Mavzu: Soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari Reja


O‘zbekistonda so‘nggi yillardagi fiskal O‘zgarishlar: yutuqlar va


Download 0.65 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1052162
1   2   3   4
Bog'liq
Soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari

O‘zbekistonda so‘nggi yillardagi fiskal O‘zgarishlar: yutuqlar va kamchiliklar
Ma’lumki, farovonlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va milliy daromadidir. Klassik iqtisodiy ta’limot yetakchisi Adam Smitning "Xalqlar boyligi" kitobida ta’kidlaganidek, mamlakat farovonligining o‘rtacha darajasini hisoblashda aholi jon boshiga daromad yoki YaIMdan foylalanish maqsadga muvofiq. Umuman olganda YaIM asosan ikkita omil, ya’ni yalpi qo‘shilgan qiymat va mahsulot hamda xizmatlarga sof soliqlar asosida shakllanadi.
1-rasmda 2000 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda tarmoqlarning yalpi
qo‘shilgan qiymati va sof soliqlar real narxlarda aks ettirilgan. Diagrammaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda oxirgi yillarda iqtisodiy o‘sishning tezlashuvi, xususan, 2019 yildan YaIM hajmining keskin ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu holatga mamlakatda soliq islohotlarining ta’sirini YaIM tarkibida mahsulot va xizmatlarga sof soliqlar ulushining o‘zgarishini tahlil qilish orqali izoh beramiz.
1-rasm. YaIMning yalpi qo‘shilgan qiymat va sof soliqlar tarkibi
1-rasmdagi diagrammadan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan 2000-2020 yillar mobaynida YaIM hajmi real narxlarda muntazam o‘sish sur’atlariga ega bo‘lib kelgan bo‘lsada, 2019 yilda bu tendensiyada keskinlik kuzatiladi. Bunga sofsoliqlar YaIMdagi ulushining kamayishi sabab bo‘lishi mumkin. Shu maqsadda, quyidagi 2-rasmda yalpi qo‘shilgan qiymat va sof soliqlarning YaIMdagi ulushining o‘zgarishini tahlil qilamiz.

2-rasm. YaIMda yalpi qo‘shilgan qiymat va sof soliqlar ulushining o‘zgarishi
2-rasmdan ko‘rish mumkinki, sof soliqlarning YaIMdagi ulushi 2017 yilda keskin ko‘payib, so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichga – 11,5 foizga yetgan. Undan keyingi davrda bu ko‘rsatkich barqaror kamayib borgan va 2020 yilga kelib soliq islohotlari natijasida u qariyb 7,5 foizga tushgan. Bunga, so‘nggi yillarda mahsulot va xizmatlarga soliqlar (sof soliqlar) yukining kamaytirilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan deya olamiz. Xususan, 2019 yilda QQS stavkasining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi, respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlardan o‘simlik yog‘i, texnik moy, qimmatbaho metallar, paxta tolasi, shuningdek, import qilinadigan oziq-ovqat, dori-darmon, gigiena va elektrotexnika mahsulotlarining qariyb barcha turlari bo‘yicha aksiz solig‘i bekor qilinishi iste’molga soliqlar yukini kamaytirishga imkon berdi. Bu esa tarmoqlar yalpi qo‘shilgan qiymatining YaIMdagi ulushi ortishiga olib kelgan.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari nafaqat sof soliqlar YaIMdagi ulushining qisqarishiga, balki davlat byudjeti daromadlari shakllanishida bevosita va bilvosita soliqlar nisbatining o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Xususan, bir tomondan, QQS stavkasining pasaytirilishi va aksizlarning qisqartirilishi, ikkinchi tomondan, daromad solig‘ining progressiv mexanizmidan yagona stavkali mexanizmga o‘tkazilishi, foyda solig‘i stavkasining oshirilishi hamda mulkiy soliqlar qamrovining kengaytirilishi to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatini optimallashtirishga xizmat qildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari soliq yukidagi nomutanosiblikni bartaraf etish maqsadida tadbirkorlik sub’ektining soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi yoki umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o‘tishini hal qiluvchi mezon sifatida yalpi tushum belgilandi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling