Mavzu: Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning
-§. Tozalash va saralash usullari
Download 97.64 Kb.
|
Somonelagichning yuklanishi. Klavishli somonelagichning ishi tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donni geometrik o‘lchamlari bo‘yicha ajratish.
- Don aralashmasini aerodinamik xususiyatlariga ko‘ra ajratish.
2-§. Tozalash va saralash usullari
Qishloq xo‘jalik materiallarini tozalash va saralash ushbu materialni aniqlovchi belgilardagi ba’zi bir farqlarga asoslangan. Ushbu belgilarga quyidagilar kiradi: zarrachalarning geometrik o‘lchamlari, ularning aerodinamik xususiyatlari, shakli va sirtining holati, zichligi va solishtirma og‘irligi, elektr o‘tkazuvchanligi va rangi. Donni geometrik o‘lchamlari bo‘yicha ajratish. Donni yo‘g‘onligi va eni bo‘yicha ajratish yassi yoki tsilindrsimon g‘alvirlarda bajariladi. xil o‘lchamdagi teshikli metall tunuka (275-rasm) ko‘rinishiga ega. Yo‘g‘onlik b bo‘yicha don aralashmasini uzunchoq teshikli, eni δ ga ko‘ra esa dumaloq teshikli g‘alvirga ajratiladi. Birinchi holatda teshikning ishchi o‘lchami bo‘lib uning kengligi, ikkinchi holatda esa diametri hisoblanadi. G‘alvirlar standartlashgan bo‘lib teshikning kengligi yoki diametriga mos holda nomerlangan. Don aralashmasini uzunligi l bo‘yicha ajratish ichki sirti uyachali (katakchali) triyerli tsilindrlarda (276-rasm) bajariladi. Ajratishni aniqlovchi ishchi o‘lcham bo‘lib uyachalar diametri hisoblanadi. Tsilindr aylanayotganda kalta donlar uyachalarga uzunlariga nisbatan chuqur kiradi. Shu tufayli uyachalardan uzun donlar kaltalariga nisbatan oldin qaytib tushadi. Uzun donlar tsilindrda qolib, uning chiqish tomoniga harakatlanib, tushadi. Kalta donlar esa qabul noviga tushadi va shnek vositasida tashqariga chiqariladi. Don aralashmasini aerodinamik xususiyatlariga ko‘ra ajratish. Bu usulda ajratish uchun haydalayotgan havo oqimi (277a-rasm) va so‘rilayotgan havo oqimi (277b-rasm) qo‘llaniladi. Haydalayotgan havo oqimida havo zarrani uning aerodinamik xossalari va massasiga bog‘liq holda har xil holatlarga olib ketadi. Og‘irroq va havo oqimiga qarshiligi kichikroq bo‘lgan zarrachalar nov 3 ga, yengil va qarshiligi yuqorilari nov 4 ga kelib tushadi. So‘rilayotgan havo oqimi bilan tozalashda don aralashmasi qiya o‘rnatilgan sim to‘r 5 da harakatlanadi; ventilyator 1 bilan so‘rilayotgan havo aralashmadan o‘tib, yengil zarralarni yuqoriga olib ketadi, ularning bir qismi havo oqimi ta’siri kamaygan kamera 6 da qoladi, juda yengillari esa havo bilan birga mashinadan tashqariga chiqarib yuboriladi. So‘rilayotgan havo oqimi don zarralariga haydalayotgan havo oqimiga nisbatan davomliroq ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli, don aralashmasining ajralishi samarali bo‘ladi. Donni ushbu belgisi bo‘yicha ajratishda friktsion ishchi sirtlardan foydalaniladi. Zichlik va solishtirma og‘irlik bo‘yicha ajratish. Donni zichligi bo‘yicha ajratish yanada unuvchanligi yuqori, sog‘lom urug‘larni, qiyin ajraladigan aralashmalarni ajratishda qo‘llaniladi. Bunday separatsiyalashni (ajratish) nam (suvda yoki har xil konsentrasiyadagi eritmalarda) va quruq holda bajarish mumkin. Zichlik bo‘yicha ajratish usuli pnevmatik saralash stollarida qo‘llaniladi. Nam holda ajratish usuli murakkab va og‘irligi tufayli ba’zi hollarda qo‘llaniladi. Pnevmatik saralash stoli (278b-rasm) don aralashmasini solishtirma og‘irligiga ko‘ra ajratish uchun mo‘ljallangan. Bunday saralashda hosildorlikni QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI 438sezilarli oshishiga olib keladigan to‘liq fiziologik pishgan urug‘lar ajratib olinadi. Ajratish printsipi quyidagidan iborat. Don mahsuloti g‘alvirli qopqoq (deka) 5 ga keladi va u mahsulot bilan birga ko‘ndalang va bo‘ylama tebranma harakat qiladi. Deka riflar 6 bilan jihozlangan bo‘lib, ular tebranishlarga ham bo‘ylama, ham ko‘ndalangiga qiya o‘rnatilgan. Dekaga kelgan don mahsuloti qatlamiga past tomondan ventilyator 10 dan kelayotgan havo oqimi bilan ishlov beriladi. Tebranishlar va havo oqimi ta’sirida don mahsuloti qatlamlar bo‘lib joylashadi. Og‘ir zarralar – pastda, yengillari – tepada. Og‘ir donlar dekaning tebranishlari ostida faqat riflar bo‘ylab harakatlanishi mumkin, ular nov 9 ga kelib tushishadi; qatlam tepasiga «suzib» chiquvchi yengil donlar esa dekaning qiyaligi va tebranishlari tufayli nov 7 ga kelib tushadi. Nov 8 ga esa o‘rtacha solishtirma og‘irlikdagi donlar kelib tushadi. Ignali baraban (278a-rasm) no‘xatning sog‘lom donlaridan bruxis bilan zararlangan hamda sog‘lom donga nisbatan kichik zichlikka ega donlarni ajratib oladi. Baraban 2 ning ichki sirtida shaxmat kataklari tartibida ignalar qattiq mahkamlangan. Baraban aylanish jarayonida zararlangan no‘xat donlari ignaga ildirib olinadi va yuqoriga ko‘tariladi. Yuqorida o‘rnatilgan metall cho‘tka 1 ignalardan zararlangan no‘xat donlarini olib, ularni nov 3 ga tashlaydi. Novdan esa zararlangan no‘xatlarni shnek 4 chiqarib tashlaydi. Donlarni elektr maydonida ajratish elektr o‘tkazuvchanlik, dielektriklik va boshqa elektr xususiyatlaridagi farqlarga asoslangan. Donlarni rangi bo‘yicha ajratish fotoelementlardan foydalanishga asoslanadi. Bunda donlar maxsus optik aylana 2 (279-rasm) ga keladi, qaytarilgan yorug‘lik orqali fotoelementlar 1 ga ta’sir ko‘rsatadi, ularda elektr toki hosil qiladi. Donlarning rangiga qarab fotoelementlarda har xil qiymatdagi tok hosil f.m.mamatov, i.g’.temirov 4bo‘ladi. Fotoelementlar zaryad impulsini elektrod 4 ga yuboradi. U qora rangdagi zarralarni musbat zaryad bilan zaryadlaydi va ular deflektorlar 5 va 6 orasidan o‘tib, musbat deflektor 5 dan uzoqlashadi va qabul qiluvchi 8 ga keladi Download 97.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling