Mavzu: Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning
Download 97.64 Kb.
|
Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning ishi tahlili
Mavzu: Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning ishi tahlili. Somonelagichning yuqori sifatli ishlashi uning о‘rnatilgan kinematik ish tartibini о‘zgarmasligini ta’minlashga bog‘liq. Bunday sharoitni yaratish uchun yanchish qurilmasiga don massasini bir tekis, ravon va tо‘xtovsiz oqim bilan uzatish talab qilinadi. Biroq, hosildorlikning notekisligi, о‘rgichning qamrash kengligini о‘zgarishi, kombaynni tashish qurilmalarini notо‘g‘ri rostlanishi, kombayn haydovchisi tomonidan harakat tezligini notо‘g‘ri tanlanishi va boshqa sabablar tufayli kombaynni haqiqiy yuklanishi uning о‘rtacha yuklanish qiymati mo' 'r dan ±33% farq qiladi. Buning natijasida valning tayinlangan aylanishlar chastotasidan og‘ish rо‘y beradi, bu esa somonelagich kinematik tartibi kо‘rsatgichi k ning о‘zgarishiga olib keladi. Aytib о‘tilgan og‘ish (о‘zgarish) somonni somonelagichga uzatish mc' (273-rasm) ga va shuningdek, kombayn dvigateli quvvatiga bog‘liq. Hisoblashlarni bajarishda somonelagichga somonni uzatish mc' ni 0,75 m' qilib qabul qilinadi, bu yerda m' – yanchish apparatiga bir sekundda uzatilgan don massasi. Somonelagichning kuchlanishi bu mc' ni somonelagichning yuzasi S (tо‘liq yoki tirik kesimi) ga nisbatidir: m m S 0' c' / (265) Ruxsat etilgan kuchlanish m0' somonelagichning turiga bog‘liq va tо‘liq yuza bо‘yicha 0,26-0,28 kg/(s ∙ m2) ga teng. Bu kattalik (miqdor) ruxsat etiladigan nobudgarchiliklar bilan chegaralanadi. Ularni kombaynga kirib kelgan barcha donlarning 0,4-0,5% ga teng qabul qilinadi. Agar yanchish apparati teshiklaridan donning elaklanish koeffitsiyenti σ ni hisobga olinsa, u holda somonelagichga vaqt birligi ichida kirib kelayotgan don miqdori qc' quyidagiga teng: qc' (1 ) m' (266) bu yerda m' – g‘alla massasini yanchish qismiga uzatilishi, kg/s; δ – don massasining barcha g‘alla massasiga (somonlilik) nisbati. Somonelagich orqali don nobudgarchiligi ε (%) ifoda (261) ni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali topilishi mumkin: l 100e (267) Yuqorida koeffitsiyent μ somonelagichdagi massa qatlami qalinligiga bog‘liqligi aytib о‘tilgan edi. Bundan, somonelagichda don nobudgarchiligi yanchish apparatiga g‘alla massasini uzatilishi m' ga bog‘liqligi aniqlashadi. Somonelagichga 1 sekund ichida kelayotgan va yanchilgandan sо‘ng tarkibida qolgan donni hisobga olmaganda somon hajmi V ' quyidagiga teng:
' Dag‘al poxol zarralarini l uzunlikdagi somonelagichda massaning о‘rtacha siljish tezligi o'r da bо‘lish vaqti t quyidagicha aniqlanadi: t l /o'r Shu sababli, somonelagichda tо‘xtovsiz bо‘lib turgan somon hajmi V V 't V 'l /o'r (269) ga teng. Somonelagichning uzunligi l va kengligi B hamda undagi somon qatlami qalinligi h ni hisobga olib, quyidagini yozish mumkin:
Somonelagichdagi somon qatlami qalinligi h ni va yanchish apparatiga ruxsat etilgan uzatish m' ni hisoblanadi. Download 97.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling