1.Soliq solishning majburiyligi prinsipi;
Har bir shaхs Soliq Kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart.
Hech kimning zimmasiga Soliq Kodeksida nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan
holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
2.Soliq solishning aniqligi prinsipi;
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari shunday ifodalangan bo’lishi kerakki, toki har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va majburiy to’lo
larni, qachon, qancha miqdorlarda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq bilsin.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilashda, agar Soliq Kodeksida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
elementlari aniqlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |