Mavzu: soliqqa oid qonunbuzarliklar va ularga nisbatan qo`llaniladigan jazo choralari reja


Sanksiyalar qanday tartibda qoʻllaniladi


Download 66.48 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi66.48 Kb.
#1767042
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU Soliqqa oid huquqbuzarliklar

Sanksiyalar qanday tartibda qoʻllaniladi
 Sanksiyalar quyidagi ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin:

  • faqat moliyaviy sanksiyalar. Masalan, QQSning soliq toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyishning belgilangan tartibi soliq toʻlovchi tomonidan buzilganda, – soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobga qoʻyish sanasidan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olgan daromadining 5%i miqdorida, lekin 5 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solinadi (SK 219-m.);

  • faqat ma’muriy sanksiyalar. Masalan, soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini (STIR) qoʻllanish tartibini buzish – fuqarolarga 1 BHMdan 3 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 3 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 175-3-m.);

  • faqat jinoiy sanksiyalar. Masalan, coхta tadbirkorlik, ya’ni ustavida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida korхonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish, – 100 BHMdan 200 BHMgacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (JK 179-m.);

  • ma’muriy yoki jinoiy sanksiyalar. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish uchun faqat ma’muriy yoki faqat jinoiy sanksiyalar nazarda tutilgan. Davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkor tomonidan olingan daromad miqdoriga qarab jazo belgilanadi. Ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy sanksiyalar jarima qoʻrinishida quyidagi tartibda qoʻllaniladi:

- huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 5 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima (daromad belgilanmagan taqdirda);
- huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etishda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 7 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima;
 - huquqbuzarlikni koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etishda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 10 BHMdan 50 BHMgacha miqdorda jarima (MJTK 176-m.).
Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish:
- tadbirkorlik faoliyati davlat roʻyхatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirilganda, 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 300 BHMdan 600 BHMgacha miqdorda jarima yoki 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (JK 188-m.).
Bunda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’yektining roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlagan va zarur boʻlgan ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi (MJTK 176-m., JK 188-m.).
Ayrim holatlarda bunday хatti-harakatlar uchun ma’muriy jazo choralari qoʻllanilganidan keyingina jinoiy sanksiyalar qoʻllaniladi (JK 192-3-m.);
- moliyaviy va ma’muriy sanksiyalar. Masalan, soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik ushbu soliq hisoboti asosida toʻlanishi (qoʻshimcha toʻlanishi) lozim boʻlgan soliq summasini belgilangan muddatda toʻlanmagan har bir kechiktirilgan kun uchun 1% miqdorida, lekin koʻrsatilgan summaning 10%idan ortiq boʻlmagan miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (SK 220-m.). Moliyaviy sanksiya bilan bir vaqtda 1 BHMdan 3 BHMgacha miqdorda ma’muriy sanksiya qoʻllaniladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, – 3 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 175-m.);
- moliyaviy, ma’muriy yoki jinoiy sanksiyalar (ma’muriy sanksiya qoʻllanilganidan keyin). Masalan, soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) uchun moliyaviy, ma’muriy va jinoiy sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin.
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) – yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasining 20%i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (SK 223-m.).
Qasddan sodir etilgan holatlar aniqlangan taqdirda moliyaviy sanksiyalar bilan birga ma’muriy jazo choralari ham qoʻllaniladi. Soliq olinadigan ob’yektlarni qasddan yashirish (kamaytirib koʻrsatish) – fuqarolarga 3 BHMdan 5 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 5 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, – fuqarolarga 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda, mansabdor shaхslarga esa – 10 BHMdan 15 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 174-m.).
Soliq solinadigan ob’yektlarni qasddan yashirishni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, - 150 BHMgacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Bunda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organining qarorini olgan kundan e’tiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi (JK 184-m.); 
Koʻrib turganimizdek, sanksiyalar turi va miqdori yetkazilgan zarar miqdoriga bogʻliq boʻladi:

  • ancha miqdorda – 100 BHMdan 300 BHMgacha;

  • koʻp miqdorda – 300 BHMdan 500 BHMgacha;

  • juda koʻp miqdorda – 500 BHM va undan ortiq (MJTK va JK).

Quyidagi savol juda koʻp beriladi: nima uchun aynan bir shaхsga nisbatan ma’muriy va jinoiy sanksiyalar qoʻllaniladi? Ma’muriy huquqbuzarliklarning jinoiy qilmishlardan farqi shundaki, ularning sodir etilishi jamiyatga ancha miqdorda zarar yetkazmaydi, ularda jinoyatga doir qonun hujjatlarida qayd etilgan jamiyat uchun хavf tugʻdiradigan alomatlar boʻlmaydi. Farqlashda esa jamiyat uchun хavflilik darajasi asosiy mezon hisoblanadi. Yetkazilgan zarar miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, ushbu huquqbuzarlikni koʻrib chiqishda Jinoyat kodeksi qoʻllanilishi ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi. 
Yuridik javobgarlik hamma vaqt qonunbuzarlarga nisbatan muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog’liq bo’lib, salbiy oqibatlar deganda har qanday noqulay natija, masalan, litsenziya yoki erkinlikdan mahrum qilish, jarima yoki ishdan bo’shatish kadbilar tushuniladi. Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun soliq (xo’jalik yurituvchi sub’ktlar, ularning
mansabdor shaxslari, fuqarolar) ham davlat soliq organlari (ularning mansabdor shaxslari) ham yuridik javobgar bo’lishlari mumkin. Ma’muriy javogarlik – soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikning hammadan ko’p qo’llaniladigan turidir. Ma’muriy javobgarlik – yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo’llashda ifodalanadi. Soliq munosabatlari sohasida qo’llaniladigan davlat majburlovi quyidagi o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’ladi:
• Ular huquqiy shaxslarga ham, jismoniy shaxslarga ham birdek qo’llaniladi;
• Soliq sohasida qonunchilikni ta’minlash, soliqlarni to’lash qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi;
• Moliyaviy choralari jazo choralari, ma’muriy majburlov va jinoiy jazo choralarini soliqqa
majburlash chorasi sifatida qo’llaniladigan mexanizmlarni tegishlicha moliya huquqi, ma’muriy va jinoiy qonunchilik huquqiy qonunchilik sohalarida nazarda tutiladi;
• Qoida tariqasida soliqqa oid majburlov choralarining maxsus organlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan sudsiz tartibda qo’llaniladi;
• Soliq sohasidagi majburlov choralar tizimi ahamiyati, ta’sir kuchi va miqyoslari bo’yicha turli-tuman jazolarni nazarda tutadi;
• Soliq sohasidagi davlat majburlovining asosiy maqsadi soliq qonunlarga qat’iy amal qilinganlikni, soliqlarni o’z vaqtida va to’liq davlat byudjetiga kelib tushishini ta’minlashdan iborat bo’ladi;
• Soliq sohasidagi majburlov choralarini qo’llash tartibi moliyaviy qonun hujjatlarda ma’muriy protsessuar normalarda belgilab qo’yiladi, ya’ni ma’muriy huquq ramkasida qo’llaniladi;
• Soliq sohasidagi majburlov choralari soddalashtirilgan tartibda (huquqbuzarlik aniqlanadi- qayd etiladi, bayonoma yoki dalolatnoma vositasida-jazo qo’llaniladi) tatbiq etiladi;
• Soliqlar bilan bog’liq davlat zo’rligi ishlatilishi chog’ida ta’sirchan prokuror nazoratini amalga oshirishi, soliq organlari va ularning mansabdor shaxslari hatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqini ta’minlash orqali va boshqa vositalar bilan qonunchilik rejimi ta’minlanishi, soliq to’lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya etilishi lozim. Ma’muriy-huquqiy javobgarlik soliq qonunlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik haqidagi kodeksda hamda moliyaviy huquqiy me’yoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan tartibda va miqdorda moliyaviy-huquqiy jazo choralarini ko’rish yo’li bilan qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 13-bobida(164-179 moddalar) soliq va tadbirkorlikka oid qonunlarni buzganlik uchun ma’muriy-huquqiy javobgarlik choralari ko’zda tutilgan. Bundan tashqari jinoyat kodeksining 184, 187, 189-moddalari ham mavjudki, bu moddalar bevosita ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks doirasidan chiqib, jinoiy javogarlik holatlari borligi uchun soliq organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga o’tkazadi.
Soliq organlarining mansabdor shaxslarga o’z vakolatlari doirasida O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq hizmati» to’g’risidagi qonunning 5-moddasini 9-bandiga asosan soliqqa oid qonunbuzarliklar haqidagi ishlarni ko’rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo qo’llash; Ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazolar qo’llash kabi huquqlari berilgan Moliyaviy sanktsiyalar sifatida jismoniy va huquqiy shaxslarga nisbatan quyidagi jazolar qo’llanilishi mumkin.
Jumladan:
• Soliqdan yashirilgan daromadni, tegishli hollarda uning ikki barobar miqdoridagi summani
davlat daromadiga tortib olish;
• Jarimalar solish;
• Penyalar undirish;
