Mavzu: Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning
Klavishli somonelagichning ishi tahlili
Download 97.64 Kb.
|
Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning ishi tahlili
Klavishli somonelagichning ishi tahlili
Ikki valli klavishli somonelagichning ishi klavishning gorizontga α burchak ostida qiya o‘rnatilgan separatsiyalovchi yuzasi aylanma harakatga QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI 432keltirilishi bilan tavsiflanadi. Buning natijasida somon tepaga irg‘itiladi, parabola ko‘rinishidagi egri chiziq ko‘rinishida harakatlanib klavish yuzasiga s=M1M2 masofaga (274-rasm) siljib, yangi nuqtaga kelib tushadi. Bir marta silkitishda somonni uchish vaqti t tirsakli valning bir marta aylanishga ketgan vaqt to dan ikki marta kichik deb qabul qilamiz, ya’ni to=2t. Havo qarshiligi hisobga olinmaganda somonni klavishda bir marta silkitganda uchishi uzoqligi quyidagiga teng: s t cos (t0 / 2)r cos, bu yerda ω – tirsakli valning burchak tezligi; r – tirsak radiusi. Endi to=2π/ω va β=90o – ωt ekanligidan, quyidagicha yozish mumkin: s r sin t (272) bu yerda ωt – tirsakli valning klavishdan somonni ajralishi ro‘y berishidagi burilish burchagi. Bu burchakni aniqlash uchun somonga ta’sir etayotgan kuchlarni ko‘rib chiqamiz: mg – somonning og‘irlik kuchi; N1 – somon joylashgan klavish yuzasidagi reaktsiya kuchi; F – ishqalanish kuchi; mω2r – somonning ko‘chma harakatidan hosil bo‘lgan inertsiya kuchi. Agar koordinatalar boshini O nuqtada, X o‘qini klavish AB bo‘ylab joylashtirsak, tirsakli val ωt burchakka burilganda klavish A1B1 holatni egallaydi va u M1 nuqta bilan aniqlanadi. M1 nuqtaga X va Y o‘qlariga parallel bo‘lgan qo‘zg‘a-luvchi o‘qlar koordinatalari x1 va y1 ni qo‘yamiz. Qaralayotgan kuchlar muvozanatda bo‘lishi uchun bu kuchlarning Y o‘qiga proyeksiyalarining yig‘indisi nolga teng bo‘lishi kerak: 2 sin cos 0 N1 m r t mg Bundan
Somonni klavish yuzasidan ajralishi uchun N1=0 ga teng bo‘lishi kerak. Somonni klavishdan ajralish momentiga mos keluvchi tirsakli valning burilish vaqtini t1 orqali belgilab, quyidagi tenglamani yozish mumkin: cos sin 0 k t1 bundan sin t1 (cos) / k Bir marta silkitishdagi somonni uchish uzoqligi quyidagiga teng: s (r cos) / k (274) Tajribalarda aniqlanishicha, somondan donni to‘liq ajratib olish uchun kamida uni z=35-50 marta (tebratish) silkitib qoqish kerak. Shunga bog‘liq holda somonelagich uzunligi ℓ ni quyidagicha aniqlaymiz: l sz (275) bu yerda ψ – somon harakatidagi qisilishni hisobga oluvchi koeffitsiyent va u 0,7 ga teng qabul qilinadi. Somonelagich kengligi B ni (271) formuladan aniqlanadi: h o r m В ' 1(1 ) . (276) U baraban uzunligi bilan moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Odatda, savag‘ichli barabanlarda B≥1,1lb, shtiftli barabanlarda esa B=(1,3-1,5) lsh ga teng. Somonelagich uzunligi l va kengligi B o‘rtasidagi nisbat l/B=2-3 ga teng. Klavishlar kengligini 150-200 mm ga teng qabul qilinadi. Harakat tenglamasi, planka, trayektoriya, murakkab harakat, koordinatalar, ko‘chma tezlik, kinematik tartib ko‘rsatkichi, motovilo radiusi, tsikloida, cho‘zinchoq tsikloida, don nobudgarchiligi, motovilo qadami, qo‘shni tsikloidalar, plankalar soni, poyalar, zarbalar soni, foydali ish koeffitsiyenti, motovilo ish rejimi, o‘rnatish balandligi, barmoqlar qiyaligi, shnek, tashish qobiliyati, don massasi, barmoqli mexanizm, aylanishlar chastotasi, spiral qadami, transportyorning tezligi, o‘tkazish qobiliyati, mustahkamlik, uzilish, aylanma tezlik, optimal tezlik, somonelagich kengligi, ishqalanish kuchi. Donli va boshqa ekinlarni o‘rib-yig‘ib olishda don bilan birga poyalar, barglar, boshoqlarning xas-cho‘plari, begona o‘tlarning urug‘lari kombayn bunkeriga kelib tushadi. Tozalash donni har xil aralashmalardan, shuningdek puch va zararlangan (singan) donlardan ajratish uchun o‘tkaziladi. Saralash donni yuqori sifatli urug‘likka, oziq-ovqatga va furajga ajratishni ko‘zda tutadi. Kalibrlash tozalangan urug‘lik donni o‘lchamlari bo‘yicha fraktsiyalarga ajratishdir. Tozalash va saralashda don aralashmasini bir-biridan xususiyatlari yoki belgilari bo‘yicha (masalan, o‘lchamlari, yuzasining xususiyatlari, zichligi va boshqalar) farq qiluvchi fraktsiyalarga ajratish bajariladi. Don tozalash va saralash mashinalarida ishlov berilgandan so‘ng standart talablariga mos kelishi kerak. Donni tozalash va saralash jarayonida mashina ishchi organlari uni shikastlamasligi kerak. Mashinalar har xil ekinlar urug‘larini tozalash va saralashga moslashgan, ishlatishga va rostlashga qulay, shuningdek ish paytida xavfsiz bo‘lishi kerak. Oziqbop bug‘doy doni tarkibidagi iflos aralashmalar 5% dan ortiq bo‘lmasligi, namligi esa 15-20% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. G‘alla ekinlarining I, II va III klassdagi urug‘larining tozaligi mos ravishda 99, 98,5 va 97%; unib chiquvchanligi 95, 90-95 va 85-90%; namligi 14-17% bo‘lishi lozim. Download 97.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling