Mavzu: Soha axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari
Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslari asosida hujjatlarni shakllantirish
Download 2.12 Mb.
|
sohada axborot
2. Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslari asosida hujjatlarni shakllantirish.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining, ayniqsa internet tarmog‘ining jadal sur’atlarda rivojlanishi va jamiyatning turli sohalarida o‘zining amaliy tadbiqini topishi tufayli turli xil xizmatlar “online” rejimda amalga oshirilmoqda. Bunday interaktiv xizmatlar aholi muommolarini yengil hal qilishga yordam beradi va ortiqcha moddiy va moliyaviy sarf harajatlarni kamaytirish bilan birga foydalanuvchi uchun qimmatli bo‘lgan vaqtning tejalishiga olib keladi. Bunday xizmatlar sodda tuzilishga ega bo‘lib foydalanuvchidan chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikma talab etmaydi. Davlat boshqaruv idoralari interaktiv xizmatlarining hozirgi kunda bir necha turi mavjud bo‘lib, ulardan quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin: pul kursining boshqa bir kurslarga nisbatan farqini “online” rejimda aniqlash xizmat turi, foydalanuvchilarga ma’lum bir to‘lovlarni boshqa bir valyutada to‘lashda mazkur pul birligining amaldagi pul birligiga (yoki aksincha) nisbatan qancha bo‘lishini tez va aniq hisoblab beradi; xizmat yuzasidan kerakli bo‘lgan tashkilotlarni tezda topish. Bunda foydalanuvchi jamiyatda muhim o‘rin egallaydigan va o‘zining ish faoliyatiga taaluqli tashkilotlarning manzillari va telefon raqamlarini olishi mumkin. Asosan foydalanuvchi o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, ma’lum bir manzilni qidiradi va buning uchun etarlicha muammo tug‘iladi. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish maqsadida “online” tarzidagi davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir; “online” test –talabalar bilimini “online” rejimda baholash bo‘lib, har bir mijoz o‘z bilimini istalgan fan bo‘yicha tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu orqali foydalanuvchilar bilim saviyalarini aniqlab olish mumkin; matbuot xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun bosmaxona shartlari bilan tanishish va ulardan foydalanish; metro kartasi, ma’lum bir bekatdan boshqa bir bekatga borishni optimal vaqt va ko‘chishlar orqali amalga oshirishga yordam beradi; onlayn qabul, korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilish tashkil etish va bo‘sh ish joylarini onlayn orqali aniqlashlari mumkin; onlayn anketa, bunda har bir korxona ichki shartlari va turli so‘rovlarning elektron ko‘rinishdagi talablarini ishga joylashishni xohlovchilar olishi mumkin. Moddiy yordamni onlayn rejimda hisoblash. Fuqorolarni moddiy yordam bilan ta’minlash maqsadida davlat va mahalla fuqorolar yig‘inlari jonbozlik ko‘rsatmoqda. Ular aholining kirim fondlari, oiladagi yosh bolalar soni va nafaqadagilarni hisobga olgan holda pul miqdorini aniqlaydilar. Ushbu operatsiyalar, albatta O‘zbekiston Respublikasining mavjud qonunlari va qonun osti xujjatlari doirasida amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 39, 40, 45 va 64 moddalarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida mehnatga layoqatsiz yolg‘iz keksalarni, yetim va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi, nogironlarning huquqlari hamda manfaatlari qonun yo‘li bilan kafolatlangan. Interaktiv xizmatlardan pul birligini aniqlash dasturining ishlash algoritmi quyidagicha: boshqa kurslarning milliy valyutaga nisbatan qiymatining o‘zgarishi markaziy bank belgilagan qiymat bo‘yicha yangilanib turiladi. Foydalanuvchi kiritgan summa bazadagi yangi kurslar orasidagi farq bilan hisoblanadi va natija chiqariladi. Interaktiv xizmatlar uchun elektron tijoratni amalga oshirish tizimini tahlil qilish, interaktiv xizmatlarning tashkiliy tuzilishini o‘rganish, shuningdek, mijoz va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar orasidagi munosabatni o‘zida mujassamlashtiradigan veb-texnologiyalarni yaratish lozim. Maqsadga erishishni ta’minlash uchun quyidagilar asosiy vazifalar sifatida belgilanadi: iqtisodiy globallashuv sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatning rivojlanishidagi ahamiyatini taqqosiy tahlil etish; axborot infrastrukturasidan foydalanib elektron to‘lovlarni tashkil etish xususiyatlarini o‘rganish; interaktiv xizmatlar uchun elektron to‘lovni amalga oshirish texnologiyasini takomillashtirish omillarini aniqlash; elektron usulda interaktiv xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish tamoyillarini o‘rganish; interaktiv xizmatlarda mijozlar bilan bo‘ladigan munosabatlarni boshqarish; interaktiv xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish dasturiy ta’minotini yaratish va uni amaliy tadbiqi. Yuqoridagi maqsadlarni bosh me’zoni sifatida interaktiv xizmatlarni takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Avvalo interaktiv xizmatlarni tashkil qilishda quyidagi talablarga javob topish maqsadga muvofiqdir: mavjud davlat interaktiv xizmatlarini tahlil qilish; foydalanuvchilar uchun tushunarli va qulay bo‘lgan interaktiv xizmatlarni taklif etish; interaktiv xizmat turlarini aniqlash va kengaytirish; interaktiv xizmat turlarini tashkil etishda mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish; interaktiv xizmatlarni tashkil etishda sodda va qulay dasturiy ta’minotni yaratish va tanlash; davlat intreaktiv xizmatlarida axborot resurslari konfidensialligini ta’minlash; interaktiv xizmatlarni onlayn tizimida tashkil etish. Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, interaktiv xizmatlar elektron tijorat tizimini amalda joriy etilishi xoridor, mijoz yoki buyurtmachi uchun bir qator afzalliklarni yaratsa, xizmatni yoki mahsulotni taklif qiluvchi korxona va tashkilot uchun ham iqtisodiy samara keltiradi. Hukm surayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat va mahsulotlar bozorida raqobat muntazam kuchayib boradi. Interaktiv xizmat turlari muntazam tarzda oshib boradi va ularning amaliy tadbiqi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, davlat boshqaruv idoralari faoliyatidagi interaktiv xizmatlarda shaffoflikni ta’minlashda munosib hissa qo‘shadi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling