mavzu soat juftlik Mutaxassislik fanlari – pedagogik fan. Mutaxassislik fanlarining maqsadi va vazifalari
O’quv reja va fan dasturining muddati, o’qish shakli va bitiruvchilarning malaka (daraja) si
Download 58.9 Kb.
|
1-dars mutaxasislikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv reja va fan
- O’quv reja va o’zlashtirishning me’yoriy muddati
- Malaka talabi quyidagi sohada qo’llaniladi
- Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari
- Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari
- 3-asosiy savolning bayoni
O’quv reja va fan dasturining muddati, o’qish shakli va bitiruvchilarning malaka (daraja) si
1 -jadval
Malaka talabi quyidagi sohada qo’llaniladi Oliy ta’limning ushbu malaka talabi 60110500 -Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o’quv reja va fan dasturining o’zlashtirishini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur bakalavriyat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo’lganda malaka talablari asosida o’quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi. Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari: mazkur ta’lim yo’nalishi bo’yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o’quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari; ta’lim yo’nalishining o’quv reja va fan dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha hodimlar va talabalar; o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv hodimlari (rector, prorektorlar, o’quv bo’limi boshlig’i, dekanlar va kafedra mudirlari; -bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtixon komissiyalari; - oliy ta’lim muassasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar; oliy ta’lim tizimini akkridatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari; ta’lim yo’nalishi (tarkibi)ning bakalavriyat ta’lim yo’nalishlaridan birini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abuturientlar va boshqa manfaatdorlar; 2-asosiy savolning bayoni: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tasnifi. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi – maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriyat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedogogik kadrlar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’illanish; ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatning obyektlari: ta’lim jarayoni; o’qitishning pedagogic texnologiyalari va metodlari; ta’limning nazariy masalalari; o’qitish metodikasi; loyihalashtirish asosida o’quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma’ruza, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarini loyihalashrirish hamda tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni; talim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta’limni boshqarish va pedagogic jarayonni tashkil etish; mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari jarayoni. 3-asosiy savolning bayoni: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: - umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Texnologiya”, “Tabiatshunoslik”, “Tarbiya”, “Tasviriy san’at” o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasbiy fanlardan o’rnatilgan tartibda dars berish; - umumiy o’rta ta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab, kasb-hunar texnikumlari va maktabdan tashqari muassasalarda o’qituvchi (tashkilotchi) bo’lib ishlash; - ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash; - mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash; mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash; boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o’qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Download 58.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling