a) moliyaviy sanksiyalarni va ma’muriy jazo choralarini qoʻllash;
b) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatish, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-m.);
v) masalani hal etish soliq organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonun hujjatlari buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, DXX organlariga va sudlarga topshirish («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-m.);
Do'stlaringiz bilan baham: |