• Soliq qonunchiligini buzilishiga sabab bo’lgan predmetlarni musodara qilish. Moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash tartiblari va muddatlari soliq kodeksining «moliyaviy jazo choralari» deb nomlanuvchi 135-moddasida ko’rsatib o’tilgan. Moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash, qilingan qonunbuzarliklarga nisbatan turli hil bo’ladi. Jumladan: 
1. Yuridik shaxslarning soliq organida ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlashi quyidagi
miqdorida jarima solishga olib keladi;
• agar faoliyat 30 kungacha amalga oshirilgan bo’lsa – eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olgan daromadning 10 foizidan kam bo’lmagan miqdorida;
• agar faoliyat 30 kundan ortiq muddatda amalga oshirilgan bo’lsa – eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olingan daromadning 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorida;
2. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy 
3. shaxslarning soliq organida ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlashi eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
4. Daromad yashirilgan taqdirda soliq to’lovchidan yashirilgan daromadning butun summasi va yana shunda miqdorida jarima undiriladi.Soliq solinadigan boshqa ob’ektlar yashirilgan taqdirda soliq to’lovchidan yashirilgan soliq solish ob’ekti uchun olinadigan soliq summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq to’lovchi yuqoridagi xatti harakatlarni moliyaviy chorasi qo’llanilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etgan taqdirda undan tegishli summa va yana shu summaning ikki barobari miqdorida jarima undiriladi;
5. Soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash zarur bo’lgan deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlar taqdim etmaganlik, o’z vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmaganlik shaklda taqdim etganlik uchun soliq to’lovchidan to’lov muddati o’tkazib yuborilgan xar bir kun uchun tegishli summaning bir foizi miqdorida, biroq tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblanib chiqarilgan to’lovlar chegirilib tashlangan holda belgilangan to’lov muddatiga tegishli to’lov
summasining o’n foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda jarima undiriladi; 
6. Buxgalteriya hisobining yo’qligi yoki uni belgilangan tartibni soliqlar va yig’imlar bo’yicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan holda yuritganlik uchun soliq to’lovchidan qo’shimcha hisoblab chiqarilgan summaning o’n foizi miqdorida jarima undiriladi; 
7. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug’ullanganlik uchun shu faoliyatda olgan butun daromad (foyda) va yana shu miqdoda jarima undiriladi; 
8. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob – kitob aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalarini o’tkazgaligi uchun ulardan ana shu tovarlar qiymati miqdorida jarima undiriladi.
9. Soliqlar va yig’imlar bo’yicha to’lov muddati o’tkazib yuborgan har bir kun uchun 0, 15 foiz miqdorda penya undiriladi, to’lov kuni ham shunga kiradi. Penya undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmadi.
10. Schet - fakturalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligi uchun realizatsiya qilingan tovarlar summasidan 10 foiz miqdorida mol etkazib beruvchi hisobidan undirib olinadi. Soliq to’lovchi soliq haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzgan taqdirda har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida moliyaviy jazo choralari qo’llaniladi. Agar soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy jazoga tortilgan shaxs jazoni ijro etish tugagan kundan
e’tiboran bir yil mobaynida soliq bo’yicha takroran qoidabuzarlik sodir etmagan bo’lsa, u jazoga tortilmagan hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan byudjet oldidagi qarzlari va moliyaviy sanktsiya tariqasida qo’llanilgan jarima yoki boshqa to’lovlar faqat sud tartibida undirib olinishi mumkin. Yuridik shaxslardan esa soliq bo’yicha qarzlar va boshqa majburiy to’lovlarni, jarimalar hamda boshqa moliyaviy jazo sifatidagi summalarni nizosiz tartibda undirib olinishi belgilab qo’yilgan.

XULOSA
Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qanday sansiyalar qoʻllaniladi
Soliq organlari tomonidan:

  • soliq auditi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar SKning 158 va 159-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi;

  • soliq tekshiruvi va (yoki) soliq nazoratining boshqa tadbirlari natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar SKning 165 va 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi (SK 157-m.).

Soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

Download 66.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling