Mavzu: soha iqdisodiyoti va menejmenti


Kursning mazmuni va vazifalari


Download 84.5 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi84.5 Kb.
#260717
1   2   3   4
Bog'liq
referat1

Kursning mazmuni va vazifalari

Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va usulologik asoslarini o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi. Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni xal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir. Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan aniq vaziyatda, foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish Respublikamizda iqtisodiyotni tarkibini tubdan o’zgartirilishiga olib keldi. Mulk shakllari, iqtisodiyotni tarkibi tubdan o’zgardi. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan «Хalq xo’jaligi balansi» hisobot va statistika ko’rsatkichlar tizimi talabga javob bermay qoldi. Shu sababli, 1993 yil 28 sentabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ХIII-sessiyasida 10 «Davlat statistikasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda respublika statistika organlarini huquqlari, vazifalari, mas’uliyatlari belgilangan. Ushbu qonunga binoan O’zbekiston Respublikasi jahonning 150-dan ortiq mamlakatlarida ishlatilayotgan «Milliy hisobot tizimi»ga o’tdi. «Milliy hisobot tizimi» - yaxlit jamlama iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar to’plami bo’lib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, yalpi milliy daromadni yaratish, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini o’zida mujassamlashtirgan hisobot va statistika tizimidir. Bunda ishlab chiqarish bilan bir xil uslubda xizmat ham milliy daromad yaratishda hisobga olinadi va o’lchanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ―Iqtisodiyot va menejment‖ kursining mazmun-mohiyati quyidagi mavzular orqali o’rganiladi:  ―Iqtisodiyot va menejment‖ fanining mazmuni, maqsadi vazifalari;  Menejmentning tashkiliy tuzilmalari;  Boshqaruv usullari, rahbarlik va uning madaniyati;  Boshqaruv qarorini ishlab chiqish va qabul qilish bosqichlari;  Strategik rejalashtirish va uni amalga oshirish;  Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish usullari;  Rag’batlantirish turlari va usullari;  Boshqaruvda vakolat, mas’uliyat va nazorat;  Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati;  Korxonaning aylanma mablag’lari;  Korxonaning investitsion faoliyati;  Korxona mehnat resurslari;  Mehnat haqi tizimi;  Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi, foydasi va rentabelligi;  Korxonada hisob yuritish va korxona balansi;  Korxonaning biznes-rejasi;  Korxonada innovatsiyaviy menejment va samaradorlik.

XULOSA

Hozirgi kunda har bir ishlab chiqarish korxonasi Respublikamiz xalq xo’jaligining bir bo’g’ini bo’lib, ular faoliyatining natijalari mamlakat iqtisodiyotiga, xalqimizning farovon turmush kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Shu sababli xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish asosida ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda rivojlantirib borish zarur. Korxona o’zining bozordagi raqobat vaziyatini pozitsiyasini tashkil etish va sharoitlarni aniqlash orqali baholashi mumkin. Baholash ishlari korxonaning tarmoq bozoridagi holatini aniqlash, yangi bozorlarga mahsulot sotish rejasini ishlab chiqish va istiqbolli ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun, investorlar mablag’larini jalb qilish maqsadida olib boriladi. Iqtisodiyotda raqobatning mavjudligi uning rivojlanishini ta’minlovchi omillardan biridir. Korxonalarning raqobat kurashida yengib chiqishi uchun korxonalar bir qator faoliyatlarni amalga oshirishlari lozim, zeroki, bu kabi faoliyatlar korxonalar uchun raqobat ustunliklari hisoblanadi. Ular quyidagilardan tashkil topadi: 1.Korxona faoliyatiga yangiliklar (innovatsiyalar) ni jioriy etish. Hozirda “Karbonat” AJ da ja’mi 178 nafar ishchi – mutaxassis xodimlar mehnat qilmoqda. Ular tomonidan 2014-yilda 7 milliard 981 million 933 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, joriy yilda ushbu ko’rsatkich 10 milliard 500 million so’mga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.Aytish joizki, har qanday sanoat korxonasi muvaffaqiyatlariga baho berganda, uning daromadlari miqdori alohida e’tiborga olinadi.Zero, daromad faoliyat rivojini ta’minlovchi eng muhim manbadir. Shu ma’noda, “Karbonat” AJ ning mahalliylashtirish dasturiga kiritilishi va bu orqali qator imtiyozlar berilishi korxona imtiyozlarini yanada kengaytirdi. Pirovardida korxonada modernizatsiyalash ishlari olib borildi va olib borilmoqda. Shu asnoda, korxonada 735 million 772 ming so’mlik texnologik yangilanishlar amalga oshirilib, mavjud uskuna va

dastgohlar quvvati 1,75 barobarga oshirildi. O’z navbatida, qo’shimcha ish o’rinlari ham yuzaga keladi. 2.Mahsulot tannarxini pasaytirish. Bu borada “Karbonat” AJ faoliyatida ham yuqorida aytib o’tilgan korxona faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish hamda zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarish korxonada xarajatlarning kamayishiga hamda mehnat unumdorligining oshishiga erishilib, mahsulotlarning tannarxi nisbatan kamytirilishiga erishilmoqda. 3.Mahsulotlarni differentsiatsiyalash, ya’ni mahsulotlarning alohida dizaynga ega, yuqori sifatli va boshqa-boshqa turlarini ishlab chiqarish. Bu borada “Karbonat” AJ bir qator faoliyatlarni amalga oshirib kelmoqda.Ya’ni bu tashkilot tarkibida ohak ishlab chiqaruvchi “NDIZ” MCHJ hamda sement ishlab chiqaruvchi “Forish sement” MCHJ faoliyat olib bormoqda. 4. Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mеhnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko`paytirish va mеhnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon bеradi. “Karbonat” AJ da tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo`limlarining muhim vazifasidir. Ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira oladi.“Karbonat” AJ da mahsulotlarning eksportbop turlarini tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.Chunki tashqi bozordan mustahkam joy egallash uchun korxona texnologiyalarini muntazam takomillashtirib borish talab etiladi.


Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling