Mavzu: soliq funksiyalari
Download 74 Kb.
|
SOLIQ-manzur
Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga kо`maklashish. 0‘zbekiston Respublikasida soliqlaming ushbu vazifasini bajarishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalaming asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.
Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog`liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. Iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o`rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlaming uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo`yil- malarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo`lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. Soliqlaming budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlami amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo`lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo`li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqlaming vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o`rta va uzoq muddatli vazifalarga bo`linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo`lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini budjetning o`rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling