi. (Zolushka haqidagi ertak)
“Shaxs” va “individ” tushunchalarining bir-biriga oʻxshashligini barcha yetakchi psixolog olimlar B.G.Ananev, A.N.Leontyev, B.F.Lomov, S.L.Rubinshteyn va boshqalar inkor etishadi.

  • Shaxs tushunchasi haqidagi qarashlar: inson tabiatining yaxlitligi tushunchasi-Y.Herder, Jan Jak Russo;

  • Shaxsning umumiy ijtimoiy qonuniyatlar bogʻliqligi tushunchasi-A.Kont va G.Spenser (pozitivizmi);

  • Shaxs tushunchasini tushuntirishda gumanizm nazariyasi qarashlari M.Xaydegger, P.Sartr, A.Kamyu;

  • Shaxning tarixdagi oʻrni haqidagi qarashlar-V.Lipinskiy;

- Rodjersning insonparvarlik kontseptsiyasiga koʻra, ikkita qarama - qarshi shaxs turi mavjud: "nomutanosib shaxs" va "toʻliq ishlaydigan shaxs" sifatida o’rganishadi.

Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling