Mavzu: Soliq konseptsiyasing ustuvor yónalishlari. Mek-86 guruh talabasi Botiraliyev Salimjon


Download 442.69 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi442.69 Kb.
#1717196
Bog'liq
Botiraliyev Salimjon


Mavzu: Soliq konseptsiyasing ustuvor yónalishlari.
MEK-86 guruh talabasi
Botiraliyev Salimjon
Reja:

1.Konsepsiya nima?

2.Soliq kansepsiyasining asosiy yoʻnalishlari.
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. Konsepsiya badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;
soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta'minlash;
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta'minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini belgilash;
xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan, soliq solish obektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta'minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
Bugungi kunda Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan, respublikamizda 19 ta turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar mavjud bo‘lsa, endilikda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shimcha foyda solig‘i, pentsiya jamg‘armasiga sug‘urta badali, yagona ijtimoiy to‘lov va byudjyetdan tashqari majburiy ajratmalarning bekor qilinishi kutilmoqda.
Soliq turlarini qisqartirish bilan bir qatorda ularning stavkalarini ham keskin pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. Birgina mahsulot va xizmatlar narxini belgilashga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 20 foizdan 12 foizga pasaytirish belgilangan. Bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Download 442.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling